Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Qonun asosida tadbirkorlikni tashkil etishnig ideal shakllari yo’q



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə28/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
Kichik biznes

Qonun asosida tadbirkorlikni tashkil etishnig ideal shakllari yo’q, har bir ko’rsatilgan shakldagilar o’zlarining avzalliklari va kamchiliklariga ega. Shuning uchun endigina ish boshlovchi tadbirkorlar qaysi shaklini tanlashi turli xil shart- sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Ishbilarmonlar, yakka tartibdami, yoki kooperativ shakldami, ijara shakldami va boshqa shaklda ish boshlashlaridan avval boshqa davlatlardagi tajribalarni

1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 61-moddasi. 147-bet.


o’rgansa foydali bo’lar edi. Masalan, Amerika davlati amaliyotida biznes shaklini tanlashda quyidagi savollarga ahamiyat beriladi:

  • Korxonani tashkil etishda tadbirkorlikni qaysi tartib qoidalar ko’proq qoniqtiradi?

-Boshlang’ich davrlarda qanday tashkiliy, xuquqiy va boshqa xarajatlar qilinishiga to’g’ri keladi?

    • Bankrotga uchraganda yoki boshqa sabablar bilan firma tugatilganda kreditorlar bilan hisob-kitoblar bo’lsa korxona egasining shaxsiy mulkiga dahli bo’ladimi?

    • Boshqa firma yoki shaxslarga korxonaning butun mulkiga yoki bir qismiga egalik qilish huquqi osonlikcha beriladimi, yo’qmi?

    • Qo’shimcha kapitalni qanday qilib jalb etish mumkin?

    • Firmaning ishiga o’limi yoki og’ir kasal bo’lishi qanday ta’sir etadi?

    • Korxonani boshqarishda biznes egasi qanchalik faol ishtirok etishi mumkin?

    • Biznesning istiqboliga tanlangan tadbirkorlik shakli qanday ta’sir etadi?

Ko’rinib turibdiki bu savollarni ko’pi endi ish boshlovchi, bizning tadbirkorlar uchun xam oddiy narsa emas.
Amerikaning bu soxasidagi ko’p yillik tajribasi ko’rsatadiki amaliy axamiyatga ega bo’lgan bu savollar nihoyatda muhimdir. Bizning tadbirkorlar ham bular ustida o’ylab ko’rishi zarurdir. «O’zbekistonda mulichilik to’g’risida»gi qonunni qabul qilinganda (31 oktyabr 1990 yil), va uni amalda qo’llangandan so’ng, ijara korxonalari to’g’risidagi va boshqa qonunlardan so’ng mulk egalari albatta yuqorida keltirilgan savollarga javob topish to’g’risida o’ylab ko’rishiga to’g’ri keladi. Yakka shaxsiy xo’jalik-bu shunday korxonaki unda bir kishi (shaxs) yoki bitta oila egalik qiladi, va u biznesdagi barcha tavakkalchiliklarni o’z zimmasiga oladi, daromadning hammasi esa (barcha xarajatlarni chiqarib tashlanganda va soliqlarni to’lab bo’lgandan so’ng) o’zida qoladi. Odatda, bunday korxona egalari bir vaqtning o’zida faol menedjer bo’lib xizmat qiladilar. Yakka xo’jalik (xususiy xo’jalik) tadbirkorlikni eng qadimiy shakillaridandir, u bizning respublikamizda ham ko’p tarqalgan edi. Xozirgi vaqtda unga yaqin keladigan faoliyat turi bir kishining, shaxsiy mehnatiga asoslangan faoliyatdir.
«O’zbekistondagi mulkchilik to’g’risida»gi (1990 yil. 31 oktyabrda),
«Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyati erkinligining kafolatlari to’risida»gi 2000 yil 29 maydagi Qonunni qabul qilinishi bilan bu shakldagi tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yanada kengaydi.
Yakka xo’jalik biznesni amalga oshirishning eng oddiy shaklidir, ayniqsa uni boshlash, ishlash va tugatishda. Yakka xo’jalik ayniqsa AQShda ko’p rivojlangan. Barcha tadbirkorlik tashkilotlarini 80 % yakka xo’jalikka to’g’ri keladi.
Ularni rivojlangan soxalari bu chakana savdo, yurist maslaxatlarini berish, ovqtlanish soxasi va boshqlardir. Amerika biznesini moliyaviy xajmini 10-14 %ni yakka xo’jalik firmalari tashkil etadi.
O’zbekistonda yakka xo’jalikka asoslangan tadbirkorlik shakllarining afzalliklari quyidagilar:

    • uni tashkil etish qulayligi;

    • to’la mustaqillik, erkin va tezkorlik bilan xarakat etish imkoniyati;

    • manfatdorlikni uyg’otish sabablari ko’p;

    • faoliyatlaridagi konfedentsiallik, ya’ni firmaning asosiy kapitalini ishlab chiqarish texnologiyasi tashkil etadi; firma sirlarini boshqalardan saqlash imkoniyati.

    • bozor talabiga, sharoitiga moslasha bilish qobiliyati

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin