Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Kichik va xususiy korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimi va uni takomillashtirilishi



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə42/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98
Kichik biznes

Kichik va xususiy korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimi va uni takomillashtirilishi




Hozirgi vaqtda kichik va xususiy korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimi va takomillashtirilishi 22 avgust 2001 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’ektlarini Davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi 347-son Qaroriga asosan amalga oshiriladi. O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni jadal rivojlantirish uchun qo’llay iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish jarayonini engillashtirish, soddalashtirish maqsadida Qo’llanma qabul qilinib u 1 oktyabr 2001 yildan amal qila boshladi. Toshkentda, Qoraqalpog’iston Respublikasida va uning viloyatlarida ro’yxatdan o’tkazuvchi tashkilotlar bo’lib Adliya Vazirligi va Qoraqalpog’iston Respublikasi viloyatlarining Adliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimiyatlari aniqlandi.
Ro’yxatga olingan tadbirkorlik sub’ektini soliq va statistika tashkilotlarida, yo’l fondida, tuman (shahar) mehnat bo’limida, aholini ish bilan band etish va ijtimoiy ximoyalash yoki ijtimoiy ta’minot bo’limida uchyotga olish ishlarini barchasini faqat ro’yxatga oluvchi tashkilotning o’zi bajaradi. Bunda u ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida guvohnoma beradi. Lekin tadbirkorlilarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi birmuncha o’zgardi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimi tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi 20 avgust 2003 yil Farmoniga («Xalq so’zi» 21.08.03.) ko’ra korxonalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish muddati ular joylashgan manzildagi shahar, tuman hokimiyati xuzurida tashkil etilga Inspektsiyaga hujjatlar topshirilgandan so’ng 7 ish kunidan 1 oygacha belgilanadi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organga taqdim etiladigan xujjatlar quyidagilar:





  • Shu qarorning 1-bandi, 2-bandining 2-5 xat boshlari, 3 va 4 bandlari o’z kuchini yo’qotgan. Asos O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20 avgust 2003 yil Qarori («Xalq so’zi» 21.08.03.).

  • tadbirkorlik sub’ektlarini yuridik shaxs sifatida ruyxatdan o’tkazish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi organga ariz;

  • ta’sis xujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi;

  • tadbirkorlik sub’ektining pochta manzilini tasdiqlovchi xujjat;

  • davlat bojining yoki ruyxatdan o’tkazish yig’imining belgilangan miqdori to’langanligi to’g’risidagi bank to’lov xujjati;

  • belgilangan tartibda shaxarlar (tumanlar) xokimliklarining vakolatli organlari tomondan berilgan firma nomi to’g’risidagi guvohnoma;

muxr va shtamp eskizlari uch nusxada ilova qilinadi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va ularni hisobga quyish:

  • mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofik sxema bo’yicha;

  • yakka tartibdagi tadbirkorlarni mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofik sxema bo’yicha;

  • yuridik shaxslar uchun mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofik shakl bo’yicha, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo’lmasdan tashkil etilgan dehqon xo’jaliklari uchun 4-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha berilgan arizalarga ko’ra amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga quyish tartibi to’g’risidagi nizomga 1-ilova

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin