Biznes-munosabatsifatidabirqatorbelgilargaega: bizneschilar o’z manfaatlariga ega, foyda olishga intiladiar, hatto xatarli ishga qo’l urishga ham tayyor, tashabbuskor, ishning siru-asrorlarini biladigan, o’zaro iqtisodiy aloqalar madanyatini egallagan bo’ladilar. Ularning aloqalari hamma ishtirokchilar uchun naf keltiradi. Biznesmen – kapital egasi, mulkdor, mulkini kupayitirishga intiluvchi shaxs.
Biznes - bu ruhsat etilgan, jamiyat a’zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullanib, pul daromad topishni bildiradi. Biznes keng ma’nodagi qonuniy
yo’lbilandaromadtopishgaqaratilganfaoliyatdir. Biznesning mohiyati ayriboshlashdadir. Pulni tovarga va yanada ko’proq pulni, ya’ni foydasi bilan qaytgan pulni tovarga ayirboshlash biznesning mohiyatini ko’rsatadi: PTP1T
Madaniylashgan bozor iqtisodiyoti pul topishning g’ayri qonuniy usullarini, ya’ni qalloblik, tovlamachilik, poraxo’rlik, o’g’rilik, tilamchilik, bosqinchilik, giyohvand (narkotik) moddalar bilan shug’ullanib pul topish kabilarni xaqiqiy biznes tan olmaydi. Ammo ijtimoiy hayotda qayri qonuniy yo’l bilan pul topish uchrab turadi, lekin bu bozor munosabati qonunlari bilan bog’liq emas.
Biznes ishbilarmonlik munosabati sifatida o’z sub’ektlari (ishtirokchilari)ga ega, ya’ni yakka tartibda biznes bilan shug’ullanuvchi kishilar, tadbirkorlar jamoasi va uyushmasi, yakka iste’molchilar birlashmalari va nihoyat, davlatning iqtisodiy idoralariga ega. Tadbirkorikto’g’risidagiO’zbekistonRespublikasiQonunining
«Tadbirkorlik sub’ektlari» deb atalgan 4-moddasida biznesning (tadbirkorlikning) sub’ektlari deb quyidagilar ko’rsatilgan:
Xususiy tadbirkorlar;
Tadbirkorlar jamoasi va tadbirkorlik assotsiatsiyasi;
Mahsulot (xizmatlar, ishlar)ni iste’mol qiluvchi yoki ulardan foydalanuvchi aloxida va ko’pchilik (jamoa) shaklidagi iste’molchilar va shuningdek iste’molchilar uyushmasi va assotsiatsiyalari;
Bitim tuzishda to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etuvchi davlat, tuzilmalari (tadbirkorlarga xukumat buyurtmalarini berishda, baho belgilashda, maxsus ishlar va boshqalarni bajarishda imtiyozlar xajmini, tartibini aniqlashda).
Davlat tuzilmalari (organlari) ishbilarmonlar munosabatlari-ga, ularni qonuniy asosda biznesni amalga oshirishni himoya qilish, kafolatlash maqsadida salbiy (aks) ta’sir ko’rsatish ham mumkin.
Bozor iqtisodiyotida brokerlar, dilerlar, marketologlar, bankirlar, moliyachilar, ma’muriy rahbarlar faol ishtirok etadilar.