1.2. Moliya mexanizmi va uni moliyaviy siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni. Moliya siyosatini amalga oshirish va uni kayotga unumli tadbik etish uchun moliya mexanizmi ishlatiladi. U o‘z navbatida jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun ishlatilayotgan moliyaviy munosabatlarni yikindisidan tashkil topadi.
Moliyaviy siyosatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, davlatning moliya sohasidagi barcha faoliyatini amalga oshishiga sabab bo‘ladigan moliyaviy mexanizmni belgilash kisoblanadi. Moliyaviy mexanizm moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan belgilangan shakllari, turli va usullarini o‘z ichiga oladi.
Moliya mexanizmining strukturasi bir muncha murakkabdir. Amaldagi turli xil moliyaviy munosabatlar uning elementlariga kiradi. Davlat moliyaviy zaxiralarinidan foydalanish prinsip va yo‘nalishlarini aniqlashda, to‘lovlarni turlarini ko‘rishda, mablag‘larni to‘planish shakllarida, milliy daromadda, umumiy foyda taqsimotining iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalarida, moliyaning qonuniy-me’yoriy rivojida, iqtisodiy qonunlarni xarakatini o‘rganishda davlat bosh islohatchi.
Moliyaning samaradorligini oshirishda rejalashtirish va prognozlashtirish, hamda moliyaviy munosabatlarda tashkilotlarni rasmiylashtirish me’yorlari (soliq, xarajat va boshqalar), turli xil ko‘rinishdagi ko‘llanishlarni to‘gri noto‘griligi ustidan nazorat, moliyaivy munosabatlarni shakl va usullari muhim rol o‘ynaydi.
Moliya mexanizmini yangi bosqichda muhim xususiyatlaridan biri-xo‘jalik jarayonlarining yuzaga kelishi, tegishli ma’lumotlarni olishi va ular asosida xo‘jalik xayotini rivojlanishini diagnostikasi va zaruriy tartibga soluvchi choralarni ko‘rish paytlarni o‘zaro yaqinlashtirish. Ushbu mexanizmning yana bir tuzuvchisi ishlab chiqarishni va pul bozorini dinamikasini, ularning funksiyalarini amalga oshirilishi hamda zararli iqtisodiy oqibatlarini uzluksiz istikbollashtirish.
Moliya mexanizmini tuzilmasi birmuncha murakkabdir.
Davlat uzining ijro qonun chiqaruvchi organlar orkali:
-iqtisodiy qonunlar ta’sirini chukur urganish;
-moliyaning rivojlanish qonunlarini urganish;
-iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini urganish asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini kullaydi, pul jamg‘armalarig‘ni shakllarini belgilaydi, tulov va ajratmalar turlarini ishlab chikadi, davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish yunalishlari va prinsiplarini ishlab chikadi.
Moliyaviy kursatkichlar-bu korxonani faoliyatini xar tomonlama ta’riflashga, pul fondlarini va jamg‘armalarni yaratish va sarflashni ta’riflaydigan rejali, hisobotli va hisob- kitobda ishlatiladigan kursatkichlar.
Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy prognozlashtirish - xujalik rejasini bir qismi va moliya mexanizmining asosiy qismi bulib, pul mablag‘larini yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlash hamda foydalanishni rejalish ravishda boshqarishdir.
Moliyani boshqarish- quyilgan maqsadlarga erishish uchun obyektga moliyaviy ta’sir qilish usullari va shakllari yigindisidir.
Moliyaviy zaxiralar deb, kutilmagan xodisalar va maxsus ehtiyojlarni ta’minlash uchun davlat boshqarish organlarida, korxonalarda yigiladigan pul mablag‘lariga aytiladi.
Aynan moliyaviy o‘zaro munosabatlarini ko‘pligi ularni tashkillashtirishda ko‘p miqdordagi turlarini, shakllarini va usullarini (moliya mexanizmini elementlarini) oldindan belgilaydi.
Davlat, uning ijro etuvchi va karor kabul kiluvchi xokimiyatlari orkali iqtisodiy qonunlar, moliyaviy rivojlanishning qonunlarini iqtisodiy va moliyaviy siyosatning vazifalarini yaxshilab o‘rganish asosida jamiyat milliy mahsuloti, daromad, pul jamg‘armalarini taqsimlash metodlarini o‘rnatadi, to‘lov ko‘rinishlarini aniqlaydi, resurslarni ishlatish prinsiplari va yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Moliyani samarali ishlatish uchun rejalashtirish va kutilayotgan ko‘satkichlarni ishlab chiqish, moliyaviy munosabatlarni turli ko‘rinishlari va metodlarini to‘gri ishlatilishi ustidan nazorat qilish zarur.
Xujalik mexanizmining ba’zi bo‘linmalarining xususiyatlariga ko‘ra va moliyaviy munosabatlar korxona va tashkilotlarning moliyaviy mexanizmga, sug‘urta mexanizmiga, hamda davlat moliyasi ishlash mexanizmiga bo‘linadi. O‘z navbatida ushbu xar bir soha alokida tuzilmalarga ega.
Masalan, davlat moliyasi mexanizmi budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarni ishlatish mexanizmiga bo‘linadi. Moliyaviy mexanizmni jamiyat takror ishlab chiqarishga ta’sirini ko‘rib chikkanda uning funksional turlari ajralib chikadi.
Xar bir soha va alokida moliya mexanizmining tuzilmasi bir butun tashkiliy qismlari kisoblanadi. Ular o‘zaro boklik. Shu bilan birga bu sohalar juda mustakil. Bu holat moliyaviy mexanizmni tashkil qilish zaruriyatini tukdiradi. Moliyaviy mexanizmning tashkil etuvchi bo‘laklarining ichki boklikligi mukim shartdir.
Moliyaviy mexanizm sohalari va tashkil etuvchi bo‘laklari bir-biridan murakkablik darajasi va alokida elementlarning tarmoqlarga bo‘linib ketganligi bilan fark kiladi.
Masalan, budjet mexanizmi o‘z ichiga turli xil soliqlarni, mablag‘larni ishlatishni va moliyalash metodlarining turli xil yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Korxona va tashkilotlarda pul jamg‘armalarining alokida ko‘rinishlari orasidagi munosabat aniqlanadi, foyda taqsimlanadi, jamg‘armalar tashkil etiladi va ishlatiladi. Sukurta tashkilotlarida esa zakira fondlari sistemasi yaxshi rivojlangan.
Moliyaviy mexanizm elementlarining uykunlashuvini formalari, ko‘rinishlari va moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullari moliyaviy mexanizm konstruksiyasini tashkil etadi. Ushbu tuzilma uning xar bir elementining miqdoriy parametrlarini aniqlash, ya’ni pulni muomiladan chegirib olish normalari, jamg‘arma xajmi, xarajat darajasi va boshqa miqdoriy ko‘rsatkichlarni va ularni aniqlashni turli usullari moliyaviy mexanizmni eng ishlab chiqarish sharoitlarini o‘zgarishlarini juda yaxshi sezadilar va jamiyat oldida turgan vazifalarga sezuvchanligi mavjud.
Masalan, foydani taqsimlash usullari va ularni davlat va korxona orasidagi bo‘lish nisbati bir necha me’yor, o‘zgargan, savdo-aylanmasi soliq stavkasi ham bir necha bor qayta o‘zgartirilgan. Moliya sohasida davlatning faoliyati aniq o‘rnatilgan me’yorlariga rioya qilish bilan birga aniq koidalar asosida amalga oshiriladi. Moliya sohasiga kukuk normalarini kiritish moliyaviy siyosatni muvaffakiyatli olib borishda, moliyaviy mexanizmni aniq ishlashida katta ahamiyatga ega.
Xukuk normalarini kiritish moliya alokalarini tashkil etish bo‘yicha umumiy koidalarni o‘rnatishga imkon beradi, hamda jamiyatni, korxonalar va kollektivlarning va alokida shaxslarning ktisodiy kizikishlarini saklashga imkon beradi. kukuk normalariga rioya qilish mustakham moliyaviy tartibni ta’minlaydi. Moliya sohasida yagona siyosatni olib borishda imkon beradi. Shunday kilib huquq moliyaviy siyosatni yurgizish va amalga oshirish birinchi hisoblanib iqtisodiy rivojlanishga faol va bilvosita ta’sir etadi.
Hozirgi sharoitda jamiyat hayotni barcha sohalariga katta o‘zgarishlar iritilayotgan paytda kukukiy muommolarini xal qilish katta ahamiyatga egadir. qonunchilikni yaxshi tartibda bo‘lmasligi xo‘jalikdagi yangi yangiliklarni to‘xtatadi. Jamiyat rivojlanishiga pand beradi. kukukiy boshqarishdagi kelishmovchiliklar iqtisodiy chikimlarga, negativ ijtimoiy va aklokiy oqibatlarga olib keladi. Moliyaviy mexanizmni tuzib davlat uni moliya siyosati talablariga to‘lik mos bo‘lishiga intiladi, bu esa moliyaviy siyosatning maqsadlarini va uni oldida turgan masalalarini to‘lik yechishga poydevor bo‘ladi.
Shuni ham qayd qilish kerakki moliyaviy mexanizmni va uni alokida elementlarini kollektiv va shaxsiy manfatlar bilan to‘la muvaffaklashtirilishiga xarakat qilinadi, bunda moliyaviy mexanizm samarasini oshishiga garov bo‘ladi.
Umumiy strategiyaga ega bo‘lmay, provard maqsadni ko‘rmay turib, iqtisodiy isloh qilishning ta’sirchan chora tadbirlarini belgilab bo‘lmaydi.