Suv va suvdan foydalanish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonun va qonun osti xujjatlarini tahlil qilish Reja



Yüklə 17,26 Kb.
səhifə1/3
tarix19.10.2023
ölçüsü17,26 Kb.
#157555
  1   2   3
Suv va suvdan foydalanish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonun va qonun osti xujjatlarini tahlil qilish


Suv va suvdan foydalanish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonun va qonun osti xujjatlarini tahlil qilish
Reja:

  1. Ruxsat etuvchi hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot

  2. Er osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash



Ruxsat etuvchi hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot
Suv va suvdan foydalanish maqsadlariga ko‘ra ichimlik, maishiy-xo‘jalik, davolash, kurort, rekreatsion, baliqchilik ahamiyatiga ega, sanoat ishlab chiqarish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa turlarga bo‘linadi. Suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari, kommunal-maishiy soha, gidroenergetika korxonalari, boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar suvdan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin.
Suv ob’ektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etilishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanishdir.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanish deyiladi. Suvdan maxsus foydalanishga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Suv ob’ektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv ob’ekti tanho foydalaniladigan suv ob’ektidir.
Suv ob’ektlari, avvalo, aholining ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojini va maishiy ehtiyojini qondirish uchun foydalanishga beriladi. Suv ob’ektlari tanho foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud tegishli vakolatga ega davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda batamom yoki qisman beriladi. Suv ob’ektlari tanho foydalanish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish ruxsatnomasi albatta rasmiylashtirilgan holda beriladi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Tabiiy suv ob’ektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari bo‘yicha — qishloq va suv xo‘jaligi organlari, yer osti suvlari bo‘yicha — geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2018 yil 31 martdagi 255-son qarori bilan belgilangan.
Jismoniy va yuridik shaxslar suni iste’moli va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomani olish uchun yagona davlat hizmatlari markazlari orqali murojaat qilishlari mumkin.


Yüklə 17,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin