Hisob-kitoblar maxsulot qabul qilib olingandan so’ng 3-5 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
Kontraktatsiya shartnomasini tizish muddatini asossiz o’tkazib yuborganliklari uchun tomonlar xar bir o’tkazib yuborilgan kun uchun eng kam oylik ishg xaqini
10% miqdorida, ammo eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima to’laydilar.
Neustoyka (jarima, penya) to’langanligidan qat’iy nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga shu zarar oqibatida o’zi etkazgan zarar qismini ham qoplaydi.
Shartnoma tuzish amaliyotida xo’jalik sudlari qo’yidagi kamchiliklarni yuzaga chiqarganlar:
yuqoridan ko’rsatma kutib ishlash xollari;
ma’suliyatni to’la xis etmaslik;
imzo chekish va muxr bosishda e’tiborsizlik, namunaviy shartnoma shakllarini shundayligicha, xo’jaliklarning xususiyatlarini hisobga olmay qabul qilish;
ba’zi bir xo’jaliklarda shartnomaning tegishli bandlari to’ldirilmay qoladi;
shartnomada mahsulot bahosini belgilashda ba’zi mutassaddi rahbarlar xo’jaliklari tomonidan maxsulot ishlab chiqarish harajatlarini aniq va to’g’ri hisob-kitob qilmaslik;
tomonlarning, ayniqsa iste’molchining mulkiy javobgarligini belgilovchi normalarni (talablarni) shartnomaga kirmay qolishi, va shartnoma shartlari buzilgan hollarda ularni qo’llanmasligi hollari;
etishtirilgan mahsulot uchun hisob-kitob ishlarini o’z vaqtida emas, balki kechiktirib mavsum ohirida, tomonlar o’rtasida solishtirish dalolatnomasi tuzilgach amalga oshirish;
shartnomada mahsulotni sotish bahosini to’g’ri ko’rsatmaslik;
avans pulini to’lash, maxsulotni etkazib berish va xaq to’lash muddatlari belgilanmay qoladi;
shartnomada majburiyatni bajarmaganlik uchun tomonlar o’rtasidagi moddiy javobgarlik choralari nomutanosib ravishda taqsimlanadi. Shuni ham aytish kerakki, faqat moddiy javobgarlik bilan cheklanib qolingan holos. Masalan, go’sht tayyorlab chiqaruvchi xisssadorlik jamiyati
mahsulotni o’z vaqtida topshirmasa 25% jarima to’lashi, tayyorlovchi tomon esa atigi 5% jarima to’lashi belgilangan;
shartnoma tuzishda ayrim xo’jalik rahbarlari, shartnomani o’zlari emas, balki boshqa shaxslarga imzolatib, korxona muxri bilan tasdiqlaydilar;
ayrim tuman xo’jaliklarida kontraktatsiya shartnomasini tuzishga yuzaki qaraladi, bu muhim qonuniy hujjat nomigagina tuziladi (bir kunda);
kontraktatsiya shartnoma majburiyatlari bajarilmagan hollarda javobgar shaxslarga nisbatan da’vo arizalari bilan xo’jalik sudiga murojat qilmaydigan hollar ko’p. Bu esa shartnomaga imzo chekuvchi xo’jalik rahbarlarining o’z huquqlarini yaxshi bilmasliklarini ko’rsatadi.
Ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchiloar o’rtasida shartnomalarni tuzishda ko’plab xo’jalik rahbarlari. Bozor qonunlarini, shartnomalarni tuzish va majburiyatlarini bajarishga tegishli bo’lgan qonun va me’yoriy hujjatlarni yaxshi bilmaganliklari.