Mulk - ishlab chiqarish vositalari va ular yordamida olingan mahsulotga kishilarning xuquqiy munosabatlari bilan belgilangan iqtisodiy munosabatlarning majmua’sidir.
Mulkiymunosabatlar - bu ishlab chiqarish vositalari va ularning yordamida mehnat maxsulini o’zlashtirish borasida kishilarning bir-biriga bo’lgan munosabatlaridir.
Qo’shma korxonalar - bu MDX xududida o’z mamlakatimiz va xorijiy firmalar ishtirokida yaratiladigan korxonalar.
Sanatsiya - bu korxonalarni bankrotga yoki raqobat bardosh bo’lishini oshirish maqsadida moliyaviy ahvolini yaxshilash bo’yicha tadbir-choralar tizimidir.
Erkintadbirkorlik - fuqarolar, tashkilotlar, korxonalar tomonidan davlat qonunlarini doirasida har qanday faoliyatni amalga oshirish demakdir.
O’rtoqlik uyushmasi - bir nechta fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslarni o’zaro tuzilgan bitim asosida birgalikda xo’jalik faoliyati yuritish uchun birlashishidir.
Korxona - jamoa mulkidan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan yoki xizmat ishlarini bajaradigan, yuridik shaxs xuquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik sub’ektidir.
Transnatsional korporatsiyalar - bu butun dunyo kapitalistik bozor miqyosida ishlab chiqarish, mahsulotlarni iste’molchiga etkazish, savdo, moliyaviy faoliyatlarni amalga oshiruvchi va hamdo’stlik jarayonidagi ishlab chiqarishda, qo’shimcha qiymatni realizatsiya qilish va o’zlashtirish, kapitalistik dunyoni yuqori darajada monopol foyda olish niyatida iqtisodiy jihatdan bo’lib olish va qayta qurishda ishtirok etuvchi xalqaro monopoliyadirx.
BOBKIChIK VA XUSUSIY KORXONALARNI YARATISH VA ShAKLLANTIRISHNING ASOSLARI VA JARAYONLARI