O’rtoqlik uyushmasi ikki xil bo’ladi:
Cheklangan javobgarlikga ega bo’lgan, va cheklanmagan, (umumiy yoki oddiy). O’rtoqlik uyushmasi ikki va undan ortiqcha ishchilar
assotsiatsiyasi (birlashishi) xisoblanib foyda olish maqsadida biznesga egalik qiladilar. Ko’pgina o’rtoqlik uyushmalari 2-3 kishidan iborat bo’ladi, vaholangki ularni chegarasi yo’q. Uyushma a’zolari foydani xoxlagan, o’zi tanlagan tartibda bo’lishishlari mumkin. Agar kelishish mumkin bo’lmasa uni teng miqdorda bo’lishlari shart. Uyushma a’zolari kapitalni teng miqdorda biznesga qo’yishlari shart emas. Ayrim xollarda partner (sherik) umuman sarmoya qo’shmasa ham bo’ladi.
Kapital o’rniga uning tajribasidan, bilimidan foydalanish kifoya qiladi. O’rtoqlik uyushmasi, odatda chekana savdo, meditsina, qishloq xo’jaligi, moliya, xizmat ko’rsatish soxalarida, maslaxatlar berish va x.k.larda, yakka xo’jalik shaklida tashkil topadi.
O’rtoqlik uyushmasini yaratish asosidaa’zolar o’rtasidagi kelishuv, rozilik yotadi. Bu kelishuv og’zaki, yozma yoki tomonlari qandaydir xamkorlikdagi xarakatlari bo’lishi mumkin.
Hato va kamchiliklardan xoli bo’lishi uchun kelishuvlar yozma ravishda tuzilgani ma’quldir. Odatdao’rtoqchilikto’g’risidagikelishuvlarquyidagibandlardaniborat:
firmaning nomi va xar bir partnerning familiyasi;
biznes turi va faoliyat ko’rsatish joyi;
har bir partnerni huquqlari, majburiyatlari;
kelishuv muddati;
har bir partner investitsiya qilgan mablag’lar miqdori;
foyda va zararni taqsimlash sxemasini yozish;
partnerni kompensatsiya olish usuli;
partnerlardan birini o’rtoqchilik uyuushmasi kapitalidan olish mumkin bo’lgan mablag’lar me’yori;
o’rtoqchilikda zarur bo’ladigan moliyaviy ishlar to’g’risidagi ariza;
yangi partnerlarni tugatish, qabul qilish tartibi;