Oltinchi bo’lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo’limda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va uslubi haqida ma’lumotlar
Oltinchi bo’lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo’limda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va uslubi haqida ma’lumotlar beriladi.
Ettinchi bo’lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo’lim biznes-rejaning yakunlovchi qismi bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatkichlari orasida foyda va rentabellik ko’rsatkichlari ustuvor mavqega ega.
Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik foydaning kapital qo’yilmalarga yoki aktsioner kapitaliga nisbati shaklida aniqlanadi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi.
5.4.Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishning maqsadi va vazifalari.