Moliya” kafedrasi 60410400



Yüklə 227,22 Kb.
səhifə9/12
tarix18.12.2023
ölçüsü227,22 Kb.
#184100
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
praktika2023

Jizzax shahar moliya organi rahbari
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
(muhr o‘rni)
7-mavzu. Moliya bo’limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho’basining funksiya va vazifalari

Men ushbu mavzu bo‘yicha shahar hokimiyati qoshidagi moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho’basining funksiya va vazifalari bilan tanishib chiqdim.


Shubhasiz, hozirgi kunda har bir oilaning rivoj topishi va shaxsiy daromadiga ega bo’lishini ta’minlaydigan soha bu oilaviy tadbirkorlik hisoblanadi. Shu sababdan ham bugungi kunga kelib ko’pchilik oila o’zining asosiy ishidan tashqari qo’shimcha daromad manbai sifatida turli sohalarda oilaviy tadbirkorliklarini yo’lga qo’yishgan. Shunday ekan, har bir hududning mahalliy iqtisodiyot va moliya bo’limi o’ziga tegishli, o’z vakolatidagi hududdagi aholi uchun oilaviy tadbirkorliklarini yo’lga qo’yishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi muhim hisoblanadi. Chunki, davlatning rivojlanishi xalq va jamiyatning rivojlanishiga bevosita bog’liqdir.


Shu maqsadda moliya bo’limi malliy aholining bandlik darajasini to’liq o’rganib, agar imtiyozli kreditlarga muhtoj bo’lsa ularni olishga yordam berishi kerak bo’ladi.
Hozirgi vaqtda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun turli imkoniyatlar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berishni davom ettirishdir.


Imtiyozli kreditlar qanday maqsadlarda ajratiladi?
- dehqon xo‘jaliklari va kichik biznes sub'ektlariga qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish uchun 50 mln. so‘mgacha kafolatsiz kreditlar beriladi;
- hokim yordamchilari tavsiyalari asosida mahallalarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va hunarmandchilikni kengaytirish, aholi va uy xo‘jaliklari bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tadbirkorlarning loyihalari uchun 300 mln. so‘mgacha kredit ajratildi. Shu bilan birga, kredit oluvchi loyihada kamida 30 foiz ulush bilan ishtirok etishi kerak;
- kreditlar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshiradigan kichik biznes subektlariga o‘z faoliyatini yanada kengaytirish uchun imtiyozli kreditdan qayta foydalanishga ruxsat beriladi!
- hokim yordamchisining tavsiyasiga binoan 10 mln. so‘mgacha (hunarmandlar uchun 20 mln. so‘mgacha) kredit summasining bir qismi naqd pul olish imkoniyati cheklangan holda bank kartalariga o‘tkaziladi.

Ma’lumki, yil boshida har bir viloyat, tuman va shahar hokimi xalqqa murojaat qilib, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalarini belgilab olgan edi. Ularni amalga oshirish maqsadida, bu yilgi murakkab sinovlarga qaramasdan, biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli resurslar ajratib, barcha zarur sharoitlar yaratildi.


Har bir hududda tadbirkorlikni rivojlantirishning katta resurslari bor. Faqat uni ishga solish kerak. Hudud rahbarlari har kuni bu haqda o‘ylashi va izlanishi lozim.
Mazkur yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 4 trillion so‘m ajratish belgilangan edi. Lekin yil davomida qo‘shimcha mablag‘lar ham yo‘naltirildi, aholi va tadbirkorlarga jami 5,2 trillion so‘m imtiyozli kreditlar berildi.
Bugungi kunda tadbirkorlarning qariyb 1 trillion so‘mlik yangi loyihalari uchun kreditlarga talabi borligi qayd etildi. Moliya vazirligiga yangi jalb etilgan yevroobligatsiya mablag‘laridan 1 trillion so‘mni Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobankka oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun resurs sifatida joylashtirish vazifasi qo‘yildi.
Xalq bankiga xotin-qizlar tadbirkorligi uchun loyihalar tayyorlab, ularni o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni o‘rgatish topshirig‘i berildi. Bunda bank xodimlari ayollar bilan mijozbay, mahallabay, tumanbay bevosita ishlashi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

-Sektorda mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;


-Ushbu bo’lim faoliyatiga ta’luqli Prezident Farmonlari , qarorlari va farmoyishlari , Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari , Moliya vazirligining , Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligining topshiriqlarini o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash;


-Bo’limda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlarni tegishliligi bo’yicha ijrosini ta’minlaydi va tuman maxalla fuqarolar yig’inlariga etkazadi va ularni ijrosini ta’minlashni nazorat qiladi;


-Tuman moliya bo’limi tomonidan markazlar , mahalliy davlat hokimiyati organlari , tegishli tashkilot va idoralar , ilmiy muassasalar bilan birgalikda “ Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish “ yo’nalishida hududning geografik joylashuvi, er, mehnat va boshqa resurslar taqsimlanganligidan kelib chiqqan holda imtiyozli kreditlar ajratilishi tartibi va shartlari , tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish , chorvachilik va parrandachilikni va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish bo’yicha ‘ uslubiy qo’llanmalar , ko’rsatma va prezentastion materiallar , buklet va brashyuralar tayyorlanishini nazorat qiladi.





Yüklə 227,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin