Quyidagilar Moliya vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishda, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini oshirishga yo‘naltirilgan yagona davlat soliq-budjet siyosatini amalga oshirish;
iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash, mineral-xomashyo, er-suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish yo‘li bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish;
budjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni subvensiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va o‘zini o‘zi qoplay olishini ta’minlash, hududlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida Davlat budjetiga qo‘shimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada to‘liq va samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;
moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor yo‘nalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga, maqsadli investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga, belgilangan me’yorlarga muvofiq ularni real moliyalashtirish manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu asosda kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga narx va tariflar belgilash tartibini takomillashtirish hamda to‘lov intizomini mustahkamlash;
budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish, qat’iy iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini kamaytirish, nobudgarchilik va talon-torojlikni, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) va boshqa valyuta nazorati organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillari va usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini ko‘paytirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarning qo‘llanilishini muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish;
sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish.
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
soliq va bojxona-tarif siyosati sohasida:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida kelgusi moliya yili uchun soliq va bojxona va tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlarini (o‘rta muddatli istiqbolda) shakllantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi soliq va bojxona qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda soliq solish metodologiyasi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash stavkalari va mexanizmi samaradorligini
monitoring qiladi, soliq stavkalari va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘ilishini takomillashtirishga qaratilgan ularning stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibini belgilovchi, shuningdek, soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;
soliq va bojxona qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga, shuningdek, soliq va bojxona ma’muriyatchiligi sohasidagi qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek, soliq maslahati faoliyatining tahlili va monitoringini olib boradi;
O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan tasdiqlangan soliq maslahatchilarini o‘qitish va malakasini oshirish dasturlarini hamda soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini kelishadi. Shuningdek, soliq maslahatchilari reyestrini o‘zining rasmiy saytida e’lon qiladi va uni muntazam yangilab boradi;
soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun nomzodlarni o‘qitishni tashkil etishda va malaka imtihonlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga texnik va uslubiy yordam ko‘rsatadi;
ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish, soliq sohasidagi hamkorlik va axborot almashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihasini ishlab chiqishda ishtirok yetadi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim etish ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashadi;
manfaatdor shaxslarning so‘rovlari bo‘yicha soliq qonunchiligi bilan bog‘liq masalalarni qonun hujjatlariga muvofiq tushuntiradi;
budjet siyosati va budjetlararo munosabatlar sohasida:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida kelgusi moliya yili uchun (o‘rta muddatli istiqbolda) budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash, resurslarni mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga jamlashni, shuningdek, iqtisodiyot faoliyati samaradorligini oshirish va investitsiya faolligini rag‘batlantirishni hisobga olgan holda davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga budjetnoma loyihasini kiritadi; iqtisodiyot va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning ustuvor
tarmoqlari va sohalarini selektiv qo‘llab-quvvatlash zaruratini hisobga olgan holda davlat xarajatlari tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
budjet tizimidagi tegishli budjetlar darajalari o‘rtasida umumdavlat soliqlarini taqsimlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda budjet tashkilotlarining davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg‘armalari budjetlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan jamg‘armalarga ajratmalar miqdori va tartibini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
vaqtincha bo‘sh davlat aktivlarini moliyaviy vositalarga joylashtiradi;
aholini ommaviy axborot vositalari va Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali tasdiqlangan davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, budjet islohotlarining borishi va ularning amalga oshirilishi, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi, shuningdek, budjet qonunchiligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi;
budjetni rejalashtirish, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlarini normalash usullarini, ularni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqadi va takomillashtiradi, shuningdek, ushbu sohada metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
budjet tizimi tamoyillariga rioya qilinishi bo‘yicha davlat moliyasini boshqarish organlari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
budjet tizimidagi budjetlar o‘rtasida munosabatlarni optimallashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini shakllantirishda standart yondashuvlarni ta’minlashga qaratilgan budjet tizimi va budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
budjetlararo transfertlarni taqdim etish (ajratish) tartibini takomillashtirishni ta’minlaydi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini mustahkamlash, mahalliy boshqaruv organlarining tegishli budjetlar holati yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini kengaytirish, hududlarni subvensiyadan chiqarish, shu jumladan barcha zarur soliqlarning to‘liq yig‘ilishi hisobiga mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlashdan mahalliy davlat hokimiyati organlarining manfaatdorligini kuchaytirish orqali ularning subvensiyaviyligini qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
davlat budjetining daromadlari va xarajatlari yoyilmasini shakllantiradi va aniqlashtiradi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari va xarajatlar yoyilmasini tuzadi;
vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning so‘rovlari bo‘yicha davlat budjeti loyihasini tuzish va uning bajarilishi bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritadi; budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi
organlarga ular uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hajmini yetkazadi;
har chorakda davlat soliq va bojxona xizmatlari organlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyasi va dinamikasini tizimli tahlil qilish, davlat budjeti daromadlarini oshirish zaxiralarini safarbar etish, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar barqaror tushishiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan kelib chiqib, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari prognozini yetkazadi;
budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari mutanosibligiga ta’sir qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasini o‘tkazadi;
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda davlat moliyasini boshqarish va soliq-budjet siyosatini takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etadi;
davlat moliyasini boshqarish tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida yagona siyosatni olib boradi;
davlat budjeti ijrosini tashkil etish bo‘yicha:
yagona g‘azna hisobvarag‘ida va boshqa bank hisobvaraqlarida joylashgan budjet tizimi budjetlari mablag‘larini bajarilishini tashkil etadi va boshqaradi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat budjetiga daromadlar tushumini ko‘paytirish, soliq to‘lovchilar tomonidan daromadlarni yashirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sabablarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Markaziy bank va boshqa banklar bilan birgalikda budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosini tashkil etadi va olib boradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga qarzdorligini kechiktirish va to‘lash hamda moliyaviy sanksiyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi, ularning hisobini yuritadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat maqsadli jamg‘armalariga daromad tushishini tahlil qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq tadbirlarni moliyalashtirish uchun davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining prognozlardan ortiqcha tushumlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritadi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
budjet tizimi budjetlarida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga ko‘ra to‘lovlarni amalga oshiradi;
kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari yoyilmasiga o‘zgartirishlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tasdiqlangan parametrlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari parametrlariga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etadi;
budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi hamda davlat budjetining ijrosi bo‘yicha hisob-kitob va hisobot shakllarini, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlarini belgilaydi;
budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
budjet tasnifini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek unga 6 oy yakuni bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi. Shu bilan birga, budjet tasnifiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan oldin Moliya vazirligining axborot tizimiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin;
davlat ishtirokidagi korxonalarga sarflangan Davlat budjeti mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirib boradi va ularning har chorakda yangilanishini ta’minlaydi;
davlat valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, respublika ichki valyuta bozorida valyuta mablag‘larining tushishi va ulardan foydalanish monitoringi, ishlab chiqarishni tartibga solish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan foydalanish sohasida:
davlat valyuta siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov balansining mutanosibligini ta’minlash, davlat tashqi qarziga barqaror va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish, investitsiya dasturlarini amalga oshirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq holda rejalashtirilgan yil va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan eksport salohiyatining o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
Markaziy bank, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy valyutadagi mablag‘lar tushumi va ulardan foydalanish ustidan monitoringni amalga oshiradi;
chet el valyutasidagi mablag‘lar tushumlarining qo‘shimcha manbalari, shuningdek, xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
xorijiy davlatlarga beriladigan kreditlar monitoringini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oldidagi majburiyatlarni to‘lash hisobiga amalga oshiriladigan to‘lovlar o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi,
Markaziy bank bilan birgalikda qimmatbaho metallar bozorining holatini tahlil qiladi, shuningdek, qimmatbaho metallar ishlab chiqarish, qayta ishlash, ichki iste’mol va eksporti prognozlarini va balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oltin-valyuta zaxiralariga xarid qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun narx va hisob-kitoblarni belgilash tartibi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalarini saqlash bilan bog‘liq operatsiyalarini moliyalashtirish va hisobga olishni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi a’zosi bo‘lgan mintaqaviy va submintaqaviy tashkilotlar doirasida moliyaviy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining ikki va ko‘p tomonlama hukumatlararo va idoralararo bitimlarda ishtirok etishidan kelib chiqadigan moliyaviy majburiyatlarining bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
davlat qarzini boshqarish sohasida:
Markaziy bank bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzini monitoring qilish, hisobga olish va unga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi, shuningdek uni o‘z vakolatlari doirasida boshqaradi;
Markaziy bank bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi majmuini (portfelini) takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Markaziy bank ishtirokida davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini olib boradi;
davlat qimmatli qog‘ozlarining emitenti sifatida qatnashadi, davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va joylashtirish shartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida qarz bitimlari va qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlarni ko‘rib chiqishda qatnashadi;
davlat tashqi qarzining manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha mutanosibligini ta’minlash, davlat tashqi qarzlarining cheklangan parametrlari, davlat tashqi qarz majmuini (portfelini) va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari bilan tashqi qarz olish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borishda, davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilishiga doir hujjatlarni tayyorlash va ekspertiza qilishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzlari bo‘yicha shartnomalari va davlat kafolatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlari (zayomlari)ni to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari mavjud bo‘lgan xorijiy manbalardan jalb qilingan kreditlar (zayomlar)ni o‘zlashtirish va ularga xizmat ko‘rsatishni hisobga oladi va nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vakolatli banklarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek muammoli kreditlar holatini baholaydi, ularni tarkibiy o‘zgartirish va qaytarishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga qonunda belgilangan tartibda davlat qarzining holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
tegishlicha xorijdan jalb etilgan mablag‘lar, shu jumladan davlat tashqi qarzi summalari hamda ularning sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirib boradi va ularning har chorakda yangilanishini ta’minlaydi;
insonparvarlik yordamlarini boshqarish sohasida:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ustuvor loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish uchun insonparvarlik yordamining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
arizalarni shakllantirish va insonparvarlik yordamini yagona ma’lumotlar bazasiga kiritishni muvofiqlashtirishning samarali mexanizmini ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda insonparvarlik yordami ko‘rsatuvchi donor tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi va muntazam yangilaydi;
respublikaga insonparvarlik yordami olish uchun arizalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va yuborish, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanishni hisobga olish, monitoring va nazorat qilishni muvofiqlashtiradi;
insonparvarlik yordami bo‘yicha hisobot shakllarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
respublikaga kelayotgan insonparvarlik yordami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda tegishli axborot-tahlil va ma’lumotnoma materiallarni tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga tizimli ravishda kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasiga jalb etiladigan insonparvarlik yordami va uning o‘zlashtirilishi to‘g‘risidagi tahliliy materiallar va loyihalar hisobotlarini tayyorlaydi;
manfaatdor vazirlik va idoralarga O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etilayotgan insonparvarlik yordamini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
moliya bozorlari va institutlarni tartibga solish, sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasida:
moliya institutlari va moliya bozorlarining barqaror ishlashini ta’minlash va davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda o‘z vakolatlari doirasida qatnashadi;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklarning ustav kapitalidagi davlat ulushini belgilangan tartibda boshqaradi;
davlat ishtirokidagi banklar aktivlarini tarkibiy o‘zgartirish, banklar va boshqa moliya institutlarini xususiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishda ishtirok etadi;
sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalaydi;
ijro etilishi majburiy bo‘lgan to‘lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilar majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p hajmi va jami majburiyatlarning yo‘l qo‘yiladigan ko‘p hajmini hisoblab chiqarish uslubini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari mablag‘larini shakllantirish va joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek ularning hisobini yuritish hamda ular bo‘yicha hisobotlarni tuzish tartibini belgilaydi;
sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ularning alohida bo‘linmalari rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi.
sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda e’lon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish, aktuar xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini sug‘urtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni o‘tkazadi, qonun hujjatlariga muvofiq aktuariya malaka sertifikatini beradi, amal qilishini to‘xtatadi va bekor qiladi;
sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralarini xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga joylashtirishni, sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan profilaktika tadbirlari ro‘yxatini kelishib oladi, sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma beradi;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini hamda sug‘urtalovchini qayta tashkil etish uchun berilgan ruxsatnomalarning, sug‘urta zaxiralarini joylashtirish uchun berilgan kelishuvlar, sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlar komplekslarining, malaka
sertifikatiga ega bo‘lgan sug‘urtalovchining, aktuarlarning ehtiyotdan ko‘riladigan chora-tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ehtiyotdan ko‘riladigan chora-tadbirlar ro‘yxatini yuritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini, to‘lovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi;
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar sug‘urtalovchi tomonidan buzilganligi uchun sug‘urtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima soladi.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini to‘liq yoki ayrim sug‘urta turlariga (klasslariga) nisbatan to‘xtatib qo‘yadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilariga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi;
har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sug‘urta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat to‘g‘risida yillik hisobotlarni, shuningdek sug‘urta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati to‘g‘risida statistika ma’lumotlarini e’lon qiladi;
O‘zbekiston Respublikasida lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi va lizing faoliyatini muvofiqlashtiradi;
iqtisodiyot tarmoqlarining narxlanishi va moliyaviy mutanosibligi sohasida:
tovarlar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovarlari (ishlari, xizmatlari) hamda tegishli reyestrlarga kiritilgan tabiiy monopoliyalar subyektlariga ularning moliyaviy mutanosibligi va barqaror rivojlanishi asosida narxlar (tariflar)ni o‘z vakolatlari doirasida davlat tomonidan tartibga soladi;
davlat va safarbarlik zaxiralaridan g‘amlanadigan va chiqariladigan moddiy boyliklar narxini, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar (un, non, paxta yog‘i) uchun narxlarni belgilangan tartibda kelishadi;
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan mahsulotlar narxini tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
jahon bozori konyunkturasini o‘rganish va davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini tahlil qilish asosida xarid narxlarini belgilaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik va to‘lovga layoqatsiz tashkilotlarni sanatsiyalash tartib-taomillarini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish, shuningdek, ularni o‘quv mebellari, o‘quv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
issiqlik ta’minoti, drenaj tizimlari, ko‘p xonadonli uylarda ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini ta’mirlash, Orolbo‘yi mintaqasi aholi punktlarining tashqi yoritish tarmoqlarini obodonlashtirish va takomillashtirish, Orolbo‘yi mintaqasidagi olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun tuzdan tozalash uskunalarini taqdim etish, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturlariga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarga kiritilgan loyiha tashabbuskorlariga foiz xarajatlarini
qoplash uchun subsidiyalar ajratish xarajatlarini moliyalashtirish uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida ichimlik suvi ta’minoti tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv ta’minoti tashkilotlarini maxsus texnika, mashinalar va mexanizmlar, laboratoriya uskunalari bilan jihozlash ishlarini moliyalashtirish uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
umumta’lim muassasalarining kutubxona fondlari uchun darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni sotib olish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
pensiya, nafaqa va kompensatsiyalarni to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining maxsus hisobvaraqlarida majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni jamlaydi;
buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot va auditorlik faoliyatini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish sohasida:
buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi, moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlaydi;
auditorlik faoliyatini litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi, auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritadi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan kelishilgan holda auditorlarni o‘qitish va malakasini oshirish dasturi hamda auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi;
auditorning malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun malaka talablarini belgilaydi, shuningdek malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reyestrini yuritadi;
auditorning malaka sertifikatini olish va auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish huquqi uchun belgilangan tartibda malaka imtihonlarini o‘tkazadi;
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi, qonun hujjatlariga muvofiq uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi;
davlat moliyaviy nazorati sohasida:
Quyidagilar ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi: budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosi;
budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanish, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan budjet qonunchiligiga rioya qilish;
budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni amalga oshirish navbati, muddatlari va to‘liqligiga rioya qilish;
davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanish;
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi;
kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi;
chet eldagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik muassasalari tomonidan xorijiy valyutadagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi;
pensiya va nafaqalarni tayinlash, hisobga olish va o‘z vaqtida to‘lashning to‘g‘riligi; tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyati;
budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar (zayomlar)dan maqsadli foydalanilishi;
insonparvarlik yordami va texnik yordam vositalaridan maqsadli foydalanilishi; davlat xaridlari bo‘yicha tender (tanlov) savdolarining to‘g‘ri o‘tkazilishi;
quyi moliya organlari va g‘azna bo‘linmalari tomonidan budjet qonunchiligining bajarilishini ta’minlaydi;
vakolatli organning davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va taqsimlash tartibiga rioya etilishi yuzasidan faoliyatini nazorat qiladi, davlat mulkidan (shu jumladan, ijaraga berilgan davlat mulkidan olingan daromadlardan) daromad olish tartibini ishlab chiqishda va nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi;
budjet tashkilotlarining davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
manfaatdor idoralar bilan birgalikda ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ayrim korxonalarda mahsulotning ayrim turlari bo‘yicha aksiz solig‘ini hisoblashning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida to‘lanishini, aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlarini aksiz markalari bilan tamg‘alashning to‘liqligi va sotib olingan aksiz markalari sonining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga muvofiqligini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
davlat moliyaviy nazorati natijalari bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklarni va budjet intizomini bartaraf etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli takliflar kiritadi;
boshqaruv organlari xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soniga, uning o‘zgarishi dinamikasiga va boshqaruv apparatini ularning manbalaridan qat’i nazar saqlash xarajatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
investitsiya sohasida:
davlat budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish bo‘yicha pudrat ishlarini bajarish uchun tanlov savdolari o‘tkazishda ishtirok etadi;
vakolatli hukumat komissiyasining qarorlari bo‘yicha tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish zarur bo‘lgan korxonalarning ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganishda ishtirok etadi;
davlat investitsiya dasturlarini shakllantirish, budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni kelishishda ishtirok etadi;
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishni monitoring qilishda ishtirok
etadi;
Moliya vazirligi tizimini institutsional rivojlantirish sohasida:
Moliya vazirligi tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida Moliya vazirligining yagona axborot tarmog‘ini ishlab chiqadi, yaratadi va doimiy ravishda takomillashtiradi;
Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi moliya organlari, tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini ko‘radi;
amaldagi qonunchilikka muvofiq Moliya vazirligining ijtimoiy infratuzilmasini yaratadi va takomillashtiradi, xodimlarning mehnatini rag‘batlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantiradi;
xalqaro hamkorlik sohasida:
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar, xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari bilan davlat moliyasini boshqarish, moliya va soliq- budjet siyosati, buxgalteriya hisobi va audit masalalari, shuningdek boshqa masalalar bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshiradi;
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda, shuningdek ularni amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
xorijiy davlatlar bilan hamkorlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora- tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat moliyasini boshqarish va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi boshqa vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik sohasida:
davlat moliyasini boshqarish va makroiqtisodiy siyosatning asosiy masalalari, jumladan, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, inflatsiya jarayonlarini cheklash, mamlakat iqtisodiyotining tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, aholi bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq holda soliq-budjet siyosatining uzoq muddatli, o‘rta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqadi;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini ta’minlaydigan soliq-budjet siyosati chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
ichki bozorni to‘ldirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, eksport salohiyatini oshirish, import o‘rnini bosish va mahalliylashtirish, energiyani tejash va mahsulot tannarxini kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
qishloq joylarda va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini mutanosib rivojlantirishga qaratilgan hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini moliya-budjet rejalashtirish va moliyalashtirish metodikasi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot metodologiyasi, nazorat-taftish ishlari, narx belgilash masalalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy muassasalar xodimlari, boshqa tashkilotlar vakillaridan tegishli masalalar
bo‘yicha uslubiy (metodologik) va boshqa kengashlar tuzadi;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi huzuridagi davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlari va moliya vazirligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali hal qiladi.