ijtimoiy - psixologik sharoitning yaxshiroq bo’lishi;
tashkil etishning qulayligi, oddiyligi; ixtiyoriy asoslar;
shaxsiy manfaatdorlik. Xar bir kishi uchun manfaatli, xamma narsa uyushma uchun ham manfatlidir.
KORPARATSIYA*1
Korparatsiya(atsionerlikjamiyati)-aktsiyaobligatsiyalarchiqarishyo’libilan ko’pgina xususiy kapitallarni birlashtirish natijasida kapital yaratadigankorxonalarnitashkiletishshaklidir. Har bir fuqaro uchun qanday huquqlar berilgan bo’lsa, korparatsiyalar ham shunday huquqlar berilgan yuridik shaxsdir. Ular o’z mulkiga egalik qilish huquqi, suda olish, mulkni garovga qo’yish va uni tugatish, sudga murojat qilish huquqini oladi. Korparatsiya qonun oldida javob beradi, shuning uchun ularni sud hukmiga topshirish mumkin.
Ishlab chiqarish va tovarlarni sotish yoki xizmat ko’rsatish bo’yicha faoliyatni boshqarib, tartibga solib turish uchun ishlab chiqilgan Ustavni ma’qullash to’g’risida xokimiyat organlariga murojat qilishi mumkin. Korparatsiya tashkil etishni xoxlagan tadbirkorlar tegishli tashkilotga korparatsiyani huquqi va majburiyatlari ko’rsatilgan Ustav uchun murojat qilishlari mumkin.
Korparatsiyani xayot faoliyati, muddati uning ustavida belgilangan bo’ladi vaholangki bu muddat ko’rsatilmasa ham.
Korparatsiyaningafzalliklari: - mulk egalarining cheklangan
javobgarligi. Agar moliyaviy inqiroz yuz bersa o’rtoqlik uyushmasi va yakka xo’jalik shaklidagi tadbirkorlik faoliyati ishtirirokchilari (mulk egalari)ning shaxsiy boyligi firma qarzini to’lashiga ishlatiladi. Bu ularning eng muxim kamchiligidir. Korporatsiyada esa bu kamchilik yo’qotilgan. Korparatsiya egalari yoki aktsionerlar, yoki aktsiya egalari o’z sarmoyalari qiymatidan ko’p mablag’ yo’qotmaydilar. Kiritilgan kapital qiymatidan ko’p bo’lgan bank aktsiyalari bundan mustasno. Kreditorlar tegishli moddiy boyliklar xisobiga qarzlarni to’lashiga ishonishlari mumkin, lekin aktsiyadorlar (aktsiya egalari) shaxsiy mulkga, yoki atsiya qiymatiga davo qila olmaydilar. Korparatsiyaning ikkinchi afzalligi mulkga egalik qilish
* x) Abizov R.M., Aliev S.T. va boshqalar «Biznes» Toshkent, 1992y. 23 bet.
huquqining oddiyligi. Bunday operatsialar uchun tashkiliy bozor bo’lib fond birjalari hisoblanadi.
2-jadval.