«Davlat Mulk Qo’mitasi» ham iqtisodiyotni va tadbirkorlik shakllarini yaratishning yagona siyosatini amalga oshirish bo’yicha juda ko’p muommalarni hal qiladi.
Bulardan tashqari tadbirkorlarni o’z-o’zini qullab-quvvatlashning bir qancha shakllari yaratilib rivojlanib bormoqda.
Masalan, xunarmandlaruyushmasi,dehqon-fermerxo’jaligiuyushmasi,ishbilarmonayollaruyushmasi,turizmtashkilotlariassotsiatsiyasivaboshqalar. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksidagi soliq imtiyozlari ham kichik biznesni qo’llab-quvvatlashning muhim choralaridan hisoblanadi.
Kichik va o’rta korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy yordam.
Kichik va o’rta korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy yordam ko’rsatish muhim ahamiyatga ega, chunki, ular endigina yaratilib, oyoqqa turayotganda moliyaviy yordamga muhtoj bo’ladilar.
Jahon amaliyotida ham bu eng murakkab masaladir, chunki ular tavakkal qilib ish ko’rganlari va garovga qo’yadigan mol-mulklari etarli bo’lmagani uchun tijorat banklari, kichik korxonalar kredit berishni uncha xushlamaydilar.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda davlat moliya resurslari, xorijiy
manba’larni qo’llagan holda, kichik va o’rta korxonalarni moliyaviy qo’llab- quvvatlashning kompleks tuzilmasi shakllandi.
1993 yilda “Biznes-fond” yaratildi va u 1995 yili xususiy tadbirkorlik vakichik biznesni rivojlantirishga ko’maklashish Fondiga aylantirildi. Uni ixtiyoriga davlat mulkini xususiylash-tirishdan tushgan pulning 15 % o’tkaziladi (ilgari). Bu fond tartibidan 1995 yili “Madad” sug’urta agentligi ajralib chiqdi.
Tadbirkorlar Palatasi qoshida 1996 y. tadbirkorlarga kafolatli moliyaviy yordam berish Fondi yaratildi.
Mehnat Vazirligi qoshida nobyudjet bandlikka ko’maklashish Fondi yaratildi.
Dehqon fermer xo’jaliklari uyushmasi qoshida - dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash Fondi tashkil qilindi (J. «Bozor, pul va kredit» fevral 2000 y.).
Yuqoridagilarga misol sifatida Toshkent shahar «Biznes-Fondi» ni olamiz. Vazirlar Mahkamasining 2002 y. 1074 t.r. Qonunigu ko’ra Toshkent shahar Biznes-Fondikichikvao’rtakorxonalarga(yuridikshaxslarga)imtiyozlikreditlarberadi. Har bir Bank Markaziy bank belgilagan kredit summasining qaytarishme’yorini belgilab qo’ygan (20-30 % darajasidan) kelib chiqib, o’z siyosatinibelgilaydi. Kichik va o’rta tadbirkorlar uchun ko’pi bilan kredit qaytarish 15 % darajasida olinadi. Lekin bu miqdor mijozni shart-sharoitlariga qarab o’zgarishi mumkin. Bank Biznes- fond o’tkazgan pulni 10 kun ichida kredit sifatida mijozlarga
tarqatish kerak. Aks xolda bank Biznes-fondga 30 % miqdorida (pulidan resurs sifatida to’laydi.