Jizzax shahar moliya organi rahbari
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
(muhr o‘rni)
3-mavzu. Moliya bo’limining byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo’limining funksiya va vazifalari
Har bir moliya bo’limi o’z tarkibiga qamrab oluvchi bo’linmalaridan biri bu Byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo‘limidir. Amaliyot davomida byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo‘limii faoliyati, funksiyalari va vazifalarini o‘rgandim.
Mamlakatimizda erkin bozor munosabatlarini yuzaga kelishi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish jarayonida, raqobatning kuchayib borishi davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirishga bo'lgan yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash maqsadida davlat moliyasi tizimini mazmun va sifat jihatdan zamon talablari asosida takomillashtirish zarurati kelib chiqmoqda.
Mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish va daromad bazasini mustahkamlash, qo'shimcha daromad manbalarini aniqlash, shuningdek, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qo'shimcha manbalarni jalb etish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar Davlat byudjeti parametrlarining ijro etilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bugungi kunda hududlarning real imkoniyatlaridan kelib chiqib, yechimini kutayotgan mavjud muammolarni va joylardagi ishlarning haqiqiy holatini o'rgangan holda ishlab chiqilgan kelgusi yil mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozlari, byudjet daromadlari va xarajatlari parametrlari, ularni byudjetlararo taqsimlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Davlat byudjeti daromadlari o'zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to'lovlarning turi, mablag'larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin.
Respublikamizda markaziy darajada byudjetlararo munosabatlar tizimi nisbatan barqarorlashtirilgan bo'lsa-da, mahalliy darajadagi byudjetlararo munosabatlar tizimida echimini kutayotgan muammolar mavjuddir. Ayniqsa nisbatan iqtisodiy salohiyati yuqori bo'lgan hududlarimizda, manzilli byudjet transfertlariga ehtiyojmand tuman va shaharlarimizning mavjudligi ushbu sohadagi islohotlarni tizimli ravishda kuchaytirishni talab qilmoqda.
Mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibi amaliyotda mahalliy byudjetlar daromadlari o'z daromadlari, biriktirilgan daromadlari, tartibga soluvchi daromadlari va moliyaviy transfertlardan tashkil topadi:
• Mahalliy soliqlar va yig'imlar
• Respublika byudjetiga ajratma qilinadigan soliqlar
• Mahalliy byudjetlarga to'liq qoldiriladiga mimumdavlat soliqlari
• Mahalliy byudjetlarni foydalanganlik uchun hillvozanallashliruvchi transfertlar
Mahalliy byudjetlarning o'z daromadlarini yetishmasligi biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlardan foydalanishga sabab bo'ladi.
Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda bir byudjetdan boshqa byudjetga muayyan maqsadda yoki maqsadni ko'rsatmagan holda mablag'larning o'tkazilishini o'zida ifodalovchi byudjetlararo transfertlar muhim ahamiyatga ega. Demak, byudjetlararo transfertlardan foydalanish byudjetni tartibga solishning asosiy maqsadi bo'lgan mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi muvozanatni ta'minlashga qaratilgan. Xorijiy tajribani o'rganish byudjet amaliyotida umumqabul qilingan ikkita usul faol qo'llanilishini ko'rsatmoqda. Birinchi usul byudjetning har bir darajasiga soliq solinadigan bazalarni biriktirish yoki barcha daromadlarni safarbar qilish va keyinchalik quyi byudjetlarga taqsimlash tartibida daromad manbalarini byudjet tizimining bo'g'inlariga qarab taqsimlashni o'z ichiga oladi. Ikkinchi usul esa byudjet tizimi byudjetlarining yuzaga keladigan vertikal nomutanosibligi masalalarini hal qilishga qaratilgan transfertlar shaklida grantlar ajratishni o'z ichiga oladi.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo‘lmasdan, ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o‘zgarishiga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi.
Davlat byudjetining daromadlari o‘zlarining manbalariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
Soliqli daromadlar;
Nosoliqli daromadlar;
Tiklanmaydigan qaytarilmaydigan tarzda o‘tkaziladigan pul mablag‘lari.
Davlat byudjeti tarkibida mahalliy byudjetlar daromad va xarajatlari ulushining o'zgarishi Tahlil qilingan davrda mahalliy byudjetlar daromadlarining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi 2019-yilda 31,3 % ni va 2021-yilda 18,4 % ni tashkil qilmoqda. Bu holat bir tomondan, mahalliy byudjet daromadlarining xarajatlariga mutanosib emasligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan, mamlakatda ijtimoiy soha taraqqiyotiga ustuvor ahamiyat berilayotganligidan darak beradi. O'z navbatida, byudjet qonunchiligiga ko'ra, mahalliy byudjetlar taqchillik bilan moliya yilini yakunlashiga yo'l qo'yilmaydi. Shu munosabat bilan moliyaviy transfertlar orqali mahalliy byudjetlarning taqchilligi qoplanib kelinmoqda.
Soliqlarning byudjet tizimi byudjetlariga biriktirilishida aholi soni, zichligi va soliq to'lovchilar soni inobatga olinadi. Ushbu mezonlar asosida quyi turuvchi byudjetlar daromadi xarajatlarini qoplash uchun yetmasa, shuningdek, respublikada ijtimoiy ne'matlaming adolatli taqsimlanishiga erishishda byudjetlararo mutanosiblikni ta'minlash dastaklaridan foydalaniladi. Respublikada iqtisodiy islohotlar natijasida mahalliy byudjetlar: viloyat hamda tuman va shaharlar mahalliy byudjetlari daromad vakolatlari belgilab berildi. Shundan kelib chiqib, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu soliqlarni to'liq va o'z vaqtida tushishi uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratib, ular bo'yicha ortiqcha tushumlar ta'minlashidan manfaatdorligi kuchaytirildi.
Umumdavlat soliqlarining (yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz va b.) bir qismi qonunchilikda belgilangan normativ me'yorlar asosida mahalliy byudjetlarga o'tkaziladi. Umumdavlat soliqlaridan ajratma me'yorlarining o'zgarib turishi mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bois, qo'shilgan qiymat solig'i, daromad solig'i, foyda solig'idan tushumlarni ulushli tarzda mahalliy byudjetlarda qoldirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |