Moliya Instituti E. Egamberdiev X


O’zbekistonda kichik va o’rta biznesning rivojlanish xolati (1.01.2000 y.ga)2



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə56/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98
Kichik biznes

O’zbekistonda kichik va o’rta biznesning rivojlanish xolati (1.01.2000 y.ga)2





Ja’mi yuridik shaxslar

Sh u n d a n

O’rtacha

Kichik
korxonalar

Mikrofirmalar

Soni

%

soni

%

soni

%

soni

%

Ro’yxatdan o’tgan korxonalar

178271

100

8886

5,2

23188

13,3

127645

61,5

Amal qilayotgan korxonalar

143519

80.5

7563

5,3

18975

13,2

99021

68,9

Tugatilgan korxonalar

33490

18,8

1289

1,1

3696

11,0

26715

79,7

Ishlamay turgan korxonalar

34752

19,5

1323

0,40

4213

3,4

28624

82,3

Respublikamizda tugatilib ketayotgan xususiy korxonalar ochilayotganiga qaraganda ancha ko’pdir.
1 yanvar 2000 yildagi xolatga qaraganda ro’yxatdan o’tgan korxo-nalardan 18,7% yoki 33490tasi tugatilgan. 1996 yili esa yaratilgan 7400 korxonadan 20%, 1998 yili esa 3700ta korxonadan 70% tugatilib
ketgan. Faqat Toshkent shahrida 2000 yilning 1 yanvariga 26 mingta ichik va o’rta biznes korxonalarining 6 mingtasini faoliyati yo’qligi topilgan, shulardan 4300- tugatilish arafasida turgan, 1850tasi topilmagan. Buning sabablari juda ko’p va xilma-xil.
1.06.1999 yilda ro’yxatdan o’tgan korxona tarkibida kichik va o’rta korxonalar salmog’i kammunal xo’jaligida 42,9%, maishiy xizmat sohasida 85,0%, qurilishda


1 I.Karimov ma’ruzasi «Isloxatlar strategiyasi – mamlakatimiz saloxiyatini yuksaltirishdir». Gaz. «Xamkor» 2003 20 fevral.


2 O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot statistika Vazirligi va «Ekonomicheskoe obozrenie» jurnali (iyun 2000 y.) axborotlari asosida hisoblangan.
89,3%, qishloq xo’jaligida 89,9%, sanoatda 93,5%, savdoda 95,3%, umumiy kommertsiyada 96,6%ni tashkil etgan edi. Amaliyotda yashab, saqlanib qoluvchi bizneslarning salmog’i 20%ni tashkil etadi. Jahon banki axborotlariga qaraganda yangi yaratilgan va ishlab turgan barcha kichik korxonalardan bir yildan so’ng tahminan 50%, uch yildan so’ng 7-8 %, besh yildan so’ng 3 % - saqlanib qolar ekan.
2002 yilda respublikamiz bo’yicha sotilmay yotgan tayyor mahsulotlarning umumiy qiymati 3 mlliard 800 million so’mdan ziyodni tashkil etdi.
Bunday mahsulotlar, ayniqsa, «O’zkimyosanoat», «O’zbekenergo» davlat aktsiyadorlik kompaniyalari, «Maxsusqotishma» respublika birlashmasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, «O’zmashsanoat» va «Oziqovqatsanoat» uyushmalari,
«O’zqurilishmateriallari» aktsiyadorlik kompaniyasi korxonalari omborlarida ko’plab miqdorda yig’ilib qolgan.
Natijada katta hajmdagi moddiy boyliklar ishlatilmasdan xarakatsiz yotibdi, ko’plab turdagi xomashyo va materiallar, shuningdek, aylanma mablag’larning behuda sarf etilishiga yo’l qo’yilmoqda.
Bir qator kontsern, korporatsiya, kompaniya va uyushmalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi hamon pastligicha qolmoqda. Bunday korxonalarning moliyaviy ahvoli, ayniqsa, murakkabdir. Ulardan ko’pchiligining rentabelligi past, iqtisodiy jihatdan nochor yoki zarar ko’rib ishlamoqda.
2002 yili 128 ta korxona o’z faoliyatini zarar bilan yakunladi. Ularning aksariyati «O’zbekenergo», «O’zbekimyosanoat», «O’zmashsanoat» kabi tarmoqlarga qarashlidir.
Xukumatning zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni tugatish bo’yicha qabul qilingan maxsus qarori so’zsiz bajarilishi lozim.
Respublikamizda shirkat xo’jaliklarini (ya’ni kooperativ xo’jaliklarni) shakllantirishga ahamiyat beriladi. Lekin zarar ko’rib ishlaydigan va kam samara beradigan xo’jaliklar negizida fermer xo’jaliklari tashkil etiladigan bo’ldi.
2002 yilning 1 yanvarigacha 1900 ta xo’jalik shirkatlarga aylantiriladi. 2001 yili 52 ta qishloq xo’jalik korxonasi negizida tanlov asosida 3400 fermer xo’jaligi tashkil etiladi.
Sanatsiyaga o’tkazilgan jamoa xo’jaliklarni ko’plari ham o’zini oqlamagan. Olti oy ichida yangi tashkil etilgan fermer xo’jaligiga 1 mln. so’m (ya’ni 300 minimal ish xaqi miqdorida) kredit berilmoqda (yiliga 50 % dan 3 yilga).
Er solig’ini 95 % davlat byudjetiga o’tadi, 5 % dehqon fermer xo’jaligiga ketadi. Shaxsiy xo’jaliklarni er solig’ini 2,5 % ham dehqon fermer xo’jaligiga ketadi. Dehqon fermer xo’jaliklarini (DFX) qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlar ko’p - «Biznes fond» DFX qo’llab-quvvatlash fondi, mehnat vazirligi va x.k.
Respublikamizda er resurslarimizdan foydalanish xolati ham qoniqarli emas deb topildi. Ayniqsa, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa viloyatlarda.
Masalan:

  • erni qonunsiz ravishda egallab olish;

  • sug’oriladigan ekinzorlarni qishloq xo’jalik oborotidan chiqib ketishi;

  • ko’plab dala maydonlarni turli xil sabablar bilanekilmay qolishi;

  • erdan belgilangan maqsadlarda foydalanilmas xollarini mavjudligi;

  • ko’p erlarni zax, sho’r bosib botqoqlikka aylanib borishi;

  • erdan foydalanishda qonunchilikka rioya qilmaslik xolatlari, mo’ljaldagi ekinlar o’rniga boshqa xil ekinlar ekish. Bunday erlar 2001 y. 41 ming 500 ga bo’lgan. 2001 yilning yakuni bo’yicha 120 ming 500 ga erda paxta xosildorligi 10 tsentnerdan, Chelak tumanida 8,3 tsentner, Jizzax viloyatini Zomin tumanida 8,6 tsentner. Eng yuqori paxta xosildorligi 28,7 tsentner bo’lib, bu Farg’ona viloyatining Ezyovon, Andijon viloyatining Ulug’nur tumani xo’jaliklariga to’g’ri keladi.

  • statistik hisobotlarga er miqdorini fermer xo’jaliklari tomonidan kamaytirib ko’rsatilishi.

Hozirgi bozorga o’tish sharoitida sanoat tarkibidagi korxonalar xali etarli darajada o’zaro raqobatlashayotgani yo’q. bunday mahsulotni etkazib berish bo’yicha shartnomalarni tuzishdagi kamchiliklardan, raqobat darajasining xali etarli emasligidan, iste’molchilar tomonidan buyurtmalarni kechikib tushishidan ko’rish mumkin. Bozor sharoitida korxonalar mustaqil ravishda tashqi iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish lozim. Davlat tasarufidan chiqarishning mohiyati shundaki, jamiyat hayotining barcha sohalarida davlatning yakka hokimliginitugatishdir. Lekin bozor xukmiga bo’ysunmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni davlat hal etadi – davlat boshqaradi: milliy mudafaa, jamiyatda tartib o’rnatish, tartibni muhofaza qilish, erni saqlash va undan foydalanishni fundamental fan tashkil etish sohalarini rivojlantirish qiyinchiliklari va hokazo.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni, ularning shakllarini va tuzilishini, turlarini ko’paytirish har bir jamiyat a’zosini ijtimoiy-ma’naviy va ma’naviy rivojlanishini, shaxsning barcha fuqarolik huquqlarini, erkinligini rivojlanishini qayta yaratish lozim.
Bozor mexanizmini shakllantirishning iqtisodiy sharoiti o’z ichiga bank, birja sistemalarini, korxona bozorini, iqtisodiyotning boshqarish va tartibga solish davlat tashkilotlarini o’z ichiga oladi. Bank sistemasi bozor iqtisodiyotini yaratib borilishi bilan turli xillarga ajralib ketadi. Kredit va moliya muassasalariga ajratiladi. Keyingi vaqtlarda qilinayotgan davlat va kommertsiya banklaridan tashqari ko’chmas mulkni garovga olish evaziga kredit beradigan (er) «Zamin» bank, kommunal xo’jaligi banklari yaratildi.
Kelajakda banklar nazorat qiluvchi tashkilotlar bilan teng huquqga ega bo’lgan iqtisodiy partnerga aylanib, ularning vazifasi faqat korxonalarni bo’sh turgan pullarini joylashtirishdan tashqari tadbirkorlik ishlarini amalga oshirish va valyutalar bilan savdo qilishdan iborat bo’ladi. Birjalar bozor infratuzilmasining zaruriy elementi sifatida korxonalarning faoliyatini samarador bo’lishini ko’p jixatdan belgilaydi. Hozirgi vaqtda amal qilinayotgan tovar, fond, mehnat birjalari hozirgi korxonalarni resurslar bilan ta’minlash vazifasini o’z zimmalariga to’liq olganlari
yo’q. ular korxonaning iqtisodiy xolatini barometri bo’lolgani yo’q. bozor munosabatlariga o’tish jarayoni yangicha mulkiy munosabatlarni shakllanib, rivojlanib borishiga bog’liqdir.
Tadbirkorlarga va bozor munosabatlarini joriy etishga intilayotgan shaxslarga O’zbekiston davlatining faqatgina huquqiy kafolatini berish kifoya emas. Shu huquqlardan va kafolatlardan to’la foydalanish uchun shart-sharoit yaratish, bugungi kunning bosh masalasidir. Xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishga bugun respublikamizning iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi omil sifatida qarashimiz va qonunchilik faoliyatimizda bu sohaga xuddi shu nuqtai nazardan yondoshmog’imiz darkor.
Biz uchun xususiylashtirishning o’zidan ham, uning ishlab chiqarishini rag’batlantirishi, mehnat mahsuloti sifatini yaxshilash va ko’paytirishdan manfaatdorlikni oshirishi, aholi ehtiyojini qondirishda raqobat muhitini vujudga keltirishi, yakka xokimlikni yo’q qilishi va shu orqali erkin iqtisod paydo bo’lishiga imkon yaratishi muhim va qimmatliroqdir.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin