5.5.Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish asoslari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini mablag’ bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bo’lib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag’larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo’lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. CHunki, bu muddat ichida bozor kon’yunkturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to’lovlari ham zimdan oshib boradi.