Boshqaruv. Har bir mulk egalari va korxonaning boshqa boshqaruvchilarining ma’lumoti, tajribasi haqidagi ma’lumotni o’z ichiga oladi.
Korxonaning moliyaviy istiqboli va ko’rsatkichlari. Agar korxona yangi tashkil etilgan bo’lsa, unda korxona egasining shaxsiy kapitalini ko’rsatish, rejali balans tuzish, istiqbolini baholash keltirilishi lozim. SHu bilan birga kutilmagan sarf-xarajatlar uchun muayyan mablag’larni ajratib qo’yish kerak. Agar korxona jamoasi harakatda bo’lsa, unda oxirgi ikki-uch yil ichidagi daromad va zararlar haqida balansli hisobotni va bugungi holati haqidagi ma’lumotni taqdim etish lozim.