D-t 9110, 9120,9130-hisobvaraqlar K-t 2810, 2910, 2920-hisobvaraqlar. Kaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga quyidagicha provodka beriladi: D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Hisobot davri oxirida 9040-hisobvaraqning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi».
9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» hisobvarag‘ida tayyor mahsulot va tovarlar qiymatidan xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar hisobga olinadi. Xaridor va buyurtmachilarga chegirmalar berilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga»berilgan chegirmalar» K-t 4010,4110-hisobvaraqdar.
Hisobot davri oxirida 9050-hisobvaraqning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar».Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi» 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi» 9130-«Sotilgan ish va xizmatlar tannarxi» 9140-«Davriy Hisobda TMZlarni xarid qilish va sotish» 9150-«Davriy hisobda TMZlar baxrsiga to‘zatishlar».
Ushbu hisobvaraqdarning debeta ko‘payishni, kredita kamayishni ko‘rsatadi. 9110, 9120, 9130-hisobvaraqlar tranzit bulib, hisobot davrining boshiga qoldiq kolmaydi.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 9110, 9120, 9130-Hisobvaraqlarning debeti va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot», 2910-«Ombordagi tovarlar» hisobvaraqlarining krediti bilan o‘zaro korrespondentsiyada aks ettiriladiOy oxirida mahsulot, ish va xizmatlarning haqikiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha provodkalar beriladi:
D-t 2810, 2820-Hisobvaraqlar - tayyor mahsulotga tegishli fark summasiga D-t 9110, 9130-hisobvaraqlar - sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarga tegishli farq summasiga K-t 2010,2310-hisobvaraqdar.
Agar ushbu fark summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko‘rsatsa, yukoridagi provodkalar beriladi. Agarda tejalgan summani ko‘rsatsa, ushbu provodkalar kizil storno yozuvi orqali reja tannarx haqikiy tannarxga etkazib kuyiladi.
Hisobot davri oxirida 9110, 9120, 9130-Hisobvaraqlarning debet oborotlaridagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9110, 9120, 9130-Hisobvaraqlar.
Demak 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» Hisobvarag‘ining debetida sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarning haqikiy tannarxi, kreditida esa mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Ushbu muomalalar bo‘yicha 9900-hisobvaraq-ning debet va kredit oborotlarining farqi orqali mahsulot, ish, xiz'matlarni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi.