Yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan ro’yxatdan boshlang’ich tadbirkorlar o’tganlaridan so’ng yarim yil ichida 5 % kredit olish mumkin yokiMarkaziybankningqaytamoliyalashtirishstavkasining6/1qismihajmidakreditberiladi.Kichik korxona, fermer xo’jaliklari uchun 300 minimal oklad miqdorida va dehqon xo’jaliklari, oilaviy tadbirkorlarga dastlabki (start) kapitalini shakllantirish uchun 150 minimal oklad miqdorida mikrokreditlar beriladi (5 %-lik). Imtiyoz shundaki 12 oygacha kredit foizi to’lanmaydi. Boshqa xolatlarda 18-24 oydan keyin qaytariladi.
Mikroiqtisodiyot – kreditning bir shakli bo’lib milliy valyutada uning miqdori o’z faoliyatini yuridik shaxs bo’lmay amalga oshirayotgan yakka tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklari uchun 5000 AQSh dollariga teng bo’ladi.
Dastlabki kapitalni shakllantirish uchun kreditlar faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarga beriladi. Buning uchun ular davlatlar ro’yxatidan o’tganlaridan so’ng 6 oydan kech bo’lmasdan o’z muddatda kreditlash uchun ariza bergan bo’lishlari kerak. Nobyudjet mablag’lardan ajratilgan imtiyozli kreditlar foiz stavkasi bank marjasini ham o’z ichiga oladi. Dastlabki kapital uchun nobyudjet fondi hisobidan kreditlar 3 yil muddatgacha beriladi. Dehqon va fermer xo’jaliklari uchun esa 2 yilgacha muddatga beriladi.
Biznes-fond yo’li bilan kreditlar 10 yil muddatgacha berilib, bunda 2 yildan 5 yilgacha imtiyozli davrlar ajratiladi. Bunday imtiyoz loyxani qoplanish muddatiga bog’liq bo’ladi.
Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llash fondi yo’li bilan beriladigan kreditlar 3 yil muddatga beriladi.
Dastlabki (start) kapitalini shakllantirish uchun beriladigan kreditlar bo’yicha foizlar kreditlar berilgan kundan boshlab hisoblanadi va 12 oy o’tgandan so’ng qaytarilishi kerak.
Tijorat banklari tomonidan kichik va o’rta biznes sub’ektlari uchun ajratilgan kreditlar hajmi 2002 yilda 30 foizga ortdi va qariyb 265 mlrd. so’mni tashkil etdi. I.Karimov. Isloxatlar strategiyasi – mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.
Biznes-fond mablag’larini «Privayt-bank», «Xamkor bank», «Sanoat-qurulish banki», «Uy-joy qurulish banki» (JSB), «Zamin-bank»lardan olish mumkin. Bu banklardan 12 %lik kredit olish mumkin.