5. Soliqqa tortishning boshqarishga qulaylik tamoyili. Samarali soliq
tizimiga qo’yiladigan muhim talablardan biri boshqaruvga qulay bo’lishidir.
Soliqlarni undirib olishda samaradorlikka erishish ko’p hollarda soliqlarning soliq
to’lovchilarga yaxshi tushunarli bo’lishiga bog’liq.
Ayrim mamlakatlarda soliqqa tortishning nihoyatda murakkab tartibi amal
qiladi, aytaylik, shkala va stavkalar turi, soliqlar tarkibi, ularni to’lash qoidalari va
tartiblari haddan tashqari ko’p. Buning ustiga ular soliq tushumlarining
ko’payishiga hеch qanday yordam bеrmaydi hamda soliqlarning rag’batlantiruvchi
funksiyasi bajarilishida rol o’ynamaydi.
Ma`muriy boshqaruvchilik bilan soliqqa tortish tamoyillarini ro’yobga
chiqarishga qaratilgan maqsadga erishish o’rtasida muvozanat saqlanib qolishi
nihoyatda muhimdir. Murakkab tuzilgan choralarning samarasi kam bo’ladi, ularni
amalga oshirishdagi muvaffaqiyat ko’pdan-ko’p axborot to’plash va undan
foydalanishga bog’liq. Soliq xizmati va soliq madaniyatining rivojlanganlik
darajasini ham hisobga olish kеrak.
Dostları ilə paylaş: