O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi
Toshkent Moliya Instituti
E. Egamberdiev
X. Xo’jaqulov
Kichik biznes va tadbirkorlik
(O’quv qo’llanma)
Toshkent - 2003 y.
«Kichik biznes va tadbirkorlik» O’quv qo’llanmasi (E.Egamberdiev, X.Xo’jaqulov.
Toshkent Moliya instituti. Toshkent 2003 y. 175 bet).
«Kichik biznes va tadbirkorlik» fanida O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o’tishni tezlashtirishning eng asosiy shakli bo’lgan kichik va xususiy korxonalar, firmalar va boshqa turdagi ho’jaliklarda tadbirkorlik, ish bilarmonlik faoliyatining mohiyati, xususiyatlari, uni amalga oshirishning xuquqiy asoslari, shakllari, qoidalari shunday sohalarni yaratish asoslari, rivojlantirish yo’llari, biznesning ma’naviyati kabi muhim davr talabidan kelib chiqadigan iqtisodiy bilimlar beriladi.
10 jadval, 2 chizma. Adabiyotlar 20-nomda
Toshkent Moliya Instituti Ilmiy-uslubiy Kengashining qarori bilan chop etilmoqda
Taqrizchilar: Prof. Karimov F.Sh.
M.Ulug’bek nomli O’zMU-ning iqtisodiyot fakulteti «Biznesni boshqarish» kafedrasi mudiri, dotsent A.Xolmirzaev.
(S) Toshkent Moliya instituti – 2003 y.
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi kat’iy tadbirkor va xushyor bir kishini ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir
Amir Temur.
So’z boshi
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustaxkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyot fanini mukammal egallash, uning sir-asrorlarini puxta o’rganishni talab etmoqda. Xususan bozor munosabatiga o’tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo’llardan biri bu kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish, uni rag’batlantirishga bag’ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Bularning hammasi O’zbekiston taraqqiyotining poydevori hisoblangan barkamol avlodni etishtirishni taqozo etadi. «Ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi» - degan edi Prezidentimiz I.Karimov. Ushbu o’quv qo’llanma yangi ta’lim standartiga ko’ra 2003 y. qayta tayyorlangan va O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Vazirligi qabul qilgan Namunaviy o’quv dasturi talablariga javob beradi deb umid qilamiz. Ammo yil o’tib borishi bilan o’quv dasturlari, darslik va o’quv qo’llanmalar xam shunga yarasha yangilanib takomillashib borishi, talabalarni yangicha fikrlashga o’rgatib borishi zarur.
O’quv qo’llanma Oliy ta’limning «Biznes va boshqaruv sohasi»ning ta’lim yo’nalishidagi mutaxassis talabalari uchun, biznes faoliyati ishtirokchilari bo’lgan – kapital egalari, menedjerlar, kreditorlar, iste’molchilar, xomashyo etkazib beruvchilar, yollangan xodimlarning xilma-xil manfaatlarini amalga oshirishda qo’l keladi deb o’ylaymiz.
Dostları ilə paylaş: |