Ko’rsatilgan beshta bo’lim uchun 11 yordamchi shakl tuziladi.
1-shakl. Zayom olish uchun berilgan arizaning maqsadi va uning asoslanishi.
2-shakl. SHaxsiy moliyaviy deklaratsiya.
3-shakl. Korxonaning batafsil ta’rifi.
4-shakl. Bozorning tahlili.
5-shakl. Raqobatchilar.
6-shakl. Korxonaning joylashtirilishi.
7-shakl. Korxonaning ishchilari.
8-shakl. Boshqaruv.
9-shakl. Tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun moliyaviy ma’lumot.
10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy ma’lumot.
11-shakl. Rahbar uchun qiskacha xulosa.
Biznes rejaning asosiy bo’limlari va ularning tavsiflari
Biznes rejaning asosiy bo’limlari va ularning tavsiflari
Birinchi bo’lim. Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari» markaziy o’rinni egallaydi.
Tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag’ ishlatishni va shu mablag’ qancha foyda keltirishini hisob-kitob qilib chiqish lozim. Bunda va umuman, biznes-reja tuzishda vaqt omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflyatsiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday bo’lishligini hisob-kitob qilib chiqish lozim.