Moliya tizimi



Yüklə 8,58 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü8,58 Kb.
#181683
  1   2   3
Moliya tizimi

Moliya tizimi

Reja:

Moliyaviy tizim

  • Moliya tizimi – bu davlatning hamda korxonalarning pul mablag’larini shakllantirish ,taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir.
  • “Moliya tizimi” tushunchasi keng manodagi “Moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo’linadi:
  • 1)Davlat moliyasi va mahalliy moliya
  • 2)Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi

Moliya tizimining infratuzilmasi

  • Moliya tizimining infratuzilmasi deganda moliyaviy bozor operatsiyalari aniq amalga oshiriladigan to’lov va hisob-kitob tizimlari tushuniladi. To’lov va hisob-kitob tizimlarining uzluksiz va ishonchli ishlashi iqtisodiyotda kapitalning samarali harakatiga yordam beradi va shu bilan moliyaviy barqarorlikni qo’llab-quvvatlaydi. Mukammal ishlaydigan moliyaviy tizimlar moliyaviy inqirozlarga osonlikcha tushib qolmaydi va hatto qiyin moliyaviy sharoitlarda ham o’zlarining asosiy vazifalarini bajara oladi.
  • Shunday qilib, “Moliya” jamg’armaga ega subyektlar va investorlardan pulni pulga muhtoj bo’lgan subyektlarga yo’naltirish jarayonini o’rganadi. Tejamkorlar va investorlar o’z pullaridan unumli foydalanish maqsadida foiz yoki dividend olishi mumkin bo’lgan joylarga yo’naltiradi. Jismoniy shaxslar,kompaniyalar va hukumatlar faoliyat yuritish uchun yetarli mablag’lari bo’lmaganda,kredit kabi tashqi manbalardan pul olishlari kerak. Ular o’rtasidagi munosabatlar esa juda ham zarur va foydali bo’lib,ularning ikkisiga ham birdek manfaat olib keladi.

Davlat byudjeti moliyasi

  • Davlat byudjeti moliya tizimining bosh bo’g’ini hisoblanadi. U yordamida davlat boshqaruv organlari funksiyalarini taminlash uchun markazlashgan pul fondlari shakllantiriladi va ishlatiladi. Davlat byudjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat byudjeti orqali davlat Xalq xo’jaligi taraqqiyotini,ijtimoiy-madaniy tadbirlarni,mudofani,davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash moliyalashtiriladi. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning Davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashda asosiy instrumentdir. Moliya tizimining bu bo'g'ini orqali mamlakat MDining 40 foizgacha bo'lgan qismi qayta taqsimlanadi. Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo'lib,ular yordamida byudjet daromadlarining 70 foizdan 90 foizgacha va ayrim davrlarda undan ham ko'proq qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqIar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i,korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo'shilgan qiymat solig'i va bojxona bojlari Davlat byudjetiga biriktirilgan.

Yüklə 8,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin