Tadbirkor - korxona egasi, biznesmenga o’xshash unga daromad keltiradigan qandaydir iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi shaxsdir.
Foyda - daromad bilan ishlab chiqarish xarajatlari o’rtasidagi farqdir.
Daromad - mahsulot bahosini sotilgan mahsulot miqdorini ko’paytmasiga teng.[R.(Q)]
Pirovarddaromad(MR) - mahsulot xajmini bir birlikka o’sishi (Q) natijasida daromadni o’sishini R(Q) ifodalaydi va quyidagicha yoziladi: MR=R(Q)/Q
Iqtisodiy foyda- unumli tushunchadan barcha resurslar bo’yicha iqtisodiy xarajatlar (tashqi va ichki xarajatlar, normal foyda bilan birga)ning ayirmasiga teng.
Normal foyda deb biror korxona, firma, ishlab chiqarish yoki magazinning aniq egasini tadbirkorlik qobiliyatini saqlab turish uchun zarur bo’lgan minimal to’lov miqdoriga aytiladi.
Talab - bozorda taklif etilgan va pul bilan ta’minlangan tovarlarga bo’lgan ehtiyoj to’lovga qobil ehtiyoj.
III-BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA MULK VA MULKIY MUNOSABATLAR
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko’rsatilishicha: “BozormunosabatlarinirivojlantirishigaqaratilganO’zbekistoniqtisodiyotiningnegizinixilmaxilshakldagimulktashkiletadi”. Korxonamulkiniuningmustaqilbalansidaaqsetadiganasosiyfondlarivaoborotmablag’lariqiymativaboshqaboyliklartashkiletadi. Korxona to’g’risidagi qonuniy xujjatlarga ko’ra qo’yidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manba’lardir: