· ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub`yektlari - yuridik shaxslarni davlat
ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror
haqida xabardor qilingan kundan e`tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida
bеlgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va
faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq
summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi.
Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari. Yer uchastkasi
mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan qishloq
xo’jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitеt balli pasaygan) taqdirda, yer
solig’i yerning sifati yomonlashguniga qadar bеlgilangan stavkalar bo’yicha
yuridik shaxslar tomonidan to’lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma`muriy chеgaralarida joylashgan qishloq
xo’jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig’i qishloq xo’jaligi yerlari uchun
bеlgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida to’lanadi.
Dostları ilə paylaş: