Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə17/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98
Kichik biznes

muvofiqdir.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorning asosiy maqsadi o’z qo’l ostidagi ishlab chiqarish vositalaridan, ixtiyoridagi resusrslardan unumli foydalangan holda bozor talablariga to’g’ri javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarib, unumli foyda olishdir. Maqsadga erishish yo’llarini ishlab chiqishda tadbirkorlarning albatta o’z dasturi bo’lishi lozim. Dastur korxonaning katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar, tuzilishi maqsadga muvofiqdir.
    1. Tadbirkorlikni amalga oshirish shart-sharoitlari va bosqichlari


Biznes va tadbirkorlikning yuqorida aytilgan mohiyati va xususiyatlaridan kelib chiqadiki, biznesning yashashi va rivoj topishi uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur:

  • mulkka egalik qilish va pirovard maxsuldorlikka erishish va shunindek moddiy ne’matlarga egalik qilish xuquqini olish yoki u xuquqni boshqalarga o’tkazish imkoniyati;

  • nisbatan xo’jalik sub’ektlarini mustaqil faoliyat ko’rsata olishi, ularning xo’jalik faoliyatida iqtisodiy jihatdan erkin bo’lishi; jumladan shartnoma tuzishda, qo’shilishda, faoliyat turni tanlashda, iste’molchilarni tanlashda;

  • ayirboshlash shakllarini rivojlantirish, ya’ni tovar-pul munosabatlarining muvofiqligi, jumladan mehnatni erkin ravishda ayirboshlash, yollash, boshqachasiga aytsak - bozorga bemalol kirish imkoniyatlarining mavjudligi.

1-jadval

Biznes faoliyati ishtirokchilarining manfaatlari



Biznes faoliyati ishtirokchilari

Manfaatlar

I. Ichki sharoitlar:

1. Kapital egasi, egalari

  • Kapitalni saqlash va ko’paytirish;

  • Doimo birdek foyda olib turish;

  • Pirovard ravishda xal qiluvchi qarorlar qabul qilish xuquqi;

2. Menedjerlar

  • Foyda olish va firmaning rivojlanishini ta’minlash;

  • Xususiy manfaatlar (Mukofot, mustaqil bo’lish, xukmdor bo’lish);

3. Yollangan xodimlar

  • Yuqori ish xaqi;

  • Ish joyini yo’qotmaslik uchun ishonch;

  • Yaxshi mehnat sharoitlari va yuqori darajadagi ijtimoiy himoyalanish

II. Tashqi muhit:

1. Davlat va jamoatchilik

  • Ish joylarini yaratish, ijtimoiy xolat;

  • Dunyo bozorida raqobat qilish qobiliyati;

  • Baho darajasining bir me’yorda turishi;

  • Yakka xokimlikka qarshi kurash choralari bilan bozor munosabatlarini saqlab turishi qo’llab- quvvatlash;

  • Atrof muhitni va iste’molchilar manfaatlarini himoyalash.

2. Xom ashyo etkazib beruv- chilar

  • Yuqori daromad va kam xarajatlar;

  • Shartnoma aloqalarining mo’’tadil-ligi (stabilnost)

3. Kreditorlar

  • Yuqori protsentlar;

  • Kreditni qaytarish kafolati;

  • Firmaga ta’sir etish imkoniyati.

4. Iste’molchilar

  • Keng tanlov imkoniyati;

  • Mahsulotning yuqori sifatda bo’lishi;

  • Bahoning past darajada bo’lishi;

  • Servis xizmatining yuqori darajada bo’lishi.




Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin