131. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini
oldindan ko’ra bilish va moliyaviy reja ko’rsatkichlarini asoslash deb nimaga
aytiladi?
A) Moliyaviy bashoratlash;
B) Moliyaviy rejalashtirish;
C) Moliyaviy tahlil;
D) Moliyaviy nazorat.
132. Aylanma kapital deb nimaga aytiladi?
A) Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyatlari o‘rtasidagi
farq;
B) Kompaniyaning aylanma aktivlari;
C) Kompaniya aylanma aktivlarining joriy majburiyatlariga nisbati;
D) Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyatlari yig’indisi.
133. Biror bir korporatsiya o’z moliyaviy hisobotini chop etirsa unga nima
ilova qiladi?
A) Tushuntirish xati;
B) Majburiyatlarini ro’yxati;
C) Asosiy vositalari ro’yxati;
D) Aksiyadorlar kengashi xulosasini.
134. Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi – bu………..?
A) firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak
bo‘lgan sana va o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi
vaqt;
B) firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak
bo‘lgan sana;
C) firma o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun;
D) u yoki bu davr mobaynida firmaning mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini
oldindan ko’ra bilish.
135. Kompaniya ishlab chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchiligi orqasidan
ortirgan obro’si va qo’lga kiritgan ma’lum ilmiy bazasi nima deb ataladi?
A) Nomoddiy aktivlar;
B) Kompaniya imiji;
C) Moddiy aktivlar;
D) Kompaniya tovar-moddiy zaxiralari.
136. …………………….. - bu umumiy muammolarni hal qilishga hamkorlar
sifatida boshqa korxonalar yoki yuridik shaxslarni jalb qilish orqali o’z riskining
darajasini pasaytirishdir.
A) Risk sug’urtasi;
B) Riskni birlashtrish;