Tadbirkorlik, ishbilarmonlik to’g’risidagi fikrlarimizni yanada boyitmoqchi, to’ldirmoqchi bo’lsak, XI asrda yaratilgan «Qobussnoma»da aytilishicha:
«Savdogarlik va olib sotarlik» xunar hisoblanmaydi, ammo buni yaxshi san’at desa bo’ladi, chunki unga nazar tashlasang, uning odatlari xuddi xunarmandlarning odatiga o’xshaydi – deb ko’rsatilgan. Ulug’lar debdilarki (savdogar ahmoqlik asosiga, foyda topishdagi tartibi esa aql asosiga qurilgan), bu johillar bo’lmasa, jahon vayron bo’ladi, degan gapdir. Bu so’zdan maqsad shuki, har kim molni ko’paytirmoqchi bo’lsa, bir tanga uchun mag’ribdan mashriqqa boradi, o’zini toqqa, daryoga uradi, jonini, tanini va molini xavf-xatarga solur, yo’lning yomonligidan, yirtqichlardan qo’rqmas, shuning uchun mg’ribdan mashriqqa, mashriqdan mag’ribga borib, xalqqa oziq-ovqat keltiradi, jahonning obodonligi shu bilan vujudga keladi, bu ish savdogardan boshqa xalqdan zohir bo’lmas. Aqlining ko’zi ko’r bo’lgan kishi shunday xatarli ishlarni qiladi.
Demak, har yo’l bilan savdogar o’zining moli va taniga ehtiyot bo’lishi, beparvo bo’lmasligi kerak. Shu bilan birga, (savdogar) omonat va to’g’rilikni o’ziga odat qilishi zarur, o’zining foydasi uchun o’zgalarga ziyon etkazmasligi kerak va o’ziga tobe bo’lgan kishi bilan muomila qilgay. U shunday ulug’ odam bilan muomila qilishi mumkinki, u odam diyonatli va muruvvatli bo’lgay, firibgar kishidan qochgay. Molning yaxshi va yomonini bilmagan va moli oz odam bilan muomila qilmagay. (Agar shunday odam bilan muomila) qilsa, foydadan tama qilmagay, toki ikkovining orasidagi do’stlik vayron bo’lmagay.
Foydadan umid qilsa, nasiya qilmagaykim, oz foyda ko’p ziyon keltiradi. Mayda narsalarga nazar solmagilki, past nazarlik ulug’larga zarar keltiradi.
475 xijriy; 1082-1083 melodiy yilida mayda feodal oilasida tug’ilgan Kaykovus 63
Savdogarning asli zarari – behuda xarj qilishdir. Agar moldan foyda qilsang, foydadan egil va foyda qilmaguncha sarmoyadan emagil, chunki savdogarchilikning eng katta zarari sarmoyadan eyishdir.
Savdogarning sarmoyasi kam bo’lsa, o’zgalar bilan bahslashmasin va ulug’ ishlarga aralashmasin. O’z holiga loyiq mol olsin va (bu mol) bilan o’z baxtini sinab ko’rsan, (bunday vaqtda) ziyon qisa ham, sarmoyaga ortiqcha zarar etmaydi.
Agar dehqon bo’lsang, barcha dehqondan bilimdonroq bo’lgil va har bir ekinni eksang, vaqtidan o’tkazmagil. Vaqtidan o’n kun burun ekkaning ikki kun keyin ekkaningdan yaxshiroqdir.
Ho’kizni juft qil va barcha asbobini muhayo qilgil. Zo’r, baquvvat ho’kizlarni sotib olgil va oxuriga xashakni ko’p solgil. Shunday tarbiya qilgilki, ho’kizlaring zo’rlikda va semizlikda barcha xaloyiqning ho’kizidan ilgari tursin. Agar bir ho’kizing ishga yaramay qolsa, tezlikda yana bir ho’kiz olgil, toki ekin vaqti o’tmasin. Agar ekmoq va o’rmoq vaqti bo’lmasa, hamisha er haydab shudgor qilishdan g’ofil bo’lmagil. Keyingi yilning tadbirini shu yil qilgil. Ekinni kuchli erga ekkilki, agar ering kuchsiz bo’lsa, senga foyda bermaydi. Hamma vaqt erni tarbiya qilgil va dehqonchilik hunaridan bahramand bo’lgaysan.
Agar boshqa hunarni qilmoqchi bo’lsang, bozor hunarini qilgil. Har bir hunarni qilsang ham, chaqqon bo’lgil va pokiza ish qilgil. Sening ishing hamma hunarmandlarning ishidan yaxshiroq bo’lg’ay.
Hamkasb va oshnalaring ko’paysin. Oz foydaga qanoat qilgil. Xaridorni ko’p qattiq turrib va og’ir baho bilan o’zingdan qochirmagil, toki shu hunaring bilan rizqing ziyoda bo’lsin. Xalq sening oldingga bir narsani olish, sotish uchun kelsin, jonimsan, do’stimsan, birodarimsan deb qarshi olgil, toki sening bunday mehribonligingin ko’rib, ular mollariga yuqori baho qo’yishdan sharm qilsinlar va sening maqsuding hlsil bo’lsin, hamma hunarmandlar orasida yaxshi noming chiqqay. Ammo to’g’ri so’zlagil, baxil bo’lmagil. Foydani yaxshi ishga sarf qilgil, qashshoqlarga in’om bergil va o’zingdan yuqorilarga yolvoruvchi bo’lgil. Savdoda ko’p qattiq bo’lmagil va g’ariblardan ko’p foyda talab qilmagil. Muhtojni xushhol
qilgil. Sheriklaringga xiyonat qilmagil, qaysi hunarni ishlatsang, hiyla qilmagil, hamma ishingni bir xil qilgil. Agar moldor bo’lsang, muhtojga qarz bermoqni g’animat bilgil. Yolg’ondan ont ichmagil va odamlar bilan qattiq muomala qilmagil
Hozirgi zamon tadbirkori eng avvalo bozorni xaridorgir tovarga to’ydira oladigan tovar ishlab chiqaruvchidir. Tadbirkorlik faollashmasa iqtisodiy o’sish yuz bermaydi. Tadbirkorlik faoliyati odatda, muomala sohasidan, savdo-sotiqdan boshlab, dastlab shu erda rivoj topadi. Shu sababli savdo kapitali sanoat kapitalidan, ya’ni ishlab chiqarishga solinadgan kapitaldan oldin, savdogar esa sanoat kapitalistlaridan oldin paydo bo’lgan.
Savdo-sotiqdagi tadbirkorlikdan farq qilgan holda ishlab chiqarishdagi tadbirkorlik nisbatan yirik kapital, uzoq vaqt, katta tajriba, keng va chuqur bilimlar, boshqarsh mahorati va malakali ish kuchi talab qiladi. U serkapital, serharakat bo’ladi va nihoyat katta toqat talab qiladi. Masalan, savdoda 1 million so’mlik oborot kapitali va 1 oy muhlat etarlik bo’lsa, sanoatla 1 million so’mlik mahsulot yaratish uchun 2-3 million so’mlik kapital va 3-4 oy vaqt ketishi mumkin. Ishlab chiqarish tadbirkordan nafaqat iqtisodiy, balki texnikaviy va boshqarish bilimlarini talab qiladi.
Tadbirkorlik innovatsiya faoliyati tarziga kirsa, ya’ni texnika va texnologiya yangiliklarini joriy etish bilan bog’liq bo’lsa, iqtisodiy o’sish tezlashadi.
Tadbirkor hohlagan bankini tanlab ish ko’radi, bir necha bankda o’z pul mablag’larini o’z bilganicha ishlatishi, o’z mablag’ini naqd pul yoki naqd pulsiz schyotdan schyotga ko’chirib olishi mumkin. Tadbirkor byudjet bilan ham erkin aloqada bo’ladi. Belgilangan soliq summasini byudjetga to’laydi, byudjetdan tegadigan pulni o’zi o’zlashtiradi. U hohlagan moliyaviy kompaniya yoki tashkilot faoliyatida ishtirok etadi. Tadbirkorlik uchun qulay muhit - bu yagona iqtisodiy maydonning, jumladan, yagona pul maydonining mavjud bo’lishidir.
Dostları ilə paylaş: |