Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Davlat va nodavlat korxonalarining ko’rsatkichlar bo’yicha salmog’i



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə33/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
Kichik biznes

Davlat va nodavlat korxonalarining ko’rsatkichlar bo’yicha salmog’i


(%)





Ko’rsatkichlar

Davlat sektori

Nodavlat sektori

1999y.

2002y.

1999y.

2002y.1

1.

Korxonalar soni

25,4

---

74,6

---

2.

Band bo’lganlar soni

30,6

23,2

69,4

76,8

3.

Milliy mahsulot hajmi

56,2

26,7

43,8

73,3

4.

Sanoat mahsuloti

49,8

28,6

50,2

71,4

5.

Qishloq xo’jaligi mahsuloti

4,9

---

95,1

100

6.

Pudrat ishlari hajmi

39,0

---

61,0

---

7.

Chakana tovar aylanishi hajmi

6,2

---

93,8

100

Kichik va o’rta tadbirkorlik iqtisodiy yangilanishning bosh omili hisoblanadi, uning imkoniyatlari iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga qo’shgan hissasi bilan o’lchanadi. Respublikamizda kichik va o’rta korxonalari bozor sharoitiga tez moslashib, ishlab chiqarishni kengaytirib bormoqda. Buni 4-jadvaldan ko’rish mumkin. Jadvaldagi ma’lumotlar shuni ko’rsatib turibdiki, mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik va o’rta biznesning salmog’i va mavqei yildan-yilga oshib bormoqda.


O’tgan yillarda xususiy sektorning iqtisodiyotdagi salmog’ini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirildi.

1 J. «O’zbekiston iqtisodiyoti axborotn omasi» 4/2003. 40-41 b.


4-jadval

Kichik va o’rta biznes korxonalarida ishlab chiqarish hajmi (respublika bo’yicha umumiy ko’rsatkichdagi ulishi foiz


hisobida, %)2






2000

2001

2002

O’rta va kichik korxonalarning YaIMdagi ulushi

31,0

33,8

34,6

Kichik va o’rta korxonalar etishtirgan mahsulotlar va xizmatlar:










Sanoatda

14,0

14,5

14,1

Qishloq xo’jaligida

73,6

74,5

76,4

Qurilishda

36,8

36,8

41,3

Savdoda

45,3

46,1

43,8

Pullik xizmat ko’rsatishda

37,9

40,5

41,3

2002 yil mobaynida 2 mingga yaqin davlat korxonasi va ob’ektlari o’z mulk shaklini o’zgartirdi, bu xususiylashtirish dasturida ko’zda tutilganidan bir yarim barobar ko’p demakdir.
Davlatga qarashli korxona v aob’ektlarning kattagina qismi – 1 ming 260 tasi to’liq xususiy mulkka aylantirildi.
Mulk shaklini o’zgartirgan davlat korxonalari orasida «Elektrkimyosanoat»,
«Navoiyazot», «Ammofos», «O’zbekrezinatex-nika» ishlab chiqarish birlashmalari, Toshkent va Farg’ona issiqlik elektr markazlari, Sirdaryo GRESi, Yuk vagonlarini ta’mirlash zavodi, yo’lovchi tashiydigan vagonlarni ta’mirlash korxonasi, O’zbekiston qiyin eriydigan va o’tga chidamli materiallar kombinati singari strategik ahamiyatga ega bo’lgan yirik korxonalar bor.
Hozirgi davrda mamlakatimizda kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlik etakchi rol o’ynaydigan ko’p ukladli iqtisodiyot jadal shakllanmoqda.


2 Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Departamenti (2002 yil hisobotidan olingan).


      1. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari.


1. Ma’lumki, mamlakatimizda ijtimoiy yo’nalishdagi bozor iqtisodiyotini barpo qilish o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda boshlandi. Shuning uchun ham, iqtisodiy islohatlarning birinchi bosqichida, eng avvalo bozorga xos yangiliklarning huquqiy negizi barpo etildi. Ishlab chiqarish sur’atining aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo’l qo’yilmadi, to’lov xolati yaxshilandi, ishlab chiqarishning ustivor tarmoqlarini takomillashtirishga e’tibor berildi. Masalan, neft va gaz kondensati qazib olish; oltin; don; engil sanoat; oziqa sanoati; va boshqalar. Natijada O’zbekistonga chetdan olib kelinayotgan neft va neft maxsulotlari; go’sht va sut, don mahsulotlarini bir necha barobar kamaytirishga erishdik. Bu davrda mulk, korxonalar, tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat, banklar va bank faoliyati, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kooperatsiya, xo’jalik jamiyatlari va birlashmalari to’g’risida, monopol faoliyatni cheklash; korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan soliq olish, birjalar va birja faoliyati, bankrotlik to’g’risida, xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatini kafolatlash to’g’risida, er haqida, ijara korxonalari, lizing to’g’risida (14.04.1999y), 1998 yil 14 noyabrdagi O’.R-si Prezidentining “xo’jalik sub’ektlari faoliyatini tekshirishni tartibga solish to’g’risida” gi Farmoni 1998 yil 24 dekabrdagi “Xo’jalik sub’ektlarini faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida” gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksi (I qismi 1995 yil 21 dekabrda, II qismi 1996 29 avgust № 163-1, № 256-1), O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8 dekabr 1992 y) qabul qilindi. Bulardan tashqari islohotning huquqiy asosini shakllantirish jarayonini ta’minlovchi bir qancha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va xukumat qarorlari chiqdi.
Bular:

  1. “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tqazish va xisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi 2001 yil 22 avgustdagi 347 t.r. O’z.R-si Vazirlar Mahkamasining Qarori;

  2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimi tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi 20 avgust 2002 yil qarori.

  3. O’zbekiston Respublikasi “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy xuquqiy bazasi to’g’risida” gi 1998 yil 29 avgust Qonuni;

  4. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasining (2000 yil 25 may) Qonuni.

  5. Tijorat banklari tomonidan “O’z faoliyatini yuridik shaxs bo’lmagan xolda amalga oshiruvchi yakka tadbirkorlarni va dexqon xo’jaliklarini milliy va xorijiy valyutada mikrokreditlash tartibi”( 29 fevral 2000 yil 902 t.r.)

  6. “Kichik korxonalar, dehkon va fermer xo’jaliklarini mablag’ bilan ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlar berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 10 sentyabr 2001 yilda Qaror qabul qildi. Bundan maqsad kichik va o’rta biznes dehkon va fermer xo’jaliklari tashkil etishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda bundan buyon jadal rivojlantirish, ularning moliyaviy, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari olishini kengaytirishdir.

1998 yil 27 maydagi Vazirlar Mahkamasining “Kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni rag’batlantirish haqida” gi qarori esa, “Kichik va o’rta tadbirkorlikni joylarini tashkil etish va faoliyat ko’rsatishini murakkablashtiruvchi muassasa hujjatlarining nashr etilishi, xukumat tomonidan ko’zda tutilmagan hujjatlar xususida rasmiy talab yuborib murojat etish man etilgan”, - deb ko’rsatilgan.
Bu xil konunlarning ko’plari sanoat korxonalari, ishlab chiq rish faoliyati bilan shug’ullanadigan firmalar va xo’jaliklarga tegishlidir.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin