Mablag`lar holati va ulardan foydalanish samaradorligi darajasi haqidagi axborotni shakllantirish uchun buxgalteriya hisobida har xil usullardan foydalaniladi u usullarning yigindisi buxgalteriya hisobining usuli (metodini) tashkil qiladi.
Usulning mazmuni mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga quyiladigan talablar xususiyatlariga bogliq bo’ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni aniqlab beradi.
Eng avval shunga e`tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida korxonada sodir bo’ladigan barcha xo`jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag`larni aks ettiruvchi axborot shakllanadi. Har xil jarayonlarda sodir bo’ladigan operatsiyalar soni hamda korxona ixtiyorida joylashgan mablag`lar turi va manbalari juda muhimdir. Har bir xo`jalik operatsiyasi va mablag`lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umumlashtirish va shakllantirish maqsadlari uchun hujjatlashtirish yordamida kuzatuv olib boriladi. E’tiboringiz uchun rahmat http://muhaz.org