«Tomen»,«Morubeni»kompaniyalariO’zbekistonda o’z vakolatlarini ochib, O’zbekistonlik sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2002 yil 28-31 iyul kunlari Yaponiya hukumatining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo’ldi. Yaponiya bosh vaziriDzunitiroKondzumi va imperatorAkixitosamimiy uchrashuvlar, suhbatlar bo’lib o’tdi.
Imzolangan hujjatlar:
Do’stlik, strategik sherikchilik va hamkorlik to’g’risida Qo’shma Bayonot;
Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va O’zbekistondagi islohatlarni qo’llab- quvvatlash to’g’risida Qo’shma Bayonot;
- 14 ta hujjat imzolandi.
Islom Karimov Tokiodagi Vaseda universitetida bo’ldi va universitetning huquq fanlari bo’yicha faxriy doktori etib saylandi. Islom Karimov Vaseda universiteti rektori Takayasu Okushimaga O’zbekistonning «Do’stlik ordeni»ni taqdim etdi.
Safar natijasida O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko’tarildi, strategik hamkorlik darajasiga ko’tarildi.
Strategik hamkorlikning mazmun-mohiyati shundaki, ayrim o’zgarishlardan qat’iy nazar, hamkorlik uzoq muddatli, qalin, o’zaro va ishonchli munosabatlar darajasida olib boriladi.
1992-2002 yillarda O’zbekistondagi jami 1,6 mlrd AQSh dollari miqdorida sarmoyalar kirib keldi. 100 mln. AQSh dollari hajmida beg’araz yordam berildi. Bugungi kunga kelib O’zbekistonning barcha xududlarida 152-ta qo’shma korxonalar yaratild, shu jumladan 10 dan ortiq O’zbekiston-Yaponiya qo’shma korxonalari barpo etildi va faoliyat ko’rsatmoqda.