Moliya va kredit


Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan farqlanadi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə89/101
tarix07.01.2024
ölçüsü1,67 Mb.
#207029
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   101
Moliya va kredit

Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan farqlanadi:
asosiy vositalardan – moddiy-mulkiy qiymatlikka ega bo’lmasligi bilan;
tovarlardan – sotish uchun mo’ljallanmaganligi bilan;
ishlab chiqarish zaxiralaridan – ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalanilishi bilan.
Ko’p hollarda, nomoddiy aktivlar deganda ma’lum qiymatlikka ega bo’lgan intellektual mulk ob’ektlari, mulk huquqlari tushuniladi.
Bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi va erkinlashishi hamda raqobat muhitini keskinlashib borishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining aktivlari tarkibida nomodiy aktivlar hissasini orttirib borishni taqozo etadi.
Nomoddiy aktilar bo’lib, korxonaga mulkchilik xuquqlarida tegishli bo’lgan aniq, moddiy asosga ega bo’lmagan, pul shaklida bo’lmagan aktivlar hisoblanadi, ishlab chiqarishda, xizmat ko’rsatishda, ijara uchun yoki ma’muriy maqsadlarda bir yildan ortiq ishlatiladi va daromad keltiradi.
Nomoddiy aktivlar xo’jalik yuritish faoliyatida uzoq vaqt (bir yo’ldan ko’p vaqt) mobaynida foydalanilgan moddiy ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mulk ob’ektlaridir.
Nomoddiy aktiv deb e’tirof etish uchun mulk ob’ekti quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi.

  • foydalanish evaziga iqtisodiy yoki boshqa turdagi samara, daromad (foyda) keltirishligi;

  • xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lishi mumkin;

  • moddiy ashyoviy asosga ega bo’lmasligi;

  • qiymatga ega bo’lishligi va uni aniq o’lchash mumkinligi.

Intellektual mulk ob’ektlari iqtisodiy ob’ekt sifatida o’zining o’rni va roliga egadir. Intellektual mulkni boshqa mulk ob’ektlaridan farqi shundaki, u inson salohiyatini hosilasini tashkil etadi. Intelektual mulk uning kelib chiqishi va tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib hamda mualliflik huquqi himoyalanishi jihatidan ikkita turga ajratiladi: sanoat mulki; asarlar.
Sanoat intellektual mulki tarkibiga tegishli hukumat muassasasi tomonidan berilgan patent bilan e’tirof etilgan ixtirolar kiradi. Lekin barcha turdagi ixtirolar ham to’lov qobiliyatiga ega bo’lavermaydi. Patent orqali himoyaga olingan ixtironing mualliflik guvohnomasi bilan himoyalangan iqtidordan farqi shundaki patent bilan himoyaga olingan ixtironi patent egasigina qo’llash huquqiga egadir. Mualliflik guvohnomasi esa iqtidorni istisno sifatida faqat davlat tomonidan qo’llanilishi mumkinligini e’tirof etadi, muallifga esa mukofot to’lovi huquqini beradi.
Patent-bu yangi yaratilgan mahsulot, texnologiya va faoliyatni qo’llash, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish bo’yicha ularni egasiga maxsus davlat patentlashtirish idorasi tomonidan berilgan huquq, yangi ixtiro uchun olingan patentga qaratilgan investitsiyalar tarkibiga uning yaratilishiga sarflangan xarajatlar (materiallar sarfi, ish haqi va ijtimoiy sug’urta ajratmalari, amortizatsiya va boshqalar), patentlashtirish idorasiga to’langani bois va boshqa patentga erishishga doir xarajatlar majmuasi kiritiladi.
Litsenziya - bu ma’lum bir faoliyat turi bilan shug’ullanish huquqini beruvchi rasmiy xujjat. Litsenziyalarni nomoddiy aktiv sifatida tan olishning zaruriyati negizida, uni ma’lum vaqt birligi davomida korxona, firma, xo’jalik yuritish sub’ekti, tadbirkorga daromad keltirishi yotadi.
Bundan tashqari sanoat intellektual mulki tarkibiga:
- ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bajarilishi oqibatida olinadigan ilmiy-texnik mahsulot;
- ilmiy ishlar tadbiq etiladigan sanoat namunalari kiritiladi.
Mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan intellektual mulk ob’ektlari sirasiga:

  • adabiyot va san’at asarlari;

  • musiqa asarlari;

  • rassomchilik asarlari;

  • kinematografiya asarlari;

  • ilmiy izlanishlar, ilmiy kashfiyotlar va boshqalar kiritiladi.

Intellektual mulk ob’ektlari boshqa mulk ob’ektlaridek o’zining qiymatiga egadir. Intellektual mulk boshqa mulk ob’ektlari singari narxi aniqlanadi, undan foydalanish esa qo’shimcha naf keltirish mumkin bo’ladi.
Moddiy ashyoviy asosga ega bo’lmagan jami nomoddiy aktivlar xo’jalik sub’ektlariga nisbatan shartli ravishda uchta yirik guruhga ajratilishi mumkin:
Birinchi guruh tarkibiga muayyan korxonadan, firmadan xo’jalik yuritish sub’ektlaridan ajratib olib bo’lmaydigan nomoddiy aktivlar kiradi:

  • maxsus malaka egalari bo’lish, ma’lumotli personal;

  • reklama sohasida va o’z mahsulotini ilgari surishdagi erishilgan yutuqlar;

  • hududiy joylashish afzalliklari;

  • biznesda erishilgan reputatsiya, ya’ni obro’-e’tibor.

Ushbu guruh tarkibiga kiritilgan aktivlar qoida sirasida noaniq xizmat ko’rsatish muddatiga ega bo’lganligi tufayli jamlangan holda baholanadi. Bunday aktivlarni xizmat ko’rsatish muddatini aniqlash va amortizatsiya normalarini o’rnatish mumkin bo’lmaganligi uchun, amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan, ya’ni amortizatsiya ajratmalari qilinmaydigan aktivlar deb e’tirof etish mumkin.
Ikkinchi guruh tarkibiga korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ekti xodimidan ajratib olib bo’lmaydigan aktivlar kiradi. Bular jumlasiga har bir xodimlarning obro’-e’tibori, ya’ni reputatsiyasi va professionallik ko’nikmalari, mahorati, shu jumladan shaxsiy nou-xau, tijorat sohasidagi mahorati moliya operatsiyalarini o’tkazish va hokazolar kiradi. Birinchi guruh tarkibiga kiritilgan aktivlardek, bunday aktivlar ham har biri ajratib olib bo’lmaydi, foydalanish muddatiga ega emas va amortizatsiya qilinmaydi.
Uchinchi guruh tarkibiga, korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ektidan ajratib olinib, baholanishi mumkin bo’lgan aktivlar kiritiladi. Bular sirasiga fabrika markalari, firma yoki savdo belgilari, savdo markalari, mualliflik huquqlari, patentlar, litsenziyalar, franchayz va boshqalar kiritiladi. Bu guruhdagi har bir aktiv ajratilgan holda, yakka tartibda alohida baholanishi mumkin va ularni ko’pchiligi aniq xizmat ko’rsatish muddatlariga egadir. Bunday aktivlar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilgan va ularni korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ekti balansida aks ettirish mumkin.
Franchayz - bu mahsulot va tovarlarni ishlab chiqarishda o’zga korxonalarning texnologiya, algoritm, formula va boshqa tashqi ko’rinishlaridan foydalanish huquqi. Bunday huquq asosan boshqa firma yoki boshqa tuzilmalardan shartnomalar asosida sotib olinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish hamda erkin raqobat muhiti vujudga kelishi munosabati bilan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida raqobatbardoshlikni ta’minlashda nomoddiy aktivlarni o’rni ko’tarilib, ular roli borgan sari oshib boradi.
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarni tashkil etish o’z navbatida investitsiyalarni talab etadi.
Moddiy mulk ob’ektlaridek, nomoddiy aktivlarni tashkil etish va doimiy tarzda yangilab borish muayyan sarf-xarajatlarni talab etadi. Nomoddiy aktivlar muayyan vaqt birligida ishlab chiqarishni boshqaruvchi, tovar mahsulotni ilgari surishda, mahsulot tannarxini pasaytirishda, umuman kapitallashuvni ta’minlashda erkin raqobat muhitida juda ham qo’l keladigan aktivlar qismi hisoblanadi. Investitsiyalarni bir qismi korxona, xo’jalik yuritish sub’ekti tomonidan asosiy kapitalni tiklash, yangilash, kengaytirish va muntazam modernizatsiyalashga qaratilsa, ikkinchi qismi nomoddiy aktivlar majmuasini kengaytirishga, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishga, nou-xaulardan foydalanish huquqlarini qo’lga kiritish hamda korxona salohiyatini oshirishga, uning obro’-e’tibor qozonishiga, yuqori imidjga ega bo’lishiga qaratiladi. Investitsiyalarni yana bir qismi aylanma mablag’larni tashkil etishga, ularni to’ldirishga qaratiladi.
Nomoddiy aktivlarga investitsiyalar keskin raqobat muhitida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida etishtirilgan tovar mahsulot va xizmatlarni ilgari surishni, ular aylanma muddatini qisqartirishni, iste’molchilarga qisqa muddatlarda etkazilishini ta’minlaydi, ko’maklashadi. Nomoddiy aktivlar raqobatbardoshlikni yangi texnologiya, mahsulot patentlari, litsenziyalar va boshqa nomoddiy aktivlar turlarini xarid etish yo’li bilan xo’jalik yuritish sub’ekti faoliyatini yangilanib borishga, zamonaviylashtirishga va bozor talablariga javob bera oladigan tovar va xizmatlarni yaratilishiga zamin yaratiladi.
Nomoddiy aktivlarni asosiy turlari patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, tovar belgilari franchayz, dasturlar ta’minoti, “gudvill” va boshqalar kapitallashtiriladi va foydalanish davri mobaynida so’ndirib boriladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin