Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘G‘risida


Moliya vazirligi faoliyatini tashkil etish



Yüklə 65,58 Kb.
səhifə9/10
tarix24.09.2022
ölçüsü65,58 Kb.
#64067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9.4-ilova

Moliya vazirligi faoliyatini tashkil etish


  1. Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi.

Moliya vaziri 5 nafar o‘rinbosar, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi. Moliya vaziri:
vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi va Moliya vazirligiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
vazir o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasidagi mas’uliyatni taqsimlaydi, Moliya vazirligi tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Moliya vazirligi faoliyatining ayrim qismlarini boshqarish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning mas’uliyat darajasini va idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat tashqi qarzlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kredit bitimlari va davlat kafolatlarini imzolaydi;
Moliya vazirligi tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi muassasalar va tashkilotlar tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, xarajatlar smetasini va Moliya vazirligi Markaziy apparati shtat jadvalini tasdiqlaydi, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlar sonini belgilaydi;
Moliya vazirligi Markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Moliya vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarning nizomlari va ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlarning lavozimlari ro‘yxatiga kiruvchi xodimlarni belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va ozod qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlarida va yuridik shaxslarida, shuningdek boshqa davlatlarning moliya institutlari bilan munosabatlarda Moliya vazirligini taqdim etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq Moliya vazirligi tizimi xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, shuningdek alohida o‘rnak ko‘rsatgan Moliya vazirligi tizimidagi organlari xodimlarini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlar va davlat mukofotlariga taqdim etadi.
Moliya vaziri qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

  1. Vazirlikda moliya vaziri (rais), vazir o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’at soni va shaxsiy tarkibi moliya vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Moliya vazirligi hay’ati Moliya vazirligi faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari va Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirish masalalarini, vazirlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini, shuningdek tekshiruvlar natijalarini muhokama qiladi.
Hay’at Majlisiga Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
Hay’at qarorlari moliya vazirining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, moliya vaziri mustaqil ravishda qaror qabul qiladi va yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar beradi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishi mumkin.
Hay’at faoliyatining tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.

  1. Hududiy moliya organlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirlarining muovini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, tuman va shahar hokimliklari moliya bo‘limlari mudirlari viloyat, tuman, shahar hokimining taqdimnomasiga binoan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli ravishda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari moliya vaziri tomonidan moliya bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan tayinlanadi.
Tuman va shahar hokimliklari moliya bo‘limlari mudirlarining o‘rinbosarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari tomonidan tumanlar, shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari taqdimnomasiga binoan hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

  1. Moliya vazirligi tizimi xodimlarining ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofot puli, qo‘shimcha haqlar va ustamalardan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimidagi hududiy organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari xodimlari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2722-son qarorining 1-bandida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
Moliya vazirligi Markaziy apparati xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlarda (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga koeffitsiyentlarda): 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 dan 20 yilgacha — 0,4; 20 dan 25 yilgacha — 0,5; 25 yildan ortiq — 0,6 oylik ustamalar to‘lanadi.
Muayyan davr ishlaganlik uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga 8-ILOVA



Yüklə 65,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin