Davlat boji yokt ro’yxatdan o’tkazish yig’imining belgilangan miqdori to’langanligi haqida bank to’lov xujjati;
Shaharlar (tumanlar) hokimliklarining vakolatli organlari tomonidan berilgan firma nomi to’g’risidagi guvohnoma;
Muxr va shtamp eskizlari (uch nusxada).
Yangi ro’yxatdan o’tkazish tartibiga ko’ra bunday hujjatlar soni ancha kamaytirilgan.
Shunday qilib, kichik va o’rta biznes sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish tartibini birmuncha soddalashtirildi.
Ilgarigi tartib bo’yicha endigina ish boshlayotgan tadbirkor hali bu sohaga qadam qo’yib ulgurmasdanoq, o’z korxonasini ro’yxatdan o’tkazish paytidan boshlab turli-tuman byurokratik to’siqlarga, ko’pincha ochiqdan-ochiq ta’magirlik holatlariga ham duch keladi.
I.Karimov fikricha: mikrofirmalarni, kichik va o’rta korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish tartibini jiddiy ravishda soddalashtirib, bu ish bilan shug’ullanadigan yagona markazlar tuzish vaqti keldi. Korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish ishini Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Ular barcha shahar va tumanlarda tuzilgan Axborot-maslahat markazlari orqali nafaqat tadbirkorlarga kerakli hujjatlarni tayyorlab berishi, hatto ro’yxatdan o’tkazish organlarida tadbirkorlarni vakili vazifasini bajarishi ham mumkin.