"moliya" fanidan testlar



Yüklə 29,85 Kb.
tarix26.04.2023
ölçüsü29,85 Kb.
#102983
TEST SAVOLARI MOLIYA - boshqa yo\'nalishlari


“MOLIYA” FANIDAN TESTLAR

  1. Moliyaviy vositachilarning asosiy vazifasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

  2. Moliyaviy vositachilar to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

  3. Universal banklar qanday tashkilot?

  4. Investitsion banklar qanday tashkilot?

  5. Sug‘urta kompaniyalari qanday tashkilot?

  6. O‘zaro fondlar ……

  7. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaruvchi

tashkilotlar ………… deb taladi.

  1. Sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firma berilgan javobni aniqlang.

  2. Xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilotlarga o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam beruvchi moliyaviy vositachilar tog‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.

  3. Olinayotgan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilinayotgan daromadlik stavkasiga…………………. deb ataladi.

  4. “Nikkei”, “Topix” kabi fond indekslar qaysi davlat fond bozorlarida qo‘llaniladi.

  5. “CAC 40” fond indeksi qaysi mamlakat fond bozorlarida foydalaniladi.

  6. Inflyatsiyadan himoyalangan yangi turdagi qo‘shimcha jamg‘arma obligatsiyalari qanday nomlanadi?

  7. Sug‘urta kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgani uchun sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘lanadigan pullar …………………. deyiladi.

  8. Bir valyutaga nisbatan boshqa bir valyutaning bahosini o‘zgarishi………………. deb ataladi.

  9. Daromadi va’da qilingan daromadlilik stavkasida beriladigan moliyaviy instrument ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

  10. “FT-30”, “FT-100” fond bozori indekslari qaysi mamlakat fond bozorlarida ishlatiladi?

  11. Keltirilgan qiymatni aniqlash …………… deb ataladi.

  12. Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalari tog‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) rejalashtirish; 2) pul mablag‘larini boshqarish; 3) korporatsiya aktivlarini himoya qilish; 4) investorlar bilan o‘zaro munosabatlar;

5) kapital bilan ta’minlash; 6) buxgalteriya hisobi; 7) soliqlarni boshqarish; 8) baholash va konsalting; 9) boshqaruvning axborot tizimlari; 10) o‘zgarmas xarajatlarni oshirish.

  1. Hisob raqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish, sug‘urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o‘zaro jamg‘armalarda ishtirok etishiga yo‘l ochish kabi xizmatlar kim tomonidan amalga oshiriladi?

  2. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari tog‘ri berilgan javobni aniqlang.

  3. Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o‘tishi nima deyiladi?

  4. Ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan subyektlar kimlar?

  5. Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni qanday ataymiz?

  6. Resurslari defitsit bo‘lgan subyektlar kimlar?

  7. Kelgusi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalarni qanday ataymiz?

  8. Quyidagi operatsiyalardan qaysi biri moliya tizimini resurslarni vaqt va makonda joylashtirish funksiyasini o‘zida izohlaydi?

  9. Cheklar, kredit yoki plastik kartochkalari va elektron to‘lov - ………….

  10. To‘lovlarni amalga oshirishning alternativ vositalari tog‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

  11. Stimullar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni aniqlang va ular xalqaro amaliyotda qanday nom olgan?

1) “umrbod renta” maummosi; 2) “komitent-komissioner” maummosi; 3) “ma’naviy risk” maummosi; 4)
“noqulay tanlov” maummosi.

  1. Korporatsiya aksiyadorlari firmaning ishini yuritish uchun kimga vakolatini beradilar?

  2. Tadbirkorlar va firmalarning iqtisodiy va innovatsion faoliyatlari natijasida …. yuzaga keladi

  3. Moliyaviy yangiliklar qanday yuzaga keladi?

  4. Moliyaviy bozorlarni tarkibiy qismi to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.

  5. Aksiyaning turlari to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.

  6. Uy xo‘jaliklarining mavjud jamg‘armalarini qanday aktivlarga yo‘naltirish kerakligini uy xo‘jaliklarining qaysi qarori asosida aniqlashimiz mumkin?

  7. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy bozorlar tarkibiga kirmaydi?

  8. Moliyaviy aktivlarning asosiy turlari ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) qarz majburiyatlari; 2) hosilaviy qimmatli qog‘ozlar; 3) ko‘chmas mulklar; 4) aksiyalar; 5) asbob-uskunalar.

  9. Pul bozori bu - ………………

  10. Kapital bozori bu - ……….…

  11. Muddati bir yildan kam bo‘lgan qarz majburiyatlari bozori qanday nomlanadi?

  12. O‘rta va uzoq muddatli qarz majburiyatlari bozori qanday nomlanadi?

  13. …………. - bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talabdir.

  14. Aksiyani sotib olish va sotish …………… da amalga oshiriladi.

  15. “Zamonaviy moliya” faniga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni belgilang.

  16. Biznesni olib borishning asosiy tashkiliy shakllari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang? 1) yakka egalik; 2) shirkat; 3) korporatsiya; 4) fond bozori; 5) uyushmagan bozor.

  17. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar bu - ………..….

  18. Moliyaviy kapital deb nimaga aytiladi?

  19. Moliyaviy oqimlar to‘liq va to‘g‘ri deb nimaga aytiladi?

  20. “Moliya” o‘ziga xos ilmiy - amaliy fan bo‘lib, unda qanday masalalar o‘rganiladi?

  21. Aksiya - bu?

  22. Bank tomonidan firmalardan undiriladigan stavka nima deb ataladi?

  23. Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga ………….. deyiladi.

  24. Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi?

  25. “Moliya” fanini o‘rganish sabablari to‘g‘ri keltirilgan qatorni ko‘rsating. 1) o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish; 2) biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish; 3) qiziqarli va daromadli karyera qilish; 4) mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish; 5) dunyoqarashni kengaytirish.

  26. Uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?


  1. Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakli noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

  2. Kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) nominal foiz stavkasi …

  3. Real daromadlilik stavkasi nima?

  4. Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillarga berilgan javobni aniqlang. 1) riskni yoqtirmaslik; 2) ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi; 3) ishlab chiqarish vositalarini ishlatish samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi; 4) odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi.

  5. Sug‘urta mukofoti bu ……...?

  6. O‘zaro fondlarning qanday asosiy turlari mavjud?

  7. Investitsion banklar qanday tashkilot?

  8. Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi predmet yoki fan qanday nomlanadi?

  9. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy hisobot turlariga kirmaydi?

  10. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotga tog‘ri ta’rif berilgan javobni aniqlang.

  11. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tog‘ri ta’rif berilgan javobni aniqlang.


  1. Balansga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni aniqlang.

  2. Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati ....... deb ataladi.

  3. Moliyaviy hisobotlarninig qanday asosiy turlari mavjud?

  4. Foyda - bu kompaniyaning ……………… o‘rtasidagi farq.

  5. Firmaning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayerda aks ettiriladi?

  6. …………………….. - bu umumiy muammolarni hal qilishga hamkorlar sifatida boshqa korxonalar yoki yuridik shaxslarni jalb qilish orqali o‘z riskining darajasini pasaytirishdir.

  7. …………….. narxlarning salbiy o‘zgarishlarni oldini olish maqsadida oldindan tuziladigan birjadagi bitimlar orqali risk darajasini pasaytirishdir.

  8. Kompaniya ishlab chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchiligi orqasidan ortirgan obro‘si va qo‘lga

kiritgan ma’lum ilmiy bazasi nima deb ataladi?

  1. Xalqaro sayohatlarga birinchi bo‘lib kredit kartochkalarni ishlatishni taklif qilgan korxona?

  2. O‘rganilayotgan davr ichida narxlar nechamartaga oshganligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich …………. deb ataladi.

  3. Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo‘g‘inlarini ko‘rsating.


  1. ………….. investitsion portfelning umumiy riskini kamaytirish maqsadida, bir nechta riskli ativlarni xarid qilish orqali risk darajasini pasaytirishdir.

  2. Aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari keltirilgan qatorni belgilang.

  3. Kompaniya faoliyati tahlili uchun qanday asosiy moliyaviy koeffitsientlardan foydalaniladi?

  4. Aktivlarni boshqaruvchi firmalar qanday vazifalarni bajaradi?

  5. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar nima bilan shug‘ullanadi?

  6. Biror bir korporatsiya o‘z moliyaviy hisobotini chop etirsa unga nima ilova qiladi?

  7. Moliyaviy leverij bu ………………..

  8. Moliyaviy hisobot funksiyalarini ko‘rsating.

  9. Venchur kompaniyalari va investitsion banklarning eng bir-biridan farqlanuvchi asosiy jihati to‘gri berilgan javobni aniqlang.

  10. Uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etuvchi moliyaviy vositachi tashkilot to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

  11. Bir guruh investorlar tomonidan sotib olinadigan va professional investitsiya kompaniyasi yoki boshqa biror moliya muassasasi tomonidan boshqariladigan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa aktivlarning tashkiliy shakllantirilgan to‘plami …………… deb ataladi.

  12. Bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi ko‘rsatkichi (NAV –net assets value) qanday aniqlanadi?

  13. Amalga oshirsa bo‘ladigan rejalardan eng yaxshisini tanlashga yordam beradigan miqdoriy model

……………………………. deb ataladi.

  1. Odam bo‘lajak davrda bajaradigan ishi uchun oladigan daromadning keltirilgan qiymati - …………….deb ataladi.

  2. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan iborat bo‘lgan firmalar nima deyiladi?

  3. Moliyaviy tizim funksiyalariga quyigilardan qay birlari kiradi? riskni boshqarish; 2) resurslarni birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo‘linishi; 3) resurslarni vaqt (zamon) va makonda joylashtirish; 4) hisob - kitob to‘lov tizimi; 5) informatsion qo‘llab quvvatlash; 6) stimullashtirishning psixologik muammolarini yechish.

  4. Investitsion loyihalarda yoki kreditni qaytarish sxemasida bo‘lajak pul tushumlari yoki to‘lovlari yildan yilga o‘zgarmay qolishi …………….. deb ataladi.

  5. Moliyaviy tizim tarkibi quyidagilardan qaysilarni o‘z ichiga oladi?

  6. Keltirilgan qiymati inson kapitaliga teng bo‘lgan iste’molga sarflanadigan xarajatning doimiy darajasi –

……………………. deb ataladi.

  1. Har qanday firmani aynan qanday biznes bilan shug‘ullanishini oldindan belgilab olish jarayoni … deb ataladi.

  2. Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgilab olgach, kompaniya menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tadqiqot o‘tkaziladigan laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxonalar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi va bu jarayon …... deb ataladi.

  3. “Har bir individ o‘zining kapitalini eng ko‘p foyda keltirishi uchun ishlatishga harakat qiladi. Uning niyatiga, qoidaga ko‘ra, umumiy manfatlarga xizmat qilish kirmaydi, va u odatda ularni qondirishga qanchalik yordam berayotganini bilmaydi. Uni faqat o‘zining xavfsizligi va foyda tashvishga soladi. Biroq mutloq o‘zining foydasi uchun harakat qilayotgan individ, uning maqsadiga kirmaydigan natijaga ko‘rinmas qo‘l tomonidan yo‘llanadi. O‘z manfaatlari izidan borib, u ko‘pincha haqiqatda qilmoqchi bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq jamiyatning rivojlanishiga samaraliroq yordam beradi”. Ushbu fikrlar muallif kim?

  4. Quyidagilardan qaysi biri xalqaro kredit kartalarga misol bo‘la oladi? 1) VISA Card; 2) Master Card; 3) American Express Card; 4) Labour Card; 5) UzCard.

  5. ………….. deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan, aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi.

  6. Foiz stavkasi miqdori ta’sir etuvchi omillar to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating.

  7. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining qanday bahosi uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi?

  8. Kredit kartochkalaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni taklif qiluvchi firmalar ushbu kartochkalardan qanday foyda oladilar?

  9. Qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang?

  10. ………... deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi.

  11. Korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlarning direktorlar kengashi orqali tayinlasalar, menejerlarning asosiy vazifasi nimadan iborat?

  12. Asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy vositachilar kimlar?

  13. Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini ma’lum bir birja indeksiga bog‘lash maqsadiga asoslangan investitsiya strategiyasiga ………………….. deyiladi.

  14. Nominal foiz stavkasi 19 %, inflatsiya darajasi 14 %. Daromadlilikning real stavkasini aniqlang.

  15. Investorda 50 mln.so‘m bor va shu summani ikki yil muddatga bankka omonatga qo‘ymoqchi. Birinchi bankda omonat uchun yillik foiz stavkasi 7%ni tashkil etadi, ikkinchi bank esa birinchi yil 6%, ikkinchi yil 8% li omonatni taklif etmoqda. Bunday vaziyatda investor ulardan qaysi birini tanlaydi? Hisoblashlar murakkab foizda yiligi bir marta amalga oshiriladi

  16. Murakkab foiz formulasi orqali yillik 10% stavka bilan 5 yilga omonatga qo‘yilgan 1000 AQSh dollarini bo‘lajak qiymatini aniqlang. Hisoblashlar yiligi bir marta amalga oshiriladi

  17. Murakkab foiz formulasi orqali 100 AQSH dollarini yillik 8 % dan 3 yilga omonatga qo‘yilsa, 100 AQSH dollarini bo‘lajak qiymatini aniqlang. Hisoblashlar yiligi bir marta amalga oshiriladi.

  18. Murakkab foiz formulasi orqali 1000 AQSH dollarini yillik 5 % dan 4 yilga omonatga qo‘yilsa, 1000 AQSH dollarini bo‘lajak qiymatini aniqlang. Hisoblashlar yiligi bir marta amalga oshiriladi.

  19. Bir yildan keyin 10 mln.so‘m kerak. Bank sizga yillik 14 % stavkasini taklif qilmoqda. 10 mln. so‘mni keltirilgan qiymatini aniqlang. Hisoblashlar murakkab foizda yiligi bir marta amalga oshiriladi.

  20. 1000 AQSh dollarini 10 %li diskont stavkasidan foydalangan holda keltirilgan qiymatini aniqlang. n - 5 yil. Hisoblashlar murakkab foizda yiligi bir marta amalga oshiriladi.

  21. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning (tezkor) bo‘lajak qiymatini (FV) aniqlang. n=3 yil, i=10 %, PMT=100 $, PV=0. Hisoblashlar murakkab foizda yiligi bir marta amalga oshiriladi.

  22. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning keltirilgan qiymatini (PV) aniqlang. n=15 yil, i=8 %, PMT=1000 $, FV=0. Hisoblashlar murakkab foizda yiligi bir marta amalga oshiriladi.

  23. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning to‘lovini aniqlang (PMT) aniqlang. n=30 yil, i=3 %, FV=268604 $. Hisoblashlar murakkab foizda yiligi bir marta amalga oshiriladi.

  24. 7 mln.so‘m pul yillik 14% dan 3 yil muddatga bankka omonatga qo‘yildi. Hisoblangan foiz miqdorini aniqlang. Hisoblashlar murakkab foizda yiligi bir marta amalga oshiriladi.

  25. Riskning funksiyalari berilgan javobni aniqlang.

  26. Riskning xususiyatlar to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.

  27. Kredit riski, foiz riski, bozor riski, foiz riski qanday risk turiga mansub?

  28. Korxonaning investitsion faoliyatlarni amalga oshirish natijasida kutilgan daromadlarni ololmaslik ehtimolligi ………….. riski deb ataladi.

  29. Zamonaviy moliya fanining analitik ustunlarini to‘liq berilgan javobni toping.

  30. Moliya bozori tarkibiga kirmaydigan bozor berilgan javobni aniqlang.

  31. Qisqa muddatli qarzlar uchun qanday bozor tarkibiga kiradi?

  32. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar berilmagan javobni aniqlang.

  33. Namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra risk turlarini aniqlang.

  34. Aksiyadorlik jamiyatlari va tijorat banklari tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, qanday turdagi obligatsiyalar chiqaradilar?

  35. Moliyaviy qarorlarga berilgan to’liq va to‘g‘ri ta’rifni toping.

  36. Davr oxirida A kapital bahosi 100 mln so‘m, to‘langan dividendlar umumiy 30 mln so‘m, davr boshidagi bahosi esa 80 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bir yillikga investitsiya qilingan kapitalni daromadlilik stavkasini (%) toping.

  37. Bir yillikga investitsiya qilinganni kapital daromadlilik stavkasini 20 %, dividendlar umumiy 5 mln so‘m, A kapitalning davr boshidagi bahosi esa 50 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, A kapitalning davr oxiridagi qiymatini aniqlang, (mln so‘m).

  38. Kompaniyaning jami qarzlari 320 mln so‘m, qisqa muddatli aktivlar 110 mln so‘m va uzoq muddatli aktivlar 430 mln so‘m bo‘lsa, kompaniyaning qarzdorlik koeffisiyentini aniqlang.

  39. Moliyaviy vositachilarning afzalliklari tog‘ri berilgan qatorni aniqlang. 1) defolt riskini kamaytiradi; 2) vaqt va xarajatni tejaydi 3) o‘z xizmatlarini mijozlariga moslashtira oladi 4) assimetrik ma'lumotlar muammosini kamaytiradi.

  40. Quyidagilardan qaysi biri moliyaning xarakterli belgisi hisoblanadi?

  41. “Moliya” tushnchasiga to‘liq va to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni ko‘rsating.

  42. Kredit riskiga to‘g‘ri va to‘liq ta’rif berilgan javobni aniqlang.

  43. Foiz riskiga to‘gri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.

  44. Risklari yuzaga kelish sohasiga ko‘ra tasniflanishi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan.

  45. Riskning himoyalovchi funksiyasini ikki jihat to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.

  46. “Noaniqlilik qarama-qarshiliklar natijasida kelib chiqadi, ya’ni insonlar nimalarni kutmoqdalar-u, nimalar sodir bo‘lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda namoyon bo‘ladi”, Ushbu fikrlar muallifini aniqlang.

  47. Obyektiv riskga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni belgilang.

  48. Barchaga ma’lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatlardagi ko‘plab eksportga ixtisoslashgan korxonalar, firma va kompaniyalar faoliyatida iqtisodiy riskning yuzaga kelishi kuzatiladi. Bunday riski yuzaga kelishiga ko‘ra qaysi risk turiga mansub.

  49. Moliyaviy strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullarini o‘zgartirish orqali amalga oshirish – bu .................

  50. ……………… - moliyaviy resurslarining harakati, shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda xalqaro institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkibi bo‘yicha murakkab bo‘lgan munosabatlar tizimi.

  51. Xalqaro kreditlash hajmi va xarakterining o‘zgarishi birinchi galda nima bilan bog‘liq? 149. Jahon Bankining asosiy maqsadi –

150. “Jahon banki” guruhiga quydagi tashkilotlardan qaysi biri kirmaydi? 151. Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) –

  1. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YTTB) qachon hamda nima maqsadda tashkil topgan?

  2. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi dunyoning qanday davlatlariga moliyaviy ko‘mak beradi?

  3. Xalqaro moliya korporatsiyasining bosh maqsadini ko‘rsating.

  4. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikning bosh maqsadini aniqlang. 156. Xalqaro valyuta fondining bosh maqsadini ko‘rsating.

  1. Qanday holat erkin suzib yuruvchi kurs rejimini anglatadi?

  2. Valyuta bozori – bu ………………......

  3. To‘lov balansi qanday hujjat?

  4. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish tamoyillarga to‘g‘ri va to‘liq berilgan javob belgilang.

  5. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining asosiy maqsadi – …………………….

  6. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi qachon va nima maqsadda tashkil etilgan?

  7. Valyuta tizimi bu - ..................

  8. Sug‘urta bozori bu - .............................

  9. Sug‘urta tashkilotlarining ustav kapitali minimal miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan qatorni ko‘rsating

  10. Moliyaviy resurslarining harakati, shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda xalqaro institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkibi bo‘yicha murakkab bo‘lgan munosabatlar tizimidir bu - ..............

  11. Muayyan mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlari bu - ……………………………

  12. Kraudfanding nima?

  13. Pul bozori tarkibiga nimalar kiradi?

  14. Obligatsiya bu - …………………

  15. Aksiyadorlik jamiyatlari, hukumat munitsipial tashkilotlari tomonidan chiqarilgan yangi qimmatli

qogʻozlar ......................da joylashtiriladi

  1. SPO (Secondary Public Offering)-

  2. FF (free-float) bu - ...........................

  3. Likvidlik – atamasiga taʻrif bering

  4. Qimmatli qogʻozlar kursini umumlashtirib koʻrsatishga imkon beruvchi, fond birjalarida muomalada boʻlgan, qimmatli qogʻozlar uchun foydalaniladigan odatda, moliyaviy nashrlarda birinchi navbatda eʻlon qilinadigan asosiy koʻrsatkich ….............. deb ataladi.

  5. Opsion qanday qimmatli qogʻoz?

  6. Moliyaning qanday funksiyalari mavjud?

  7. Kapital bozori (capital market) deb nimaga aytiladi?

  8. Eng yirik (aktivlari nuqtayi nazaridan) va qadimiy moliyaviy vositachilar bu …………. bo‘lib hisoblanadi. 180. ………... asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning maʻlum parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga taʻsir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat boʻlgan moliyaviy vositachilardir.

  1. Xarid qilish opsioni bu - …………………

  2. Sotish opsioni bu - ……………….…

  3. 5000 dollar pul 6 foiz stavkada 12 yilga investitsiya qilindi. Investitsiyadan olinadigan foyda qancha boʻladi? Hisoblashlar murakkab foizda yillik amalga oshirilsin.

  4. 9953 dollar daromad olish uchun mijoz bankga 20 foiz stavkada 5 yilga qancha miqdorda pul qoʻyishi kerak? Hisoblashlar murakkab foizda yillik amalga oshirilsin. 185. Markaziy bank qanday huquqlarga ega emas:

  1. Pul (dollar, yevro, iena, rubl yoki soʻm) bugun siz kelajakda olishni kutayotgan xuddi shunday summadan qimmat. Ushbu jumla qaysi konsepsiyada oʻz aksini topadi?

  2. Boʻlajak qiymat formulasi to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating.

  3. Joriy qiymatni topish formulasi to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating.

  4. Boʻlajak qiymat koeffitsienti to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating.

  5. Abadiy davom etadigan pul toʻlovlari bu?

  6. Pul oqimlari xuddi jamgʻarma rejasi yoki ijaradagidek, zudlik bilan boshlansa, bunday shartnoma ……………….deb ataladi.

  7. Pul oqimi zudlik bilan emas, joriy davrning oxirida boshlansa, bunday shartnoma …………. deb ataladi.

  8. Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishdan iborat boʻlgan iqtisodiy faoliyat subyekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot subyekti) ……. deb ataladi.

  9. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shugʻullanadigan moliya sohasi

………..… deb ataladi.

  1. Zamonaviy moliyani oʻrganish sabablari notoʻgri koʻrsatilgan javobni koʻrsating.

  2. Valyuta risklari yuzaga kelishining asosiy sababi toʻgʻri koʻrsatilgan javobni koʻrsating.

  3. Agar, A kompaniya aksiyalari risklik darajasi 10 %, kutiladigan daromad 10%; B kompaniya aksiyalari risklik darajasi 12 %, kutiladigan daromad 14%; C kompaniya aksiyalari risklik darajasi 12 %,

kutiladigan daromad 10% boʻlsa qaysi kompaniyalar aksiyalari dominant hisoblanadi? 198. CAPM modeli nimani bildiradi?

  1. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy vositachilar tarkibiga kirmaydi?

  2. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy vositachilar mahsulotlari tarkibiga kirmaydi?

  3. Quyidagilardan qaysi biri sugʻurta bozorining professional ishtirokchilariga kirmaydi?

  4. Quyidagilardan qaysi axborot xizmatlarini taqdim etuvchi reyting agentliklari tarkibiga kirmaydi?

  5. Tijorat banklariga litsenziya qaysi organ tomonidan beriladi?

  6. Tijorat banki ustav kapitalining eng kam miqdori qaysi davlat organi tomonidan belgilanadi?

  7. Shaxsiy sugʻurtaning shakllarini koʻrsating.

  8. Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?

  9. Jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli aʻzolik asosida kreditlar berish va boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatish maqsadida tuziladigan kredit tashkiloti …………….. deb e’tirof etiladi. 208. Quyidagilardan qaysi biri Markaziy bankning asosiy maqsadlariga kirmaydi?

209. Barcha tijorat banklari majburiy zaxiralarini qayerda saqlashi kerak? 210. Hisoblashlarda foiz stavkasi davri qancha muddat deb qabul qilingan?

  1. Quyidagi tashkilotlardan qaysi biri Markaziy bank tomonidan tartibga solinmaydi?

  2. Qarz majburiyati yoki ulush munosabatini yuzaga keltiruvchi moliyaviy aktiv bu -

……………………………

  1. Obligatsiyalar emissiyasini amalga oshirish huquqi qanday korxonalarga beriladi?

  2. Kompaniya tugatilganda qimmatli qogʻozlarni soʻndirish tartibi toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang 215. Mamlakatdan tashqarida qattiq valyutada sotiladigan obligatsiya turini aniqlang.

  1. Moliya bozorini tartibga solishda tashqi mexanizmlar sifatida nimalar qoʻllaniladi?

  2. Annuitet toʻlovi - ………………

  3. Rentabellik (daromadlilik, samaradorlik) ko‘rsatkichlari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) sotuvlar daromadliligi koeffitsiyenti; 2)tovar-moddiy zaxiralarning aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 3) joriy likvidlik koeffitsiyenti; 4) debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 5) aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti; 6) kritik baholash koeffitsiyenti; 7) aktivlarning aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 8) foizlarni qoplash koeffitsiyenti; 9) aksiyadorlik kapitali (xususiy kapital) daromadliligi koeffitsiyenti; 10) qarzdorlik koeffitsiyenti.

  4. Aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) sotuvlar daromadliligi koeffitsiyenti; 2)tovar-moddiy zaxiralarning aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 3) joriy likvidlik koeffitsiyenti; 4) debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 5) aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti; 6) kritik baholash koeffitsiyenti; 7) aktivlarning aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 8) foizlarni qoplash koeffitsiyenti; 9) aksiyadorlik kapitali (xususiy kapital) daromadliligi koeffitsiyenti; 10) qarzdorlik koeffitsiyenti.

  5. Moliyaviy leverij (dastak) ko‘rsatkichlari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) sotuvlar daromadliligi koeffitsiyenti; 2)tovar-moddiy zaxiralarning aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 3) joriy likvidlik koeffitsiyenti; 4) debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 5) aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti; 6) kritik baholash koeffitsiyenti; 7) aktivlarning aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 8) foizlarni qoplash koeffitsiyenti; 9) aksiyadorlik kapitali (xususiy kapital) daromadliligi koeffitsiyenti; 10) qarzdorlik koeffitsiyenti.

  6. Likvidlik ko‘rsatkichlari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) sotuvlar daromadliligi koeffitsiyenti; 2)tovar-moddiy zaxiralarning aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 3) joriy likvidlik koeffitsiyenti; 4) debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 5) aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti; 6) kritik baholash koeffitsiyenti; 7) aktivlarning aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 8) foizlarni qoplash koeffitsiyenti; 9) aksiyadorlik kapitali (xususiy kapital) daromadliligi koeffitsiyenti; 10) qarzdorlik koeffitsiyenti.

  7. Tahlillarga ko‘ra “ABC” supermarketlar tarmog‘ining sotish daromadliligi koeffitsiyenti 2 %, aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti 5 ga teng. U holda “ABC” supermarketlar tarmog‘ining aktivlar daromadliligi koeffitsiyentini aniqlang.

  8. Sotish daromadliligi koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?

  9. Tahlillarga ko‘ra “XYZ” avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonaning aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti 12 %, aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti 2 ga teng. U holda “XYZ” avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonaning sotish daromadliligi koeffitsiyentini aniqlang.

  10. Tahlillarga ko‘ra “OLMOS” zargarlik do‘konining aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti 12 %, sotish daromadliligi koeffitsiyenti 3 % ga teng. U holda “OLMOS” zargarlik do‘konining aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyentini aniqlang.

  11. Foizlarni qoplash koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?


Yüklə 29,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin