Moliya-kredit


Moliyalashtirish manbai, shu jumladan



Yüklə 80,55 Kb.
səhifə6/6
tarix16.04.2022
ölçüsü80,55 Kb.
#55534
1   2   3   4   5   6
Закирова Н., КБИС 61, Курс иши, Банк иши

Moliyalashtirish manbai,
shu jumladan:


OTB qarzi

O‘zbekiston Respublikasi ulushi

Loyihaning umumiy qiymati

ming AQSh dollari ekv.

16 760,00

15 000,00

1 760,00

shu jumladan:













1.

Maslahat xizmatlari

ming AQSh dollari ekv.

13 600,00

13 600,00




2.

Investitsiya davrida moliyaviy chiqimlar

ming AQSh dollari ekv.

710,00

710,00




3.

Taqsimlanmagan mablag‘lar

ming AQSh dollari ekv.

690,00

690,00




4.

Soliq va bojxona imtiyozlari

ming AQSh dollari ekv.

1 760,00




1 760,00

* Loyihaning yakuniy qiymat ko‘rsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha tender savdolari natijalariga ko‘ra belgilanadi.

Jadval www.lex.uz – O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasidan olindi

6-jadval

O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni to‘lash



PROGNOZ JADVALI

Qarz miqdori







15,0 mln AQSh doll.




Qarz muddati







25 yil




Imtiyozli davr







5 yil




Foiz stavkasi







2,0%



















Yillar

Asosiy qarzga kiritiladigan foizlar
(ming dollar)

To‘lanadigan foizlar
(ming dollar)

Asosiy qarz qaytarilishi
(ming dollar)

Jami
qaytariladigan mablag‘
(ming dollar)

15.11.2020

15,3










15.05.2021

40,3










15.11.2021

62,5










15.05.2022

89,8










15.11.2022

100,3










15.05.2023

119,5










15.11.2023

131,3










15.05.2024

151










15.11.2024




152,5

375

527,5

15.05.2025




148,7

375

523,7

15.11.2025




144,1

375

519,1

15.05.2026




141,1

375

516,1

15.11.2026




136,5

375

511,5

15.05.2027




133,4

375

508,4

15.11.2027




128,9

375

503,9

15.05.2028




125,8

375

500,8

15.11.2028




122

375

497

15.05.2029




118,2

375

493,2

15.11.2029




113,8

375

488,8

15.05.2030




110,6

375

485,6

15.11.2030




106,2

375

481,2

15.05.2031




102,9

375

477,9

15.11.2031




98,6

375

473,6

15.05.2032




95,3

375

470,3

15.11.2032




91,5

375

466,5

15.05.2033




87,7

375

462,7

15.11.2033




83,4

375

458,4

15.05.2034




80,1

375

455,1

15.11.2034




75,8

375

450,8

15.05.2035




72,4

375

447,4

15.11.2035




68,3

375

443,3

15.05.2036




64,8

375

439,8

15.11.2036




61

375

436

15.05.2037




57,2

375

432,2

15.11.2037




53,1

375

428,1

15.05.2038




49,6

375

424,6

15.11.2038




45,5

375

420,5

15.05.2039




41,9

375

416,9

15.11.2039




37,9

375

412,9

15.05.2040




34,3

375

409,3

15.11.2040




30,5

375

405,5

15.05.2041




26,7

375

401,7

15.11.2041




22,8

375

397,8

15.05.2042




19,1

375

394,1

15.11.2042




15,2

375

390,2

15.05.2043




11,4

375

386,4

15.11.2043




7,6

375

382,6

15.05.2044




3,8

375

378,8

Jami:

710,0

3120,2

15000,0

18120,2

Jadval www.lex.uz – O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasidan olindi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/426/1035-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)

4. O’zbekistonning Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorligini kengaytirish masalalari

Osiyo taraqqiyot banki “O‘zbekenergo" bilan hamkorlik dasturiga 1,6 million AQSh dollari ajratdi. 2017 yil 15 dekabr kuni poytaxtimizdagi  HYATT  REGENCY mehmonxonasining anjumanlar zalida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon bankining energetika sohasi bo‘yicha mutaxassislari va “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan “O‘zbekistonda energetika tizimini isloh qilish va xalqaro moliyalashtirish standartlarini o‘rganib chiqib hayotga tatbiq etish” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta'minlash maqsadida energetika tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun energotizimni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida Hukumat tomonidan bir qator chora-tadbirlar belgilanganligi yuzasidan “O‘zbekenergo” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari  J.Obidjonov alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ishlab chiqarishni izchil texnologik modernizatsiyalash va samaradorligini oshirish yo‘li bilan ularning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, noishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish, xodimlar tarkibi va sonini optimallashtirish, xalqaro standartlarga muvofiq ilg‘or yondashuvlar va korporativ boshqaruv tizimlarini takomillashtirish haqida yig‘ilganlarga atroflicha ma'lumot berdi. 

Shuningdek, anjuman davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan energetika tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar Osiyo taraqqiyot bankining energetika bo‘yicha mutaxassisi janob S.Kim tomonidan yuqori baholandi va “Energiya samaradorligini oshirish va hamkorlikni kuchaytirish” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.

Milliy valyuta devalvatsiyasi davrida energotizimning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida “O‘zbekenergo” AJ tomonidan OTB (Osiyo taraqqiyot banki) bilan hamkorlikda moliyaviy barqarorlikni ta'minlovchi quyidagi chora-tadbirlar belgilangan:


  1. “O‘zbekenergo” AJning kredit barqarorligini mustahkamlash;

  2. biznes profilni yaxshilash;

  3. korporativ va operatsion samaradorlikni oshirish;

  4. elektr qiymati asosidagi samarali tariflarni joriy etish. 

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun OTB tomonidan quyidagi maqsadlarga 1,6 mln. AQSh dollariga teng grantlar ajratilmoqda: 

-   asosiy vositalarni qayta baholash;

-  “O‘zbekenergo” AJ va uning shu'ba korxonalari korporativ diagnostikasini amalga oshirish;

-  xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan tashqi audit o‘tkazilishi.

Bundan tashqari, OTB tomonidan elektr qiymati asosidagi samarali tariflarni baholash usulini ishlab chiqish uchun grant asosida xorijiy kompaniyani belgilash rejalashtirilmoqda.     

Shu qatorda tadbirda chet el davlatlari, xususan, Yevropa va qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari energetika bozorida ish olib borish tajribasiga oid ma'lumotlari tinglanib OTB tomonidan “O‘zbekenergo” AJga texnik ko‘mak ko‘rsatish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olindi. Anjuman so‘ngida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kelajakda bunday amaliy uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zbekistondagi islohotlarning umumiy maqsadi va jadvaliga muvofiq tarzda OTB O‘zbekiston bilan 2019–2023 yillarda hamkorlik qilish strategiyasini qabul qildi. Ushbu strategik asoslarni belgilovchi hujjat doirasida OTB O‘zbekistonga o‘tish davrida siyosiy maslahatlar, investitsiyalar va salohiyatni rivojlantirish orqali quyidagi uchta strategik yo‘nalish bo‘yicha yordam bermoqda: xususiy sektorni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash; iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish; mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani rivojlantirish. Oldingi strategiyadan farqli o‘laroq, biz o‘z faoliyatimiz uchun aniqroq mamlakat bo‘yicha maqsadlarini qabul qildik va bunda siyosatni isloh qilish bo‘yicha maslahatlarni kuchaytirdik va bilimga asoslangan va tahliliy yechimlarning foydaliligini oshirdik. Hozircha biz 2023 yilga qadar strategiyaning kutilgan natijalariga erishish sari intilyapmiz. COVID-19 barcha mamlakatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi va O‘zbekiston ham bundan istisno bo‘lmadi. Biroq, hukumat pandemiya davomida izchil yondashuvni qo‘lladi va islohotlarga sodiqligini isbotladi. Xuddi shunday tarzda OTB ham rejalashtirilgan faoliyatini davom ettiradi va COVID-19 sharoitida islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

COVID-19, eksport tovarlariga talab va narxlarning pastligi O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Pandemiya va tabiiy gaz va misga sust talab iqtisodiy o‘sishni to‘xtatdi. Zarur cheklovlar xizmat ko‘rsatish, transport va savdo sohalaridagi faoliyatni susaytirdi. Qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalari o‘sib bormoqda, bu esa ma’lum darajada sanoatdagi pasayishni qoplaydi. O‘z navbatida, nafaqat O‘zbekiston iqtisodiy pasayish va ish o‘rinlarining qisqarishini kechiryapti. Biroq, O‘zbekiston hukumati pandemiyaning iqtisodiyotga ta’sirini minimallashtirish va odamlar daromadlarining kamayishini oldini olish uchun tegishli choralar ko‘ryapti.

Pandemiyaning dastlabki bosqichlarida hukumat epidemiyani kuzatib borish va aholining xabardorligini oshirish, xalqaro tashkilotlar va yuqumli kasalliklarni boshdan kechirayotgan mamlakatlar bilan aloqalarni o‘rnatish, sog‘liqni saqlash muassasalarining imkoniyatlarini kengaytirish va virusga qarshi kerakli dorilar va uskunalarni xarid qilish uchun Maxsus respublika komissiyasini tuzdi. Hukumat sog‘liqni saqlash sohasida strategik tayyorgarlik ko‘rish va javob berishni ta’minlash milliy rejasini e’lon qildi. Rejaning maqsadi: COVID-19 bilan kasallanganlarni aniqlash, ajratish va ularga yordam berish orqali va shu tarza kasallanish va o‘lim holatlarini kamaytirish orqali COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda vaziyatni bartaraf etish; sog‘liqni saqlash tizimining intensiv terapiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli salohiyatini kuchaytirish; jamoatchilik o‘rtasida COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda vaziyatni qanday hal qilish to‘g‘risida samarali tushuntirish ishlarini olib borish; rasmiy sektor ishchilari uchun ishsizlik nafaqalarini kengaytirish; ishdan bo‘shatilgan ishchilarning ish haqi uchun kompaniyalarga subsidiyalar berish; zaif uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslarga pul o‘tkazmalarini kengaytirish. Hukumat bir mlrd. AQSh dollarlik Inqirozga qarshi jamg‘arma tashkil etdi va sog‘liqni saqlash, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va ijtimoiy himoya qilish sohalarida choralar ko‘rdi.

COVID-19ning salomatlik va iqtisodga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish bo‘yicha hukumatning harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. OTB hukumatning inqirozga qarshi choralari uchun byudjet yordamini taqdim etdi va tibbiyot sohasidagi yangi shoshilinch loyihani tasdiqladi. Ushbu mablag‘lar sog‘liqni saqlash tizimining salohiyatini kuchaytiradi, ish joylarining yo‘qolishini minimallashtirish uchun tadbirkorlikni barqarorlashtiradi va kam ta’minlangan uy xo‘jaliklari va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud ijtimoiy xavfsizlik choralarini kengaytiradi.

Koronavirus kasalligining (COVID-19) tarqalishi jiddiy mahalliy, mintaqaviy va global iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. COVID-19 jiddiy muammolarni yuzaga keltirgan bo‘lsa-da, ayni vaqtda inqiroz MOMIHga a’zo davlatlar uchun koordinatsiyani yaxshilash, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun xarajatlarni kamaytirish va soliqqa tortiladigan daromadlarni ko‘paytirish uchun misli ko‘rilmagan rag‘bat beradi.

2020 yil 13 aprel kuni OTB a’zo davlatlari uchun COVID-19 pandemiyasini yengish va uning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun yordam berish uchun COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash choralari doirasida 20 mlrd. dollarlik yordam paketini tasdiqladi.

Ushbu yordam paketi doirasida OTB O‘zbekistonga 500 mln. dollar miqdorida karzni tasdiqladi va shu tarzda u pandemiyaga qarshi kurashda mamlakat bilan yaqin hamkorlik qilishga sodiqligini namoyish etdi.

Asosiy maqsad – O‘zbekiston hukumatiga COVID-19 pandemiyasining sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va jamiyatga salbiy ta’sirini o‘z vaqtida va samarali ravishda yumshatish uchun byudjet yordamini taqdim etishdir. Dasturning maqsadi bo‘lib sog‘liqni saqlash tizimining salohiyatini kuchaytirish, ish o‘rinlarini yo‘qotilishini minimallashtirish uchun tadbirkorlikni barqarorlashtirish va inqirozga qarshi choralarni moliyalashtirishga yordam berish va kam ta’minlangan uy xo‘jaliklari va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud ijtimoiy himoya choralarini kengaytirish xisoblanadi.

OTB yordamining muhim komponentlaridan biri – bu hukumatning sog‘liqni saqlash sohasidagi javob berish rejasini qo‘llab-quvvatlash bo‘lib, u sog‘liqni saqlash sektorining salohiyatni oshirishga qaratilgan va unga COVID-19ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siriga uchragan tibbiyot xodimlariga xavfli sharoitda ishlash uchun to‘lovlar ko‘rinishidagi ish haqi mukofotlari kiradi.

2020 yildagi boshqa yangi loyihalarimizga energetika, transport, moliya va sog‘liqni saqlash kabi strategik sohalardagi loyihalar kiradi.

Osiyo taraqqiyot bankining "Osiyo taraqqiyoti istiqbollari" nashrining sentyabr oyidagi yangilagan ma’lumotlariga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 2020 yilda YaIM o‘sishi eng past bo‘lgan mamlakatlar - bu Maldiv orollari (-20,5%), Fidji (-19,8%) va Qirg‘izistondir. (-10.00%). O‘z navbatida, bu yil YaIM o‘sishining eng yuqori sur’atlari Bangladesh (5,2%), Turkmaniston (3,2%) va Butanda (2,4%) kuzatildi.



2021 yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari Kengashining Yillik anjumanida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Ashok Lavasa bilan uchrashdi. Ushbu tashrif OTB rahbariyatining pandemiya boshlanganidan buyon birinchi xorijiy safaridir.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

OTB rahbariyati O‘zbekistonda xususiy sektorning turli sohalarda rivojlanishini kengaytirish uchun hozirda keng imkoniyatlar mavjudligi haqida so‘z yuritdi. Shu munosabat bilan bozor vositalari, jumladan, «yashil» va infratuzilma obligatsiyalari, OTB investorlari foydasini ko‘zlayotgan kafolatlar, shuningdek, milliy valyutada moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalanish orqali bazaviy va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilishda xususiy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tubdan kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, energetika, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta'lim, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida qattiq chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

DXSh mexanizmlari asosida past voltli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ulardan foydalanish tashabbusini birgalikda ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishildi. OTB rahbariyati tender va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun xalqaro maslahatchilarni jalb etishni moliyalashtirish uchun grant mablag‘larini ajratish, shuningdek, elektr energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga doir texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikning mavjud va yangi yo‘nalishlari doirasida o‘zaro hamkorlik uchun keyingi qadamlarni belgilab oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

2021 yil 20 dekabrda OTB hamda O‘zbekiston o‘rtasida «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida:

- 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga 80 mln AQSh dollari miqdorida;

- 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga 213,58 mlrd so‘m miqdoridagi qarzlarni O‘zbekistonga ajratish bo‘yicha qarz bitimlari imzolangan.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:


  • Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali;

  • Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida milliy valuta ekvivalentida ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • loyiha doirasida OTB mablag‘lari O‘zbekiston respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi;

  • Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, shuningdek, OTB tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

OTB tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha barcha to‘lovlar O‘zbekiston respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

2021 yilning dekabr oyida OTB bilan tuzilgan loyihalar:

OTB Toshkent viloyati suv ta'minotini yaxshilash uchun 161 mln dollar ajratadi. Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyatida oqova suvlarning integratsiyalashgan boshqaruv tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun 161 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma'qulladi, deb xabar berildi OTB saytida.

Loyiha doirasida Ohangaron, Olmaliq, Angren, Bekobod, Chirchiq, Yangiyo‘l va Chinozdagi markazlashgan oqova suv tizimlari modernizatsiya qilinadi. Loyiha tozalash inshootlari va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, 800 mingdan ortiq aholi uchun suv hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari qo‘llab-quvvatlanadi.

Shuningdek, Chinoz, Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridagi 70 ta aholi punktlarida 136 ming aholiga septiklar o‘rnatilib, markazlashtirilmagan kanalizatsiya tizimidan foydalanishi ta'minlanadi.

«Ushbu loyiha suv va kanalizatsiya boshqaruvi uchun sun'iy intellekt, masofaviy datchiklar kabi raqamli texnologiyalarni o‘z ichiga olgan aqlli yechimlarni namoyish etadi», dedi OTBning shaharsozlik bo‘yicha katta mutaxassisi Chon Xo Kim. 



https://yuz.uz/uz/news/otb
Bundan tashqari, OTB institutsional islohotlarni amalga oshirish uchun 800 ming AQSh dollari miqdorida texnik yordam granti ajratadi. 

Osiyo taraqqiyot bankining 162 mln dollarlik loyihasi doirasida Buxoro, Miskin, Urganch va Xiva shaharlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasi elektrlashtiriladi. «Buxoro-Xiva» liniyasining elektrlashtirilishi yillik yo‘lovchi tashish hajmini 2026 yilga kelib uch yarim barobardan ziyodga oshiradi. Loyiha natijasida yillik yuk tashish hajmi 2026 yilda jami 11,8 million tonnaga yetishi kutilmoqda.


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda temir yo‘l xizmatlarini yaxshilash hamda mintaqada savdo va turizmni rivojlantirish uchun 162 mln dollarlik kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, loyiha doirasida mamlakat g‘arbidagi yirik shahar markazlari, jumladan, Buxoro, Miskin, Urganch va Xiva shaharlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish ko‘zda tutilgan.

«Bu soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlanuvchi tezyurar poyezdlarning harakatini yo‘lga qo‘yish, Buxoro va Xiva o‘rtasidagi qatnov vaqtini ikki soatgacha qisqartirish, poytaxt Toshkentdan Xivaga yetti soatda yetib borish imkonini beradi», — deyiladi xabarda.

OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukovning ta’kidlashicha, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan O‘zbekiston sharoitida «ishonchli va xavfsiz transport infratuzilmasi» iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. OTBning mazkur loyihasi Xorazmni O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘laydigan iqtisodiy yo‘lak yaratish imkonini beradi. Shuningdek, turizmning pandemiyadan qayta tiklanishi hamda mamlakatni «mintaqaviy tranzit markaziga» aylanishiga xizmat qiladi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha Xitoy Xalq Respublikasini Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog‘laydigan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (CAREC) 2-koridorining bir qismi hisoblanadi. Mazkur loyiha qatnov chastotasi va temir yo‘l xizmatlari sifatini takomillashtirish orqali O‘zbekistonning tashqi dunyo bilan aloqa va savdo munosabatlarini yaxshilash imkonini beradi.

Bundan tashqari, OTB loyiha hududida turizm sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda. Xususan, bu borada elektron chiptalar tizimini ishlab chiqish, turizm menejmentiga ayollarni jalb qilish va o‘qitish, shuningdek, ayollar, bolalar, qariyalar va nogironligi bor yo‘lovchilar uchun kirish va xavfsizlik funksiyalari mavjud poyezd stansiyalari atrofida shaharsozlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Prognozlarga ko‘ra, «Buxoro-Xiva» liniyasining elektrlashtirilishi yillik yo‘lovchi tashish hajmini 2026 yilga kelib uch yarim barobardan ziyodga — 1 million yo‘lovchidan ko‘proqqa oshiradi. Yillik yuk tashish hajmi esa 2026 yilda jami 11,8 million tonnaga yetishi kutilmoqda.

OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo mintaqasida transport va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori Xideaki Ivasakining fikricha, loyiha mamlakatda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rag‘batlantirish bilan bir qatorda, temir yo‘l liniyasini dizel yoqilg‘isidan elektr energiyasiga o‘tishini ta’minlash orqali O‘zbekistonning kam uglerodli transportga o‘tishini va, pirovardida, mamlakatning Parij kelishuvi doirasidagi majburiyatlari bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarda qayd etilishicha, hukumatning Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankiga 108 mln dollar miqdorida kredit ajratish yuzasidan so‘rovi mazkur bank boshqaruv kengashi tomonidan ma’qullagan. Ushbu kredit boshqaruviga ham qisman OTB egalik qilishi aytilmoqda.

«OTB, shuningdek, temir yo‘l operatsiyalari va boshqaruvi bo‘yicha tanlab olingan ayol talabalarni o‘qitish kabi asosiy gender tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 300 ming dollar miqdoridagi texnik yordam grantini taqdim etadi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq OTB Toshkent viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash maqsadida 161 mln dollar miqdorida kredit ajratishi xususida xabar berilgan edi.

9 dekabr kuni esa bank O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes sohasiga qulay muhit yaratish bo‘yicha islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar miqdorida kredit ajratish yuzasidan qarorni ma’qullaganini e’lon qildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan davlat tashqi qarzi qoldig‘ining asosiy qismi OTB hissasiga to‘g‘ri kelib, 1 oktabr holatiga 5,1 mlrd dollarni tashkil etgan.

Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari OTB mablag‘lari hisobidan ta’mirlanadi. Osiyo taraqqiyot banki Surxondaryo (111 km) va Buxoro (87 km) viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun 273,8 mln dollar miqdorida qarz mablag‘lari ajratadi.

«Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.

Qayd etilishicha, Osiyo taraqqiyot banki «Milliy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekistonga 4 yillik imtiyozli davr bilan 24 yil muddatga 273,8 mln dollar miqdorida qarz mablag‘lari ajratadi.

Ushbu pullar quyidagi loyihalarni amalga oshirish uchun sarflanadi:



  • 183,8 mln dollari — «4P105» «Darband — Boysun — Elbayon» avtomobil yo‘lining 5−7 km va «4P100» «Manguzar — Jarqo‘rg‘on — Bandixon — Oltinsoy — Denov» avtomobil yo‘lining 128−174 km qismlarini rekonstruksiya qilish» ishlarini («Surxondaryo» loyihasi) amalga oshirishga;

  • 90 mln dollari — «A380» «G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu» avtomobil yo‘lining 228−315 km (87 km) qismini rekonstruksiya qilish» («Buxoro» loyihasi) ishlarini yakunlashga sarflanadi.

Loyihani amalga oshirish muddati 6 yil (4 yil imtiyozli davrini inobatga olgan holda 2022−2027 yillar) etib belgilandi.

OTBning qarz mablag‘larini so‘ndirish, shuningdek, foiz, qarz bo‘yicha komissiya va boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, OTB O‘zbekistonda umumiy qiymati 2,8 milliard dollarga teng bo‘lgan 27ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

2022 yilning mart oyida O‘zbekiston Prezidenti va OTB rahbari strategik sheriklikni kengaytirishning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsuga Asakavani qabul qildi.


Uchrashuv avvalida Bank rahbari O‘zbekiston yetakchisini O‘zbekistonning yetakchi xalqaro moliya institutlari rahbarlari va biznes vakillarini jamlagan Investitsiya forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

 OTB bilan strategik sherikligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari va istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari OTB prezidentini yaqinda navbatdagi muddatga qayta saylangani bilan samimiy tabriklab, Yangi O‘zbekistondagi yangilanishlar dasturini ilgari surishda, shu jumladan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini oldini olishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda loyihalar portfeli ikki barobarga kengayib, bugungi kunda 9 milliard dollardan oshdi. Qo‘shma loyihalar doirasidagi investitsiyalarni o‘zlashtirish sur’atlari ham ikki barobar jadallashdi.

Bank tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan islohotlarga, shu jumladan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliya sektori, energetika, transport va infratuzilmani modernizatsiya qilish, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida ko‘rsatilayotgan texnik ko‘mak yuqori baholandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning yangi dasturini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “yashil” iqtisodiyotni jadal joriy etish, loyihalarni aralash moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish, biznes, shu jumladan ayollar va yoshlar tadbirkorligini moliyalashtirish dasturlarini kengaytirish, davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini joriy qilish, ta’lim va sog‘liqni saqlash loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni birgalikda qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.



XULOSA

Osiyo taraqqiyot banki faoliyatiga oid bajarolgan kurs ishi doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlarimizga asoslangan holda, mazkur kurs ishi yuzasidan quyidagi xulosalarni shakllantirdik:

1. OTBning mavjud siyosati va strategiyasini ushbu sohada qayta ko'rib chiqish kerak, chunki ular 1990-larning o'rtalarida ishlab chiqilgan . 2003 yil may oyida OTB Prezidentining qarori bilan maxfiylik va axborotni oshkor qilish siyosatini (axborotni oshkor qilish siyosati) va axborot siyosati va strategiyasini (axborot siyosati) qayta ko'rib chiqish, shuningdek, davlat, xususiy va notijorat sektor manfaatdor tomonlari bilan yangi yagona siyosatni ishlab chiqish bo'yicha faol maslahatlashuvlarni o'tkazish maqsadida YHXB direktori raisligida boshqaruv qo'mitasi tashkil etildi.

2. OTBning rivojlanish jarayonlarida bir qator sohalarda samarali ishlashiga yordam beradi. Bank a'zolari OTBning rivojlanishida muhim rol o'ynashiga ishonch hosil qilishlari va bu fakt akademik hamjamiyat, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari, ya'ni o'z mamlakatlarida aholining keng qatlamlari fikriga ta'sir ko'rsatadiganlar tomonidan e'tirof etilishi kerak. Rivojlanayotgan mamlakatlarda OTB rivojlanish mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati vakillariga tushunarli bo'lsa, o'z faoliyati va amalga oshirilayotgan siyosatga katta yordam berishi mumkin.

3. Donor mamlakatlarda rivojlanish uchun rasmiy yordam manbalarining cheklangan moliyaviy resurslari uchun raqobat kuchayib bormoqda va ushbu mamlakatlar hukumatlari o'zlarining ikki tomonlama dasturlari, ko'p tomonlama institutlar dasturlari va OTB kabi mintaqaviy tuzilmalar uchun mablag ' ajratishdan foyda olishlari kerak. Moliya vazirliklari va rivojlanish bo'yicha muassasalar, shuningdek, siyosiy rahbarlar nafaqat soliq to'lovchilarning mablag'larini samarali sarflashiga, balki jamoatchilik bu masalalarni biladigan va tushunadigan narsalarga ham ishonch hosil qilishlari kerak.

4. Samarali tashqi aloqalarni o'rnatishning muhimligini tushuntirishning boshqa sabablari ham mavjud. Tashkilotning faoliyati haqida yaxshiroq tushunish va his qilish unga mamlakatlarda nufuzli shaxslar bilan hamkorlik qilishga yordam beradidonorlar va rivojlanayotgan davlatlarhchlenah. Boshqa afzalliklar qatorida, OTB bunday vaziyatda yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish va ushlab turish osonroq bo'ladi. Ta'sir qilingan aholi guruhlari bilan yanada faol axborot almashish loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini oshirishga ta'sir qiladi.

5. Faol axborotni oshkor qilish axborotni samarali almashish va ko'plab manfaatdor tomonlar bilan samarali munosabatlarni o'rnatish uchun zarur shartdir. Tegishli axborotni o'z vaqtida taqdim etmasdan, loyihani amalga oshirish hududida aholi guruhlari bilan o'tkaziladigan maslahatlashuvlarning samaradorligi keskin kamayadi. Axborot aholining ta'sir doiralariga loyihalarning afzalliklari va kamchiliklarini to'g'ri baholash va ularni ishlab chiqish va amalga oshirishni muhokama qilish jarayonida qimmatli izohlar berish imkonini beradi. Natijada, bu yaxshi va barqaror loyihalarni yaratishga olib keladi.

6. Shaffoflik iqtisodiy o'sishning muhim elementi, moliyaviy barqarorlik va samarali boshqaruvdir. Axborotdan foydalanishni kengaytirish orqali shaffoflik davlat institutlari va xususiy tashkilotlar ichida halollik va adolatni kuchaytiradi.



Shunday qilib, davlat muassasalari tomonidan axborotni oshkor qilish foydasiga axloqiy dalillar mavjud. Hozirgi kunda OTBning ko'plab a'zolari axborot olish huquqi to'g'risidagi qonunlarni qabul qilish yoki Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish yo'li bilan hukumat faoliyati bilan bog'liq axborotni e'lon qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqdalar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI


  1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. – Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Yerkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.

  5. Frederic S. Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited. 2013 y.- 695 pages.

  6. AbdullayevaSh.Z., Davirova Sh.Sh. Pul nazariyasi namoyondalari, monografiya. T.:- “IQTISOD-MOLIYA”, 2019 y. - 137 b.

  7. Azizov U. Bankovskoye delo. / pod red. Azizov U. T.: «Iqtisod-Moliya», 2019 g. -502s.

  8. T.I.Bobakulov, U.A.Abdullayeva, R.T.Shomurodov. Monetar siyosat. O'quv qo'llanma. –T.: Iqtisod va moliya nashriyoti. 2018 yil. – 224 b.

  9. Bobakulov T.I., Abdullayev U.A. Isakov J.Ya. “Monetar siyosat” Darslik. – “Iqtisod-Moliya”, 2019. 274 b.

  10. I.M.Alimardonov, R.T.Shomurodov, J.K.Majidov. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish. (Darslik). T.: “Nihol print” OK, 2021 –216 b.]

  11. Lavrushin O.I. Denьgi. Kredit. Banki. Uchebnik. – M.: KNORUS. 2018. – 448 s.

  12. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O'zbekiston, 2018. – 76 b.

  13. O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risidagi qonuni”. 11.11.2019 yil, № O'RQ-582.

  14. O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonuni”. 11.11.2019 yil, № O'RQ-580.

  15. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida” gi PF-60-sonli Farmoni.

  16. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o'tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to'g'risida”gi PF-5877 – sonli Farmoni.

  17. 2020 yil 12 maydagi “2020—2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida” PF-5992-sonli Farmoni.

  18. Shomurodov R. Innovatsiyalar asosida monetar siyosatni takomillashtirish masalalari//Xalqaro hisob va moliya. -Toshkent 2021. №12. 0,5 b.t. 1-9-betlari.

  19. R.T.Shomurodov Monetar siyosat vositalarini takomillashtirish masalalari. “Moliya” ilmiy jurnali №6, 2021.

  20. R.T.Shomurodov. Opыt zarubejnыx stran v osuщestvlenii monetarnoy politiki. Molodoy uchenыy, 2021. M Tokunaga, R Shomurodov, O Alimov. A Conflict of State-led Initiative and Economic Rationality: Focusing on the State Language and Lingua Franca in Uzbekistan. Kyoto University, Institute of Economic Research 2021.

  21. Shomurodov R.T. Ochilov B.B. Some using questions instruments of monetary policy. Galaxi, In Volume 10, ussue 3, March, 2022 ISSN (E)2347-6915

  22. Itai Agur, Maria Demertzis. Will macropreduntial policy counteract monetary polycy’s effects on financial stability? North American Journal of Economics and Finance 48 (2019) 65-75.

  23. Jonas E. Arias, Dario Caldara, Juan F. Rubio-Ramirez. The systemic component monetary policy in SVARs: Journal of Monetary Economics 101 (2019) 1-13.

  24. Martin Bodenstein, Junzhu Zaho. Employment, wages and optimal monetary policy. Journal of Monetary Economics. February 14, 2019.

  25. Itthipong Mahathanaseth , Loren W. Tauer. Monetary policy transmission through the bank lending channel in Thailand. Journal of Asian Economics. 60 (2019)14-32.

  26. www.cbu.uz O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki sayti

  27. www.mf.uz – O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti.

  28. www.lex.uz – O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

  29. www.mineconomu.uz – O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi sayti.

Yüklə 80,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin