Xulosa qilib aytish mumkinki, nazariyachi iqtisodchi-olimlar tadbirokrlikka to’la-to’kis tavsilot berganlar va unga psixologik tomonlarni o’z ichiga olgan ijtimoiy-iqtisodiy voqelik deb qaraganlar.
Shunday qilib, turli davrlara tadqiqotchilar tomonidan tadbirkorga turlicha tushunalar berib kelingan:
Tadbirkor - bu yangi texnologiya, yangi ishlab chiqarish va yangi xizmat ishlarini ishlab chiquvchi novator.
Tavakkalchilik sharoitida xarakat qiluvchi, kuchli inson;
Har qanday imkoniyatdan maksimal foyda oladigan kishi;
Tashabbus ko’rsatuvchi, ishbilarmon, ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmni tashkil - etuvchi inson.
Tadbirkorvabiznesmenningfaoliyatinatijalariturlichatugallanadi. Tadbirkor o’z qobiliyati hisobiga tadbirkorlik daromadini olsa, biznesmen kiritgan kapitalidan foyda oladi.
Tovarlar va tovarashgan xizmatlarni yaratish bozor iqtisodiyoti uchun birlamchi bo’lganidan uning asosini tadbirkorlik tashkil etadi. Tadbirkorlik - iqtisodiyotning suyangan tog’i-yu, ishongan bog’i, xarakatga keltiruvchi kuchi hisoblanadi. Tadbirkorlik-kishilar (mulkchilik sub’ektlari)- ning moddiy va pulmablag’larini (kapitalni) amalda xo’jalik oborotiga tushirib, daromad topishuchun mo’ljallngan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik umuman pul topish emas,balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olishni bildiradi. Tadbirkorlik ish yuritmay turib, kapital hisobidan tekin daromad ko’rib, uni parazitlarcha o’zlashtirishni inkor etadi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bir qancha tug’ma va o’zi ega bo’lgan sifatlar zarur. Shuning uchun xaqiqiy tadbirkorlar tez-tez uchramaydilar. Masalan, amerikaning ilmiy izlanishlari asosidagi ma’lumotlariga ko’ra mehnatga qobliyatli axolining har 100 tasidan, atigi 7 kishi xaqiqiy tadbirkor bo’lib chiqadi. Biznesmen bo’lib yuradiganlar esa ko’p. Biznes - «Ish», «kommertsiya» demakdir. Amerikacha biznes - bu jamiyat talablarini va xoxishini qondirish uchun ishlab chiqarish tizimidir. Biznes - bu mashshaqatli va foydali ishdir».