Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy iqtisodiyotni mustahkamlash uni har tamonlama rivojlantirish yo’lida dadil odimladi. Respublikasi Prezidenti mamlakatimiz obru-e’tiborini xalqaro miq’yosda ko’tarish, chet el investitsiyasiga keng yo’l ochish, xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida katta ishlarni amalga oshirmoqdalar. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida ko’pgina muammolarni birinchi marta hal etishga to’g’ri kelmoqda. Keyingi yillarda qabul qilingan qaror va farmonlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Kichik biznesfaoliyatini yaratish va rivojlantirish quyidagi asosiy normativ hujjatlarni bilantartibgasolinadi: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21 yanvardagi
«Iqtisodiy islohotlarni yanada chukurlashtirish, rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»; 1994 yil 15 martdagi «O’zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yunalishlari to’g’risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirish to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabr qonuni; 1995 yil 5 yanvardagi «Xususiy tadbikorlikda tashabbus ko’rsatish va uni rag’batlantirish to’g’risida»gi Farmon; «Kichik va o’rtacha tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirishning qo’shimcha choralari to’g’risida»gi 31 yanvar 1997 y. Farmoni;
«Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatishning ba’zi chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni (№55); «Xususiy tadbikorlik kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada ragbatlantirish choralari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi VII- 1978 t.r-li Farmoni; 2001 yil 22 avgustdagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini taokmillashtirish to’g’risida”gi 347 t. r. Qarori va boshqa qonuniy hujjatlar.
Tadbirkorlikka, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlikka bag’ishlangan normativ-huquqiy hujjatlar O’zbekistonda etarli miqdorda qabul qilingan.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi (25 may 2000 yil). Lekin xususiy biznesni amalga oshirish jarayonida qonunchilikda yangi muammolar paydo bo’la boshladi.
Qonunlarni kupchiligida xususiy va kichik biznesni davlat tomonidan kullab- kuvvatlanishi choralari, shart-sharoitlari, shakllari aks etdirilgan.
Tadbikorlikni rivojlantirish fondi yaratilgan. Bulardan avval shuning uchun biz bozor tizimini, baho va rakobat omilini, rakobatni bozor mexanizmi tizimini yaxshi bilishimiz zarur*.
Kichik va xususiy korxonalarni yaratishning va ro’yxatdan o’tkazishning umumiyshartlari va printsiplari korxona to’g’risidagi, aktsioner jamiyatlari to’g’risidagi, kichik va xususiy korxonalarni ragbatlantirish to’g’risidagi, tadbikorlik to’g’risidagi, “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini taokmillashtirish to’g’risida”gi 2001 yil 22 avgustdagi 347 t.r. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori va boshqa Qonuniy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
* Bu to’g’rida Kempbell R.Makkonell, Stenli L.Bryu «Ekonomiks» 1-kitob, 5 bob 81 bettda batafsil fikrlar berilgan.