Jizzax shahar moliya organi rahbari
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
(muhr o‘rni)
2-mavzu. Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo’limining funksiya va vazifalari
Bu bo’limning funksiya va vazifalari quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi” hamda kodeks asosida ishlab chiqilgan me’yoriy xujjatlar ijrosini ta’minlash;
Bo’limda mehnat va ijro intizomiga qat’iy roiya qilishini ta’minlash;
Kelgusi yil uchun byudjet loyihasini asoslangan hisob-kitoblar asosida biriktirilgan tashkilotlaridan qabul qilish va umumlashtirish;
Budjet tashkilotlarining vaqtinchalik va doimiy xarajatlar smetasini DMBAT dasturiga kiritilishini va vaqtinchalik byudjet yoyilmalarini shakllantirish;
Kelgusi yil uchun budjet so’rocini Moliya boshqarmasi tegishli bo’limlariga topshirish;
Mahalliy budjet xarajatlari soha bo’yicha nazorat raqamlari biriktirilgan byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini moliya organlarida belgilangan muddatlarda ro’yxatdan o’tkazilishi ta’minlash;
Mahalliy budjet parametrlarining asosiy ko’rsatkichlarini biriktirilgan budjet tashkilotlariga yetkazilishini ta’minlash;
Birktirikgan soha byudjet tashkilotlarida mahalliy byudjet xarajatlarining belgilangan qonunchilik me’yorlariga muvofiq to’g’ri rejalashtirishini ta’minlash;
Mahalliy budjetlar ijrosi to’grisidagi hisobotlarni biriktirilgan soha tashkilotlaridan qabul qilish va umumlashtirish;
Mahalliy budjetning daromadlar tushumi prognozidan hamda xarajatlarni amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqqan holda balanslashgan budjet daromad va xarajatlari yoyilmalarini shakllantirish;
Budjet tashkilotlarining pul mablag’lari va set bo’yicha hisobot ko’rsatkichlarini tahlil qilish hamda tahlil natijasida aniqlashgan past samarali xarajatlar va shtat birliklarini maqbullashtirish chorasini ko’rish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatma xatlar yuborish;
Mahalliy budjetni daromadlar va xarajatlarini ijrosini tahlil qilish asosida birinchi darajali xarajatlarning to’liq va muddatida moliyalashtirishini ta’minlash uchun takliflar tayyorlash;
Moliya bosh boshqarmasi hamda tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan byudjet xarajatlariga kiritilgan o’zgarishlarni DMBAT tizimida o’z vaqtida ijrosini ta’minlash;
Mahalliy byudjetning soha xarajatlari prognoz ko’rsatkichlarining barcha yo’nalishlar bo’yicha bajarilishini monitoring qilish;
Biriktirilgan sohasi tashkilotlarining homiladprlik nafaqalari bo’yicha talabnomalarini qabul qilish va tahlil qilish;
Mahalliy byudjet xarajatlaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish bo’yicha o’rganishlarda ishtirok etish;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo’llab quvvatlashni yanada kuchaytirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 237-sonli qaror ijrosini ta’minlassh;
Tuman hududida yashaydigan yolg’iz yordamga muhtiij nafaqaxo’rlarga bepul oziq-ovqat mahsulotlar bilan ta’minlashni doimiy nazorat qilish;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-sentabrdagi 357-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash. Moslashtirish bo’limiga murojaat qilgan jazo muddatini o’tab kelgan shaxslarga moddiy yordam pulini berishni nazorat qilish;
Barcha byudjet va boshqa tashkilotlaridan, fuqarolardan kelgan xatlarga, arizalarni o’z vaqtida o’rganib chiqib ijrosini ta’minlash;
Moliya boshqarmasiva tuman hokimiyatidan kelgan qaror, farmoyish, bayon, xatlar,arizalar, ko’rsatmalar va topshiriqlarni o’z vaqtida o’rganib chiqib ijrosini ta’minlash.
Mahalliy byudjetlar tizimi butun mamlakat miqyosida keng ko'lamli ijtimoiy tadbirlarni amalga oshiruvchi davlatning moliyaviy dastagi hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar orqali hududlarning daromadlari tarmoqlararo, hududlararo hamda ijtimoiy qatlamlararo qayta taqsimlanadi. Mazkur taqsimotning oqilona tashkil etilishi, samarali faoliyati qat'iy byudjet intizomiga rioya etilishiga bog'liqdir.
Mahalliy byudjetlar umumdavlat miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag'larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko'rsatishlarida asosiy moliyaviy manba bo'lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o'ynaydi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to'laroq, qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog'langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Respublika va mahalliy byudjetlari o'rtasidagi munosabatlarni, bog'liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlantirish, ular o'rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo'lsada bu ishlarning haqiqiy holati hali to'liq o'rganilmagan. Shu sababli mahalliy byudjetlar moliyaviy barorligini ta'minlash, samarali shakllantirish masalalarini o'rganish va tahlil qilish zarurdir.
Mahalliy byudjetlar tarkibida byudjet dotatsiyasi va subventsiyalari ulushini kamaytirishda mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha ekanligini ularning moliyaviy ta'minlanish ko'rsatkichlarida ko'rishimiz mumkin. Shunga muvofiq ravishda hududlar miqyosida daromadlarning soliq bazasi va xarajatlarning umumiy miqdori ham farq qiladi. Ayni chog'da, mamlakatning o'z byudjetini shakllantirish huquqiga ega har bir ma'muriy hududi, daromadlar bazasi hajmidan qat'iy nazar, o'sha hududda yashovchi aholini davlat tomonidan kafolatlangan muayyan ijtimoiy-madaniy xizmatlar bilan ta'minlashi shart. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy moliya tizimi hamda mahalliy byudjetlar barqarorligini ta'minlash va byudjet siyosatini to'g'ri tashkil etish nechog'li zarurligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Diyorimizda tub islohotlar yanada chuqurlashayotgan hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo'lgani kabi moliya va byudjet sohasida ham chuqur o'zgarishlarni amalga oshirish davr talabidir.
Mahalliy byudjetni shakllantirish mamlakat milliy xo'jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, byudjet daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishda dolzarb vazifani bajaradi.
Qonunchiligimizda ta'kidlanishicha, mahalliy byudjet davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag'lari jamg'armasini tashkil etuvchi bir qismi bo'lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Mahalliy byudjetlar hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Shu bilan bir qatorda, ular mahalliy organlarni o'z oldilarida turgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarni amalga oshirishlari uchun moliyaviy resurslar bilan ta'minlab turadi. Hududiy boshqaruv organlari faoliyatining asosiy moliyaviy negizini mahalliy byudjetlar tashkil etadi. Zimmalaridagi vazifalar muvaffaqiyatli bajarilishi ko'p jihatdan ularning moliyaviy mablag'larga egaligiga bog'liq. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mahalliy byudjetlar orqali moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlab boriladi.
Mahalliy byudjet daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirish respublika va uning hududlari rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy byudjet davlat byudjeti iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy qismi sirasiga kiradi. Iqtisodiy ma'noda u hududiy boshqaruv organlari o'z vazifa va funktsiyalarini ado etishlarini ta'minlash uchun zarur bo'lgan davlatning markazlashtirilgan pul mablag'lari fondidir. Huquqiy nuqtai nazardan esa, mahalliy byudjet mahalliy boshqaruv organlarining vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta'minlashga mo'ljallangan pul mablag'lari jamg'armasini tashkil etish va sarflashning qonunan belgilangan shaklidir. Byudjet huquqiy akt maqomiga ega bo'lib, vakolatli hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadi va qonuniy kuchga ega bo'ladi.
Fikrlarimizni umumlashtirib, mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari rejasi, uning ijrosi hamda byudjetlararo munosabatlar bugungi kunda hududlarimizda mavjud muammolarning bosh sababi desak, xato bo'lmaydi. Umuman olganda, byudjetlararo munosabatlar mamlakatimizning respublika byudjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek, davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari o'rtasidagi byudjet kodeksi bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga doir munosabatlardir.
Mahalliy byudjetlarning iqtisodiy faoliyat yuritishlari o'z daromad manbalari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular o'z hududlarida turli yo'nalishdagi vazifalarni bajarishlari uchun yetarli miqdorda moliyaviy mablag'ga ega bo'lishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: |