6.2 Xo’jalik majburiyatlarini bajarilishini baholash.
Korxona faoliyatining eng oliy mohiyati - bu iste’molchilar talabini o’z vaqtida to’la-to’kiz qondirishidir, - deyilgan davlat korxonasi to’g’risidagi qonunda. Barcha majburiyatlarni bajarish bu korxonaning vazifasidir. Bu uning faoliyatini baholashning eng muhim mezoni, kriteriysidir. Keyingi yillarda xo’jalik shartnomalarini bajarish O’zbekiston korxonalarida ancha ko’paydi. 1996 yili 98,6%, 1997 yili-98%, 1998 yili-98,3% bo’ldi. Majburiyatni bajarmaydigan korxonalar soni anchagina kamaydi. Xali lekin etkazib berilmagan mahsulotlar ko’p. 1998 yili iste’molchilar 8,8 mlrd so’mlik mahsulotni ololmadilar.
Barcha amal qilayotgan xo’jalik shartnomalari bajarilishini baholash va rag’batlantirish sistemasi korxonalarni o’z majburiyatlarini 100 foiz bajarishga qaratilgan: bunday imtiyozlar, masalan, korxona ixtiyorida qoladigan foyda miqdorini ko’paytirish; qayta ishlash sanoatida esa byudjetga to’lovlarda ko’shimcha
imtiyozlar beriladi, to’lov miqdori kamaytiriladi va korxona ixtiyorida qoladigan foyda 10%-ga ko’payadi.
Majburiyatlar bajarilmasa mukofot fondi xar bir foiz uchun 3%-ga kamaytiriladi, agar majburiyat bajarilsa 15%-ga oshiriladi;
Xo’jalik shartnomasidagi majburiyatlarni to’liq bajarishga bo’lgan javobgarlikni oshirish maqsadida korxonani xo’jalik faoliyati natijalari bo’yicha mukofat faqat majburiyat bajarilgandagina to’lanadi.
Bunday mukofat miqdori umumiy mukofatning 50%-dan kam bo’lmasligi
zarur.
Agar majburiyat to’liq-100% bajarilmasa bunday mukofat to’lanmaydi. Mahsulotlarni etkazib berishda kamchiliklarga yo’l qo’yilganda kamchiliklar
o’z vaqtida va o’z joyida yo’qotiladi. Iste’molchi talabiga binoan korxona yo’lqo’ygandeffektlarini20kunichidayo’qotishizarur.Bumuddatichidadeffektlaryo’qotilmasa xaridor tomon kamchiligi bo’lgan mahsulot qiymatidan20% miqdorida shtraf solishga xaqli. Ko’rilgan zarur korxona hisobiga qoplanadi. Komplekt bo’lmagan buyumlar uchun ham uni tuzatish uchun postavshchikka 20 kun muxlat beriladi.
Bunday holda ham shunday mahsulot qiymatidan 20% miqdorida shtraf undiriladi.
Lekin xo’jalik shartnomasidagi majburiyatlarni buzilganligi uchun davlat orbitrajida kechiktirib va juda kam ko’riladi.