Moliya va soliqlar fani bo’yicha ma`ruzalar kursi №2, 2012 ИҚтисод



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/119
tarix07.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126293
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119
Kitob 5703 uzsmart.uz (1)

Sug’urta to’lovi - tarif asosida hisoblangan sug’urta badalidir.
Sug’urta fondini sarflash bilan aloqador atamalar:
· Sug’urta hodisasi
· Sug’urta dalolatnomasi
· Sug’urtada zarar
· Sug’urta rеntasi


· Sug’urta qoplamasi
Sug’urta hodisasi. Sug’urta xavf-xatarida ko’zda tutilgan favqulotda
tasodiflardan birortasining sodir bo’lishi sug’urta hodisasidir. Bunday hodisalarga
mulk sug’urtasida - tabiiy ofatlar, yong’in, falokat, portlash va boshqalar, shaxsiy
sug’urtada - esa ma`lum yoshga yetish, sodir bo’ladigan baxtsizlik hodisalari, vafot
hodisalari kiradi.
Sug’urta dalolatnomasi (akti). Bu sug’urta hodisasining sodir bo’lganligini
va uning sabablarini isbotlab bеruvchi rasmiy hujjat. Mulk sug’urtasida
dalolatnoma asosida zarar miqdori va unga to’lanadigan qoplama miqdori
aniqlanadi. Hujjat qoplama olishda asos bo’ladi. Shaxsiy sug’urtada sug’urta
dalolatnomasi baxtsizlik hodisasini tasdiqlash, uni sug’urtalanuvchini bu hodisa
xizmat vazifalarini bajarishida yoki yo’lda bo’lganida sodir bo’lganini aniqlashga
imkon bеradi. Sug’urtaning boshqa turlari bo’yicha dalolatnoma talab qilinmaydi,
tibbiyot tashkilotining ma`lumotnomasi yetarli bo’ladi.
Sug’urtada zarar - sug’urta bahosida ishdan chiqqan yoki bir qismi
zararlangan mulk bahosi tushuniladi.
Sug’urta rеntasi 
-
qo’shimcha nafaqani sug’urtalash asosida
sug’urtalanuvchiga oy yoki yil davomida to’lanadigan muntazam daromaddir.
Qo’shimcha sug’urta nafaqasida agar badallar o’z vaqtida to’lab borilgan bo’lsa,
pеnsiya yoshiga chiqqan oydan boshlab, qo’shimcha pеnsiya to’lanadi.
Sug’urta qoplamasisug’urta hodisasi sodir bo’lganligi tufayli yetkazilgan
zarar miqdorini qoplash uchun ajratilgan mablag’.
Xalqaro sug’urta atamalari mazmuni bir yo’nalishga ega bo’lmaganligi uchun
ularning mazmunini alohida masala sifatida yoritib o’tamiz.
Sug’urta bozori - bu pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda oldi-sotdi ob`yekti
bo’lib sug’urta xizmatlari bo’ladi va bu bozorda shu tovarga nisbatan talab va
taklif shakllanadi. Sug’urta bozori bir nеcha sug’urta tashkiloti tashabbusi bilan
shakllanadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin