Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Asosiy iboralar va tushunchalar



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə52/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98
Kichik biznes

Asosiy iboralar va tushunchalar.



  1. Xo’jjalik shartnomasi - fuqoralar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarini belgilash, o’zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlardir.

  2. Majburiyat - fuqarolik huquqiy munosabat bo’lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan xarakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish pul to’lash va x.k. yoki muayyan xarakatdan o’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa- qarzdordan o’zining majburiyatlarini, bajarishini talab qilish xususiyatiga ega bo’ladi.

  3. Oferta. Bu yoki bir necha aniq kishilarga taklifni kiritgan shaxsning taklifi asosida shartnoma tuziladi (yoki hisob qilish) deb hisoblangan taklif OFERTA deyiladi. (O’zbekiston Respublikasining fuqarolik Kodeksi. 367-modda).

  4. Aktsept. Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aktsept hisoblanadi. (O’zbekiston Respublikasi fuqorolik kodeksi 370-modda).
  1. BOB. O’ZBEKISTONDA XUSUSIY VA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANISHI.





    1. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi natijalari.

O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotining 2001 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining natijalari va o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat.

  • Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turishga erishildi va iqtisodiyotda o’sib borish jarayonlari davom etdi. Jumladan:

  • YaIM hajmi 4,5 % ga, sanoat ishlab chiqarishi, 8,1 % ga, qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish – 4,5 % ga ko’paydi;

  • YaIM ishlab chiqarish bo’yicha nafaqat 1991 yil darajasiga chiqib olindi, balki 103 % o’sishga ham erishildi;

  • Aholi jon boshiga YaIM ishlab chiqarish suratlari 103,1 %ni tashkil qildi, aholi real daromadlari 16,9 % ga ortdi;

  • Byudjet kamomadi YaIM ga miqdoriga nisbatan 1,0 % darajada yakunlandi;

  • Tashqi savdo aylanmasi 3,1 % o’sishi taminlandi.

  • Iqtisodiyotdagi institutsional o’zgarishlar jarayoni sezilarli darajada chuqurlashdi.

  • Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va investitsiyalarni, jumladan chet-el sarmoyalarini keng jalb etish siyosati hayotga faol joriy qilindi.

  • Kichik va o’rta biznesning rivojlanish suratlari yanada tezlashdi. Ularning YaIM dagi xissasi o’sib, 24,5 % ni tashkil qildi.

  • Qishloq xo’jaligida islohatlarni amalga oshirish borasida ham ijobiy siljishlar ko’zga tashlanadi.

  • 2001 yilning o’zida 112 ta xo’jalik shirkatlariga aylantirildi;

  • 52 ta qishloq xo’jalik korxonasi negizida tanlov asosida 3400 fermer xo’jaligi tashkil etilgan.

  • Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish muammolarini xal qilishda sezilarli natijalarga erishildi.

    1. Yüklə 349,51 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin