Tadbirkorlikni barcha shakllari uchun umumiy bo’lib
firmalar, korxonalar hisoblanadi, ularning barchasi yuridik shaxs huquqiga egabo’ladi. Firma - tovar ishlab chiqarish va barcha sohalarda xizmat ishlarinibajarishuchunfoydaolishmaqsadidarsurslarnijamlaydiganvaundanfoydalanadigantashkilotdir. «Firma» so’zi birinchi bor Italiya davlatining shimoliy va markaziy viloyatlarida u erda kapitalizmni rivojlana boshlashi bilan ishlatiladigan bo’ldi. XV- XVII asrlarda firmalar soni Gollandiya, Angliya, Frantsiya, Germaniyaning Ganzey shaharlarida, keyinchalik esa butun dunyoga yoyilib ketdi. Firmalar tarkibida turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bo’ladi. Ular barchasi yuridik shaxs xuquqiga ega bo’ladilar. Qonun asosida biznes va tadbirkorlikni tashkil etishning ideal shakllari yo’q. Tadbirkorlikni qaysi shaklida bo’lishi turli xil shart-sharoitlarga bog’liq. Rivojlangan kapitalistik dunyodagi firmalarni asosini hozirgacha xuddi shu yakka xo’jalikka asoslangan kichik firmalar tashkil etadi.
Korxona - mehnatkashlar jamoasi mulkidan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqarib, uni iste’molchilarga sotadigan yoki sanoat xarakteridagi turli xizmat ishlarini bajaradigan yuridik shaxs xuquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik sub’ektidir.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan (1995 yil 21 dekabr
№163-1; 1996 yil 29 avgust №256-1) tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasining Fuqorolik Kodeksi”ning 39-moddasiga binoan “Yuridik shaxs tushunchasi”ga kuyidagicha ta’rif berilgan:
“O’z mulkidan, xo’jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol- mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak.
Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, mexnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadlarida qimmatli qog’ozlar chiqarish hamda sotish yo’li bilan yuridik va jismoniy shaxslarning qo’shimcha pul mablag’larini jalb etish xuquqiga egadir.
Mulkchilikning yangi shakllarini va shunga yarasha mulkka bo’lgan yangicha munosabatlarni boshqarilishi ularning huquqiy asoslarini yaratilishini taqozo etdi. Natijada «O’zbekistonda mulkchilik to’g’risida» qonun qabul qilindi (1991 yil 31 oktyabr). Mulk shakllarining yangilanishi yarasha turli xildagi korxonalar tashkil topildi. Shu qonuning 37,38,39 moddalari mulk, shakllari va ularning kafolatini ko’rsadadi. O’zbekistondagi korxonalarga tegishli Qonunlarda esa mulkka egalik qilish huquqi berilgan O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini samarador ishlashi uchun barcha xil mulk shakllarining tengligi, daxlsizligi, unga egalik qilish huquqining kafolati qonunda ko’rsatilgan. Korxona faoliyatiga tegishli O’zbekistonRespublikasi qonunlarida tadbirkorlarni erkinligi va ularni hohlagan faoliyatturibilanshug’ullanishimumkinligiko’rsatilgan. Xaridorlar ham, ishlab chiqaruvchilar ham, hom-ashyo sotuvchilar ham o’z faoliyatlarida erkindirlar. Shunday ekan nima uchun iqtisodiyot betartib rivojlanib ketmaydi degan savol tug’iladi. Bunga sabab bozor qonunlarini amal qilishdir. «Mulkni davlat tasarrufida chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi qonun Respublikamizda mulk shakllarini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir (CAPut!’ noyabr 1999 yil). Xususiylashtirish ishlarini amalga oshirish tartibi shu qonunning 8,10,11,12,13,14,15 moddalarida aks etirilgan. Masalan, 13 moddada davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish printsiplvri, qoidalari berilgan; 6-modda esa mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning shakllari, shart-sharoitlari ko’rsatilgan. Korxonani xususiylashtirishga tayyorlash esa 9 moddada ko’rsatilgan.
O’zbekiston iqtisodiyotida nodavlat sektorining asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha xissasi quydagilar bilan xarakterlanadi.
3-jadval