Moliya Instituti E. Egamberdiev X


TADBIRKORLIK ShAKLLARINING XUSUSIYaTLARI



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə31/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98
Kichik biznes

TADBIRKORLIK ShAKLLARINING XUSUSIYaTLARI





Tadbirkor- lik shakllari.

Afzalliklari

Kamchiliklari.

1. Yakka xo’jalik.

  • To’liq mustaqillik, erkinlik va tezkorlik;

  • Daromad olishdan maksi-mal manfaatdorlik;

  • Faoliyatdagi konfiden-tsiallik;

  • Katta hajmda kapital jalb etishdagi qiyinchilik

  • Faoliyat muddatini noaniq-ligi;

  • Zarar uchun javobgarlik chegarasi yo’qligi;

  • Barcha boshqaruv vazifa-larini qo’shib olib borish zaruriyati. (menedjerlik).

2. O’rtoqlik uyushmasi.

  • Moliyaviy kuch;

  • Erkinlik va tezkor xarakat;

  • Jamoa bo’lib boshqarish;

3. Korpa- ratsiya (aktsioner- lik ja- miyatlari)

  • Qo’shimcha kapitalni jalb etish imkoniyatla-rini ko’pligi;

  • Boshqaruvdagi mutaxas- sislik;

  • Aktsionerlar javobgar-ligini cheklanganligi.

  • Jamiyat faoliyati ustidan qattiq nazorat o’rnatish;

  • Boshqaruvni qiyinligi;

  • Faoliyatni yakka xokimlikkga moyilligi.

Birjalarda aktsiya egalari tez va oddiy yo’l bilan qo’shimcha aktsiyalar sotishlari yoki sotib olishlari mumkin. Asosiy birjalarga qo’shimcha ravishda ro’yxatga olinmagan qimmatbaho qog’ozlarni birjadan tashqari bozorlari yuzaga kelishi mumkin. Bunday bozorlarda uncha katta bo’lmagan karparatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish mumkin.


Aktsiyalar ularni sotib olish uchun birjalarda ro’yxatga olingan xolda birja brokeri bir necha daqiqada xal etadigan qimmatbaho qog’ozlarni oldi-sotdi qiladigan buyurtmani hujjatlashtirish zarur. Xar kuni millionlab aktsiyalar sotiladi.Korparatsialarni faoliyat ko’rsatish muddati. Korparatsialar to’rt xil yo’l bilan tugatiladi:

  1. Bankrotga uchraganda yoki noloyiq biznesga jalb etilganda. sud hukmi bilan.

  2. Aktsiya egalarini ko’pchiligi qabul qilgan qarorga ko’ra.

  3. Korparatsiya ustavini xizmat muddati tugaganda.

  4. Ustavdagi huquqlar doirasidan chiqib, Ustavni buzish yoki ustavdan tashqari faoliyat turlari bilan shug’ullanish xollarida raxbar xokimiyatlar Ustavni bekor qilganda.

Korporatsiya kamdan-kam xollarda o’zini-o’zi tugatadi. Shuni aytish kerakki, korporatsiya o’z Ustavini shart-sharoitlarga qarab tez-tez o’zgartirib turadi. Bir necha aktsionerlarni yo’qolishi korparatsiya faoliyatiga uncha ta’sir etmaydi, aktsiyalar boshqalarga sotiladi, merosga beriladi va boshqalar.
Korporatsiya odatda tadbirkorlik shakllariga nisbatan yirikroq, ular o’ziga ko’pgina mutaxassislarni jalb etishi mumkin. Korporatsiyada eksportlar, texnologiya, marketing, moliya, iqtisodiy taxlil, sotsiologiya, psixologiya va boshqa sohalar bilan alohida shug’ullanib borishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda juda katta miqdorda korxonalar mavjud. Ular kichkina do’konchalar, sartaroshxonalar, ta’mirlash ustaxonalaridan tortib gigant korxonalarni ham o’z ichiga oladi. AQShda, masalan, 17 mln.ga yaqin korxona bor bo’lsa, shundan 70% yakka xo’jalik (bir kishiniki) shaklidagi korxonadir, 10% -ikki va undan ko’p (sheriklik) shaxslarga tegishli, 20% aktsioner korxonalardir. Shunday qilib mulk shakllari bo’yicha ko’pgina xo’jaliklar aktsioner korxonalar emas. Lekin korporatsiyalar AQSh iqtisodiyotida xal qiluvchi o’rinni egallaydi. Masalan, AQShda qayta ishlash sanoatida ularni hissasi ja’mi maxsulot xajmida 90% ni tashkil etadi, lekin 500 ta yirik korporatsiyada mamlakat yalpi milliy maxsulotini 40% dan ko’pi ishlab chiqariladi. Aktsionerlar mulki asosida monopolistik gigant ishlab chiqarishlar o’sib chiqqan. Ular dunyo miqyosidagi kompaniyaga aylanganiga ancha bo’lgan. Demak, xozirgi zamon iqtisodiyotida aktsioner kompaniyalar xal qiluvchi ahamiyatga ega. Ular faoliyati milliy bozorga emas, dunyo bozoriga mo’ljallangan. Aktsionerlik jamiyatlarini shakllanishi va rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi, ishlab chiqarish qo’lamini o’sishi, va shaxsiy kapitalni
cheklanganligi bilan bog’liq bo’lib, bunda yirik korxonalarni yaratishni, temir yo’llarni kanallar qurish va shunga o’xshash xususiy kapitalni birlashishini talab etadi Iqtisodiy faoliyatning xillari bu iste’mol va ishlab chiqarishdir. Odatda ishlab chiqarishning foydali, qimmatga ega bo’lgan maxsuli, natijalari iste’mol qilinadi. Bunday ne’matlar korxonalarning foydali, ratsional xatti-xarakatlari maxsulidir. O’z navbatida nimalarni iste’mol qilish zarurligini ishlab chiqarish xal etadi yoki nimani iste’mol qilish zarur bo’lsa o’shanday ne’matlar ishlab chiqariladi. Bunday iqtisodiy vazifalarni uy xo’jaliklari, korxonalar va firmalar darajasida talab va taklif, raqobat kabi qonunlari va resurslarni foydali taqsimlashi
asosida bajariladi.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin