Moliya tizimi



Yüklə 8,58 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü8,58 Kb.
#181683
1   2   3
Moliya tizimi

Moliyaviy oqimlar

  • Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o’tishiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo’lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim bo’shligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo’lmasa,moliyaviy tizimga ham hojat yo’q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga qimmat” narsaga aylanib qoladi. Masalan, oila azolari o’z joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya taminoti sifatida foydalanish maqsadida to’plagan bir oila erkin moliyaviy mablag’larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo’lgan boshqa oila esa,shunday mablag’ga ehtiyoj sezadi.

Moliyaviy tizim funksiyalari

  • Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan iborat moliyaviy tizim bosh funksiyasi tahliliga asosan,tahlilning ko’proq umumiy darajasida bu tizimning quyidagi oltita bazaviy yoki muhim funksiyalari to’g’risida gapirish mumkin.
  • Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo’ladi:
  • Iqtisodiy resurslarning vaqt bo’ylab,davlat chegarasi orqali va iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqasiga o’tish usulini taminlash;
  • Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv usullarini taminlash);
  • Savdoga imkon yaratadigan hisob-kitobni amalga oshirish va kliring usullarini taminlash;
  • Moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli korxonalarda egalikning bo’linishi mexanizmini taminlash;
  • Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishning markazlashtirilmagan jarayonini muvofiqlashtirish imkonini beradigan narx-navo axboroti bilan taminlash;
  • Stimullashtirish muammolarini hal qilish usullarini taminlash;

Moliya tizimini boshqarish

  • O’zbekiston Respublikasida moliyaviy munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi,Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Viloyatlar va tuman(shahar)xokimliklari qoshidagi moliya organlari tomonidan boshqariladi.

Yüklə 8,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin