Ikkinchi bo’lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametrlari va ko’rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’lib, biznes-rejaning asosiy g’oya va mazmunining qisqacha ko’rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
Uchinchi bo’lim. «Tadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotning ko’rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, modeli, surati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u qoniqtirmoqchi bo’lgan iste’mollar (haridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; tovarlarni ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga bo’lgan talabga ta’sir yetuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat qilish.