Moliya Instituti E. Egamberdiev X


O’zbekiston respublikasida



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə34/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98
Kichik biznes

O’zbekiston respublikasida korxonalar faoliyatiga bog’liq bo’lgan boshqa qonunlar: tovar - pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqarilayotgan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish, ular faoliyatining, ularning qayta tashkil etish va tugatishning umumiy xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.

Qonun foyda olishni ko’zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, ularning xuquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi.


Bu davrdagi qonun chiqarish jarayoni konstitutsiyaviy jihatdan asoslangan ikki muhim printsip: turli shakldagi (shu jumladan xususiy) mulk erkinligi va tengligi printsipi hamda iqtisodiy faoliyat erkinligi printsipi asosida rivojlandi.
Bozor munosabatlari talablariga javob bera oladigan xissadorlik kompaniyalari, uyushmalar, birjalar, kimmatbaho qog’ozlarni hisobga oladigan va saqlaydigan depozitoriy, savdo uylari singari bozor infrastrukturasi ob’ektlari barpo etilgan. Bu qonunlar tashqi iqtisodiy faoliyatni sezilarli darajada kengaytirish imkonini berdi, xorijiy sarmoyalar uchun imtiyozli sharoit yaratdi, o’rta va yirik korxonalarni davlat tassarufidan chiqarish, va xususiylashtirish, yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarini ochiq turlagi jamiyatlarga aylantirish jarayonini boshlab berdi.
Lekin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat xamon ancha murakkab ekanini ham e’tirof etish lozim. Masalan, hali xalq xo’jaligi sohalarida mulkchilikning yangi shakli qaror topishi talab darajasida chinakamiga ta’minlanmayapti. Ishlab chiqarish sur’atining pasayishi ko’p tarmoqlarda davom etmoqda, sarmoyalarning etarli emasligi iqtisodiyotni yaxshilab qayta qurishga to’siq bo’lmoqda.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tegishli me’yoriy xuquqiy asos yaratilgan. Biroq amaldagi qonunlarning chuqur tahlili ularni takomillashtirish va yangi hayotning o’zi talab qilayotgan huquqiy xujjatlar bilan to’ldirish zarurligini ko’rsatmoqda. Afsuski, amaldagi ba’zi xuquqiy xujjatlarimiz turlicha talqin qilininshi mumkin. Bu esa ayrim idoralar va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlar manfaatlariga ziyon etkazuvchi xujjat va qarorlar qabul qilinishiga yo’l ochib bermoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki ba’zi me’yoriy xujjatlar tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlarini emas balki ayrim idoralar manfaatlarini nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan.
Masalan, binolarni ijaraga olish uchun tegishli shartnomalar faqat bir yil muddatga tuziladi. Natijada tadbirkor shartnoma keyingi yil uchun uzaytiriladimi- yo’qmi—bilmaydi.
Buning ustiga, ijaraga beruvchilar o’zining monopoliya xuquqidan foydalanib, bunday shartnomalarni kichik korxonalar uchun oldindan noqulay, hatto aytish mumkinki, ularni nochor ahvolga solib qo’yadigan shartlar asosida tuzishga majbur qiladi. Prezidentimiz I.Karimov ko’rsatishicha:
Adliya vazirligi, davlat mulki qo’mitasi barcha manfaatdor idora va tuzilmalar bilan birgalikda amaldagi qonun xujjatlarini, ayniqsa, me’yoriy xujjatlarni qaytadan jiddiy inventarizatsiya qilishlari, kichik va o’rta biznes sub’ektlarining xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga g’ov-to’siq bo’layotgan qoida va nizomlarni aniqlab, ularni bartaraf etishlari zarur. Ko’plab tadbirkorlar ayniqsa endigina ish boshlayotgan ishbilarmonlar, tabiiyki, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish asoslari, uning yuridik va iqtisodiy shart-sharoitlari tushunarli tarzda bayon etilgan xuquqiy xujjatlar to’plamlariga ehtiyoj sezadi. Ular ana shunday qo’llanma va ma’lumotnomalar chop etilib, keng tarqatilmagani tufayli qiyichiliklarga duch kelmoqda.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin