Respublikamizda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning salmoqli Davlat
dasturi ishlab chiqildi. Qisqa muddat ichida ichki bozorni to’ldiradigan va eksport qilinadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik texnologiyalarni joriy etish va shuni asosida tayyor mahsulot sifati, ularning jahon andozalari talabalariga javob berishini, tovar va xizmat ishlari bozorida raqobat tashkil etishini ta’minlash kerak bo’ladi. Buning uchun hozirgi davrdagi ishlab chiqarishlar, korxona va firmalar davlat byudjetidan oladigan yordamini keskin kamaytirib, uni kutib turmay, o’zini o’zi moliyalashtirish va sarmoya bilan ta’minlash; davlat tomonidan soliqni rag’batlantiruvchi ahamiyati oshirilib, texnikaviy qayta jixozlangan korxonalardan olinadigan soliq me’yorini kamaytirish, tabiiy boylik va zaxiralarimizga, mulkka
soliq stavkasini oshirish; erkin bozor narxlarini tartibga solish, davlatni taqsimotchilik faoliyatini cheklash, ishlab chiqarish – texnika vositalari guruhiga kirgan tovarlarga davlat buyurtmasini keskin darajada qisqartirish va uni xaridor o’rtasida kelishilgan narx asosida qondirishga qaratilgan davlat tizimi bilan almashtirilishi vazifa qilib qo’yilgan.
Kichik va o’rta biznesni xorijiy davlatlardagi rivoji.
Yaponiyada kichik va o’rta biznes tarmoqlarida ish bilan band bo’lganaholining80foizi,EvropaIttifoqimamlakatlaridaesa70foiziishlaydi. Yaponiyada esa asosiy e’tibor yirik biznes bilan kichik va o’rta biznes o’rtasida kooperativ aloqalar tizimini shakllantirishga qaratildi.
Yaponiya davlatida ham iqtisodiyotning mazkur bo’g’ini mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpiichkimahsulotningyarmidanko’prog’inibermoqda. Aynan shunday iqtisodiy siyosat natijasida Yaponiyada islohatlarning boshlig’ini davrida aholi jon boshiga 500 AQSh dollari miqdorida daromad to’g’rikelganbo’lsa, hozirga kelib bu ko’rsatkich 38 ming dollarga ketmoqda. Bu – dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biridir.