Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə67/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98
Kichik biznes

Markaziy bank ishlab chiqarish korxonalari uchun 20 %-dan 30 %- gacha berilgan kredit summasini qaytarib olish me’yorini belgilab qo’ygan. Bu juda katta foiz. Bunday foyizdagi kreditlarni boy bo’lgan katta korxonalar olishi mumkin.


Masalan, Amerika bilan birgalikda Sergelida tashkil etilgan qo’shma korxona bo’lgan «Toshkent truba zavodi» (Amerikani ulushi 80 %)-ga shundan 20 %lik kredit berilgan. Bu korxona bir yilda 2 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulot ishlab chiqaradi. Korxonada 70 kishi ishlaydi. Eksport bilan shug’ullanadi. Bu korxona Rossiyada joylashgan Amerika korxonasidan 57 mm.li truba lentasini keltirib bu erda yig’adi (dumoloq qiladi), truba izlarini yo’qotadi. Bu jarayonda 3 xil ish juda katta quvvatli dastgohlarda bajariladi. Ularni yumshatish 3600 issiqlikda olib boriladi.
Qibray tumanida joylashgan 100 % xorijiy investitsiya bilan ishlaydigan
«Dobro - Tashkent» Amerika korxonasi magizni qadoqlab eksport qiladi.
Toshkentdagi (Akademiklar shaharchasida) Shvetsariya bilan birga tashkil etilgan «Vitya» qo’shma korxonasi bir marta ishlatiladigan idishlar (stakanlar) ishlab chiqaradi. Bizning turmush tarzimizda xali ularga uncha talab yo’q, lekin hozircha
mahsulotni katta-katta xo’jaliklar, tashkilotlar xarid qilmoqdalar.

O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida (Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 maydagi 232 son qaroridagi 1-ilovaga







  • Gaz. «Milliy ta’lim» 2003 y. 21 fevrvl.

qarang) kichik va o’rta biznes sub’ektlari uchun belgilangan kafolatlar va imtiyozlar keltirilgan. Kafolat va imtiyozlar mazmuni quyidagi guruhlarga ajratilagn:


  1. Kafolatlar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish;
  2. Kichik va o’rta korxonalar faoliyatini rag’batlantiruvchi imtiyozlar.


Bunday kafolat va imtiyozlar «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni raqbatlantirish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 6, 8, 21- moddasi; «Kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirishga oid qo’shmacha chora-tadbirlar to’g’risida» 1997 y. 31 yanvardagi PF-1702- sonli farmonining 2, 5-bandida; «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998y. apreldagi PF-1987-sonli farmonining 3,7- bandida; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish-ni takomillashtirish to’g’risida»gi 1996 y. 8 avgustdagi PF-1503-sonli farmonining 1,3-bandlarida, Vazirlar Mahkamasining «O’zbekistonda tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida» 1998 y. 21 apreldagi 166-son Qarorida ko’rsatilagn; O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Dehqon- fermer xo’jaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi qonunining 5-modda, I-qismida; Soliq kodeksining 8-moddasi (I-3xat boshida), 31, 32, 72, 92, 102, 113, 119-moddalarida keltirilgan.
Mamlakatimizda kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga qaratilagn isloxatlarning samarasi sifatida ularga nisbatan yuritiladigan soliq siyosatini ko’rsatish mumkin. Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining «Kichik korxonalar uchun soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o’tishni qo’llash to’g’risida»gi qaroriga asosan yagona soliqni kichik korxonalar to’laydilar. Ular uchun avvalgi umumdavlat hamda maxalliy soliqlar va

  • J. «Bozor, pul va kredit» 1998 y. avgust.

yig’imlar o’rniga yagona soliqni joriy etilishi soliq hisobini tuzushni engillashishiga olib keldi.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin