Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Kichik biznesning mohiyati va afzalliklari



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə37/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98
Kichik biznes

Kichik biznesning mohiyati va afzalliklari


Korxonalar yirikligi bo’yicha: Yirik, o’rtacha, mayda korxonalarga ajratiladi.
Ularni yirikligini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlar ishlatiladi.

  1. Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati;

  2. Ishchi va xizmatchilarning soni;

V) Yillik mahsulot hajmi.
Kichik biznes, kichik korxona, xususiy firmalar kabi tushunchalar bozor iqtisodiyotida ko’p ishlatiladigan bo’lib bizning kundalik hayotimizga ko’proq kirib bormoqda.
Bu tushunchalar qanday tushuncha hisoblanadi, kichik korxonalarni yaratish asoslari ularni faoliyat ko’rsatish qoidalari nimalardan iborat?

Kichik tadbirkorlikning sub’ektlari korxonalar bo’lib, ularda xodimlar soni qonun bilan belgilangan me’yor darajasidan oshmaydi.


Kichik biznesni yirikligini aniklash zaruriyati ularni faoliyatini yaxshilash maksadida davlat tomonidan qo’llab-quvvatalnishi rag’batlantirilishi bilan belgilanadi. Kichik va o’rtacha korxonalarni alohida guruhlarga ajratishning zaruriyati ular faoliyatini samaradorligini tahlil qilish maxsus ilmiy kuzatuvlar olib borish ularni iqtisodiyotning umumiy tizimidagi ahamiyati va tutgan o’rnini aniqlashdadir.
Bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha davlatlarda kichik va o’rtacha yiriklikdagi korxonalarni ajratishda quyidagi kriteriylar, mezonlar ishlatiladi:

    1. Miqdoriy ko’rsatkichlar-xodimlar soni sotiladigan mahsulot hajmi asosiy kapitalning balans qiymati;

    2. Sifat ko’rsatkichlar – nisbatan kamroq ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, cheklangan miqdordagi resurslar va ishlab chiqarish quvvati, kamroq rivojlangan boshqaruv tizimi va x.k.lar

    3. Aralash kursatkichlar-bular birinchi va ikkinchi guruh ko’rsatkichlaridir transport sohasida yiliga-3, 5 dan 20 mln doll; gacha qurilishda 9-son 21 ulgurji

savdoda 15-dan 35-gacha, chakana savdoda 3,5 dan 13,5 mln. doll. gacha xizmat ko’rsatish sohasida-2,5 dan 14,5 mln. dollargacha mahsulotdan tushum olgan korxonalar kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi korxonalar yirikligini ajratish mezonlariga anchagina o’zgartirishlar kiritgan. Bu esa bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi xolatlarni, shart-sharoitlarni o’zgarib borishning natijasidir. Xo’jalik amaliyoti jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy hayoti va xo’jaliy yuritish usullarida bozor munosabatlarida sodir bo’ladigan o’zgarishlardan dalolat beradi.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin